Home / YANGILIKLAR (page 23)

YANGILIKLAR

“Oʻzbekistonda yangi uygʻonish davri uchun ulkan salohiyat shakllanmoqda”

Yangilanayotgan Oʻzbekistondagi maʼrifiy oʻzgarishlar xorijda katta qiziqish uygʻotmoqda. Yuksak eʼtirof etilmoqda. Buyuk Britaniyadagi “Al-Furqon” fondi direktori Sali Shohsuvoriy bu haqda quyidagi fikrlarni bildirdi:   –2018 yildan beri Oʻzbekistondagi oʻzgarishlarni, yangi tashabbuslarni oʻrgangan, xususan, qadimiy qoʻlyozmalarni tadqiq etish markazining rahbari sifatida Oʻzbekistonga bir necha bor borgan inson sifatida guvohlik berishim mumkinki, …

Batafsil

Oʻzbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga xizmat safari boshlandi

Safarning dastlabki kunida Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Xalqaro islom akademiyasi rahbarlaridan iborat delegatsiya ishtirokida qadimiy qoʻlyozma va toshbosma asarlarni tadqiq etish hamda kataloglashtirishga ixtisoslashgan “Al-Furqon” fondida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilariga Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli …

Batafsil

Navoiyda manzilli tadbirlar

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida oʻtkazilayotgan navbatdagi tadbirlar Navoiy shahrida tashkil etildi. “Hayot” MFYda mahalla mutasaddilari va aholi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazilib, farzandlar tarbiyasi va maʼnaviy-ahloqiy kamolotiga jiddiy eʼtibor qaratish, ularning boʻsh vaqtlaridagi mashgʻulligini mazmunli tashkil etish zarurati uqtirildi. Mahallaning uyushmagan yoshlari, ijtimoiy …

Batafsil

MAHALLA – MAʼRIFAT VA MEHR MASKANI

Joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida oʻtkazilayotgan galdagi tadbirlar Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Tinchlik” MFYda tashkil etildi. Dastlab mahalla faollari bilan suhbat oʻtkazilib, xalq anʼanalari va urf-odatlarini saqlash, avaylash va ulardan yosh avlodni tarbiyalashda foydalanish imkonini beradigan, jamiyat ichra jamiyat sanalgan mahallada oʻzaro yelkadosh boʻlib, hamjihatlikda, turli yot gʻoya va …

Batafsil

Ezgulikda har insonning oʻz oʻrni bor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida oʻtkazayotgan tadbirlarining navbatdagisini Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida tashkil etdi. Tuman mutasaddilari hamkorligida Buloqboshi va Uzunbuloq MFY faollari bilan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy suhbat oʻtkazilib, diniy va axloqiy …

Batafsil

Bir bolaga yetti qoʻshni ota-ona

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Moybuloq” MFYda ish olib bordi. Faollar bilan uchrashuv oʻtkazilib, yosh avlod tarbiyasida mahalla-koʻyning oʻrni alohida taʼkidlandi. Chunki unib-oʻsib kelayotgan har bir bolaning odob-ahloqi, feʼl-atvori, xatti-harakati, istiqboli uchun ota-ona bilan birga mahalla ham masʼuldir. Bu …

Batafsil

Targʻibotchilar – Qorakoʻlda

Avval xabar qilinganidek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida Buxoro viloyatida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan turkum tadbirlar tashkil etmoqda. Shunday tadbirlardan biri Din ishlari boʻyicha qoʻmita mutaxassislari bilan hamkorlikda Qorakoʻl tumanidagi “Chandirobod” MFYda oʻtkazildi. Mahalla faollari bilan suhbat chogʻida zamonaviy tahdidlarga qarshi maʼrifat vositasida …

Batafsil

Shofirkonda turkum tadbirlar

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida Buxoro viloyati boʻylab maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va profilaktik suhbatlar tashkil etmoqda. Markaz ilmiy xodimlari tomonidan Din ishlari boʻyicha qoʻmita mutaxassislari bilan hamkorlikda viloyatning Shofirkon tumanidagi “Bobur” MFYda mahalla faollari bilan maʼrifiy suhbat oʻtkazilib, yoshlar …

Batafsil

Buxoro taʼlim tizimi: tarixiy tahlil va ijtimoiy ahamiyat

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz xodimlari, yurtimiz va xorijdagi ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Avstriya va Turkiyadan olimlar ishtirok etdi. Seminarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi …

Batafsil

Maʼnaviyatga tahdid – kelajakka tahdid

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida “Radikalizm – jamiyat barqarorligiga tahdid” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazdi. Taʼlim muassasasi rahbariyati, pedagog-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar qatnashgan uchrashuvda ilmiy xodimlar radikalizmning jamiyat taraqqiyoti va inson hayotiga tahdidi borasida maʼruza qildi. Ichki va tashqi gʻanimlarimiz maʼnaviyatimizga hujum qilish, yoshlarimiz ongini turli …

Batafsil