Home / YANGILIKLAR (page 17)

YANGILIKLAR

“Ilm yelkanlaridagi bir tamaddun: Imom Buxoriy zamonidan bugungi kungacha”

Turkiyada nashr etiladigan “SANATKıbrıs” gazetasining 2025 yil aprel oyidagi 50-sonida eʼlon qilingan buyuk muhaddis Imom Buxoriy va uning ilmiy merosi haqidagi maqola shunday nomlandi. Muallif Niso Yilmaz xonim ulugʻ muhaddisning hayoti, ilmiy merosi va islom ilmlari ravnaqida tutgan oʻrnini keng qamrovda yoritadi. Bunda Imom Buxoriyning ilmga baxshida umri, uning yoshlikda …

Batafsil

Islomda moʻtadillik timsoli – moturidiylik ruhining xalqaro tarannumi

Misrning «Aqidatiy» (Mening aqidam) nomli axborot saytida 22 aprel kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining o‘rinbosari Otabek Muhammadiyevning «Moturidiylik — moʻtadillik mezoni» nomli maqolasi e’lon qilindi. Yurtimizda islom ma’rifatini chuqur o‘rganish va buyuk ajdodlarimizning merosini keng targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar doirasida e’lon qilingan maqolada Imom Abu Mansur Moturidiyning hayoti, …

Batafsil

“Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi yondashuvlar: muammo va yechimlar”

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent islom instituti tomonidan mamlakatimizda diniy-maʼrifiy yoʻnalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalarini mahalliy va xalqaro jamoatchilik orasida keng targʻib qilish maqsadida 24-aprel kuni Toshkent islom institutida shu mavzuda xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi. Onlayn va oflayn tarzda tashkil qilingan anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar qatorida Imom Buxoriy …

Batafsil

Islom sivilizatsiyasi markazida izlanish va yangiliklar

Ayni kunlarda Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish va takomillashtirish ishlari jadal surʼatda olib borilmoqda. Markazda tashkil etilgan maxsus shtab doirasida ishchi guruh aʼzolari, nufuzli olimlar va mutaxassislar ishtirokida qizgʻin muhokamalar oʻtkazilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori Saidakbar Agzamxojayev hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari …

Batafsil

Hududlar kesimida ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda

Islom sivilizatsiyasini oʻrganish, uning boy ilmiy va maʼnaviy merosini xalqimizga yetkazish, shu orqali milliy oʻzligimizni yanada mustahkamlashga qaratilgan ishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham davom etmoqda. Bu borada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi alohida faollik koʻrsatmoqda. Xususan, Markaz ilmiy xodimi Bayozxon Mahmudov, Respublika Vazirlar Kengashi raisining turizm va madaniy meros masalalari boʻyicha …

Batafsil

Ilmiy ekspeditsiya Buxoroda:  53 ta loyiha, turkiy tildagi 110 qoʻlyozma asar va 100 dan ortiq artefakt

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzey eksponatlarini shakllantirish va boyitish, shuningdek, hududlar kesimida ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Usmonxon Muhammadiyev, Buxoro viloyat hokimligi mutaxassislari, Buxoro Davlat universiteti, Buxoro pedagogika instituti rahbariyati va professor-oʻqituvchilari ishtirokida viloyatga tegishli loyihalar …

Batafsil

Tarixiy toponimlarga yangi nazar

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz xodimlari, yurtimiz va xorijdagi ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Turkiya va AQSHdan olimlar ishtirok etdi. Seminarda Oriyental universiteti professori, tarix fanlari doktori Shamsiddin Kamoliddin …

Batafsil

Navoiy viloyatidan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga 76 ta artefakt tanlab olindi

Navoiy viloyatida Islom sivilizatsiyasini oʻrganish, uning boy ilmiy va maʼnaviy merosini xalqimizga yetkazish, shu orqali milliy oʻzligimizni yanada mustahkamlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Bu borada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi alohida faollik koʻrsatmoqda. Xususan, Navoiy viloyatida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Jonibek Jumayev, Ishchi guruh aʼzolari, viloyat …

Batafsil

Milliy va islomiy merosni targʻib etish – bosh masala

Islom sivilizatsiyasi markazida Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Islom sivilizatsiyasi markazi rahbariyati, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vakillari, soha mutaxassislari qatorida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari ham ishtirok etdi. Yigʻilish kun tartibidan xorijiy mamlakatlardan olib kelinayotgan tarixiy eksponatlar roʻyxatini shakllantirish, ekspozitsiyalarni boyitish, ilmiy-innovatsion va media loyihalar taqdimoti, “Vaqt …

Batafsil