Home / YANGILIKLAR (page 105)

YANGILIKLAR

YOZMA MANBALAR – BЕBAHO BOYLIK

Mamlakatimizda qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targʻib qilish tizimini yanada takomillashtirishga ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2022 yil 10 fevraldagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bu borada muhim qadam boʻldi. Qarorda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom …

Batafsil

MOVAROUNNAHR TARIXIGA NAZAR

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminar oʻtkazildi. Bu galgi seminarda Fransiya milliy tadqiqotlar markazi qoshidagi Sharq va Gʻarb arxeologiyasi va filologiyasi qoʻshma …

Batafsil

QOʻLYOZMA MANBALAR TADQIQOTIDA YANGI DAVR BOSHLANDI yoxud koʻhna maʼrifat oʻchogʻidagi yorugʻ sahifalar

Muqaddas zaminimiz azaldan ilm-maʼrifat oʻchogʻi boʻlib kelgan. Allomalarimiz qoldirgan ulkan ilmiy merosning maʼlum bir qismi, garchi turli bosqinlar davrida nobud qilingan, olib ketilgan boʻlsa-da, hozirgi kungacha yetib kelganlarining sanogʻi ham kishini hayratga soladi. Chorak asrki, mazkur noyob xazinani asrash va oʻrganish ishtiyoqida izlanishlar olib borayotgan olim, filologiya fanlari doktori Aftondil …

Batafsil

DIQQAT, EʼLON!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida oʻtkazilayotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan onlayn seminarlarning navbatdagisiga taklif etamiz. Bu galgi seminarda Fransiya milliy tadqiqotlar markazi huzuridagi Sharq va Gʻarb arxeologiyasi va filologiyasi qoʻshma tadqiqotlar boʻlimi …

Batafsil

NODIR QOʻLYOZMALAR VAQT OLOVIDA YONMAYDI

Dunyoda shunday boyliklar borki, ularning qiymatini hech bir narsa bilan oʻlchab boʻlmaydi. Mamlakatimizni behisob qazilma boyliklar, tabiiy zaxiralar bilan siylagan ilohiy iroda, behisob ilmiy-maʼnaviy xazinani ham xalqimizga ravo koʻrgan. Ushbu xazinani birinchi va ikkinchi Uygʻonish davrlarida yashab, ijod qilgan buyuk alloma ajdodlarimizdan qolgan qadimiy, ilm-fanning turli yoʻnalishlarida bitilgan nodir qoʻlyozma …

Batafsil

BOBUR SIYMOSIGA EHTIROM

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Andijon viloyati hokimligi, Andijon davlat universiteti hamkorligida “Zahiriddin Muhammad Bobur diniy va dunyoviy bilimlar sohibi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Turkiy xalqlar ilm-fani va adabiyotining buyuk namoyandasi, davlat arbobi, sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Markaz ilmiy …

Batafsil

ULUGʻ ALLOMALARIMIZ MЕROSI JAHON UCHUN HIDOYAT MAYOGʻIDIR

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa behisob shukrki, yurtimiz taraqqiyotining yangi davrida buyuk mutafakkirlar merosini asrab-avaylash, tadqiq etish va xalqimizga yetkazish ishlari keng jabhada amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Margʻinoniy, Abu Muin Nasafiy va Mahmud Zamaxshariy singari tabarruk zotlarning asarlari nafaqat mintaqamiz, balki butun musulmon dunyosi uchun hidoyat mayogʻidir. …

Batafsil

14 FЕVRAL – SHOH VA SHOIR ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar!  Ilmga chanqoq talaba-yoshlar! Maʼlumki, har yili fevral oyida yurtimizda ikki buyuk siymo – Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi keng nishonlanishi anʼanaga aylangan. Shu maʼnoda, kuni kecha soʻz mulkining sultoni hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi mamlakatimiz boʻylab keng nishonlandi. Xususan, Oʻzbekiston xalqaro islom …

Batafsil

Sali Shahsivari: “Oʻzaro hamkorlik manfaat olib kelmoqda”

Buyuk Britaniyadagi Oksford islom tadqiqotlari markazi tadqiqotchilari – Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shukrullo Umarov va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi boshligʻi Barot Amonov Oʻzbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov hamrohligida “Al-Furqon” islom merosi fondida boʻlishdi. Mehmonlarni fond …

Batafsil

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAQIDA 10 TA FAKT

Bugun — 14 fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. Ushbu sahifada shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi 10 ta fakt bilan tanishishingiz mumkin. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Asl ismi — Zahiriddin Muhammad …

Batafsil