Home / YANGILIKLAR (page 39)

YANGILIKLAR

BUGUN TUGʻILGAN KUN

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov 50 yoshga toʻldi. Shovosil Ziyodov 1973 yil 17 yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1995 yilda Toshkent davlat Sharqshunoslik institutini tamomlab, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida faoliyat yuritgan. U 2017 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy …

Batafsil

“HAJ – 2023” MAVSUMI UCHUN XIZMAT KOʻRSATISH SOHALARI OʻRGANILDI

Shu yil 10 yanvar kuni Saudiya Arabistonida xizmat safarida boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi “Haj – 2023” mavsumiga tayyorgarlik koʻrish doirasida bir nechta mehmonxonalar, oshxonalar va avtobus saroylari bilan yaqindan tanishib, yuksak darajada xizmat koʻrsatish mezonlari va yuqori sifat talablari nuqtai nazaridan tahliliy oʻrganib chiqildi. Mazkur sohalar bilan yaqindan atroflicha tanishish …

Batafsil

Muzaffar Komilov: “Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi oʻrtasidagi mushtarak munosabatlar har ikki davlatning taraqqiyotiga xizmat qilmoqda”

Xabaringiz bor, ayni paytda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Haj va umra xizmatlari konferensiya-koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Mazkur nufuzli tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi yurtimiz …

Batafsil

HAJ VA UMRA XIZMATLARI KONFЕRЕNSIYA-KOʻRGAZMASI BOSHLANDI

Bugun, 9 yanvar kuni Jidda shahrida joylashgan “Superdome” forumlar saroyida boshlangan Haj va umra xizmatlari konferensiya-koʻrgazmasida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.  Saudiya Arabistoni Makka Amiri, Ikki muqaddas masjid xodimi maslahatchisi Shahzoda Xolid al-Faysal tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur nufuzli tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, …

Batafsil

Turkiyada malaka oshirgan tadqiqotchilar koʻnikmalari bilan oʻrtoqlashdi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyada malaka oshirish dasturini oʻtab kelgan xodimlar tomonidan “Pamukkale universitetida malaka oshirish: koʻnikma va natijalar” mavzusida seminar oʻtkazildi. Markaz ilmiy xodimlari uchun tashkil etilgan seminarda ilmiy-tadqiqotlar boʻlimi xodimlari, Pamukkalle universitetining Islom ilmlari instituti kurs tadqiqotchilari Husan Mirzahmadov va Bahodir Mirzayev maʼruza qildi. Maʼruzachilar dastavval yigʻilganlarga …

Batafsil

XODIMLAR TURKIYADAN MALAKA OSHIRIB QAYTDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Turkiyaning Pamukkale universitetida malaka oshirib qaytdi.     Mazkur universitet va Markazning oʻzaro hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi asosida ishlab chiqilgan ikki haftalik malaka oshirish dasturi davomida ilmiy xodimlar Bahodir Mirzayev va Husen Mirzohmadov universitetning Islom ilmlari institutida islom tarixi, ilmiy-tadqiqot ishlari va metodologiyasi, aqoid hamda …

Batafsil

BUYUK ALLOMALARIMIZ BIZ UCHUN HIDOYAT MAYOGʻIDIR

Bismillahir Rohmanir Rohim. Prezidentimizning Murojaatnomasi yurtimiz hayotida tobora alohida ahamiyat kasb etib borayotgan muhim voqeadir. 2017 yildan buyon anʼanaga aylangan bu ijobiy tadbirda tugayotgan yildagi asosiy koʻrsatkichlar, yangi yilga moʻljallangan maqsad va vazifalar eʼlon qilinadi. Yangi marralar belgilanadi. Koʻzlangan maqsadlar mazmunidan kelib chiqib, boshlanajak yil nomi taklif etiladi. 2022 yil …

Batafsil

Yangi kitobni Misrning bir yoʻla uchta nashri eʼtirof etdi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda “Hilol-nashr” matbaa-nashriyoti hamkorligida chop etilgan Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” asari oʻzbek tilidagi sharhi kitobi haqida Misrning Cairo 24.com elektron nashri, elbalad.news sayti hamda Al-Azhar universitetining “Al-Azhar ovozi” gazetasida chop etildi. Maqolalarda buyuk ajdodlarimizning islom ilmlari sohasidagi ilmiy …

Batafsil

Markaz ilmiy xodimlari Turkiyada malaka oshirmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ikki nafar ilmiy xodimi Turkiyaning Denizli viloyatidagi Pamukkale universitetining Islom ilmlari institutida malaka oshirish dasturini boshladi. Malaka oshirish dasturi mazkur universitet hamda Markaz oʻrtasida joriy yilning avgust oyida oʻzaro hamkorlikka oid imzolangan Anglashuv memorandumi asosida ishlab chiqilgan. Unda Markaz hamda universitetning Islom ilmlari oʻrtasida kelgusi besh yil …

Batafsil

“SHUHRATING PORLASIN TOKI BOR JAHON!”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bagʻishlab “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev ishtirokchilarni ayyom bilan samimiy muborakbod etib,  Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining musiqasi, uning har bir soʻzi xalqimizga xos qadriyatlar, mentalitetimizga xos …

Batafsil