Home / YANGILIKLAR (page 104)

YANGILIKLAR

“Umra qoʻllanmasi” ilovasi iOS dasturida ham ishlab chiqildi

Yaqinda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Android mobil telefonlari uchun “Umra qoʻllanmasi” ilovasi ishlab chiqilgani haqida xabar berilgan edi. Albatta, bunday qulaylikdan iOS tizimidan foydalana yotgan aqlli gadjet sohiblari bebahra qolayotgan edi. Endilikda mazkur ilova iOS dasturida ham ishlab chiqildi. Bu esa barcha smartfon, planshet egalariga ilovadan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Qayd …

Batafsil

Hamkorlikning istiqbollari porloq

Ayni kunlarda mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Turkiyaning Dijle universiteti rektori, tibbiyot fanlari doktori Mehmet Karokoch Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga keldi. Uni Markaz direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori O.Muhammadiyev kutib oldi. Mehmonga dastavval Markaz muzeyi faoliyati yuzasidan hamda qadimiy buyumlar va nodir qoʻlyozma nusxalari bilan birga Imom Buxoriy …

Batafsil

PAN GI MUN OʻZBЕKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY ISLOHOTLARNI YUKSAK BAHOLADI

Oksford islom tadqiqotlari markazida akademik doiralar vakillari va ilmiy tadqiqotchilarning BMT sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Yuqori martabali mehmon “Global muammolar va ularni bartaraf etish” masalalariga bagʻishlab, “Iqlim oʻzgarishlari va pandemiya” mavzuida maʼruza qildi. Darhaqiqat, iqlim oʻzgarishlari bir necha oʻn yillardan buyon butun bashariyatni tashvishga …

Batafsil

Taʼlimga oid tashabbuslar tinchlik uchun xizmat qiladi

Bugun Buxoro shahrida Amerika Qoʻshma Shtatlari Tinchlik instituti tomonidan “Tinchlik uchun pedagogika” mavzusida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari uchun oʻtkazilishi belgilangan trening mashgʻulotlari boshlandi. Umumiy mashgʻulotlarning 3-bosqichini tashkil etuvchi mazkur treningda Markazning bir guruh ilmiy xodimlari ishtirok etmoqda. Mashgʻulotlar avvalida Markaz direktori Sh.Ziyodov trening ahamiyati, 2019 yilda oʻtkazilgan 2 …

Batafsil

OʻZBЕKISTONDAGI DINIY KONFЕSSIYALAR “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI BOʻYICHA BAYONOT QABUL QILDI

Oʻzbekiston qadimdan turli millat va eʼtiqodga mansub insonlar oʻzaro tinch-totuv, ahillikda yashab, diniy ibodat va marosimlarini emin-erkin bajarib kelgan bagʻrikeng yurt sifatida nom qozongan. Har bir vatandoshimiz ona zaminimizning betakror tabiati, oʻsimlik dunyosini asrab-avaylashni oʻzining muqaddas burchi, insoniylik vazifasi deb biladi. Negaki, tabiatni asrash, atrof-muhitni pokiza tutish bashariyat uchun hayot-mamot …

Batafsil

Imom Buxoriy haqidagi bilimlar sinovdan oʻtkazildi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan mamlakatimiz taʼlim muassasalarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” tadbirlarini tashkil etishda Imom Buxoriy va koʻplab ulugʻ allomalarimiz hayoti xamda boy ilmiy-maʼnaviy merosiga oid ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish, xalqchil va ommabop maʼlumotlarni yetkazish, bundan tashqari internet tarmogʻi orqali anonim viktorina tarzidagi test savollarini muntazam …

Batafsil

Diqqat, EʼLON!!!

Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari! Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi allomalarimiz asarlaridagi hikmatli oʻgitlar hamda ular qoldirgan boy maʼnaviy merosni keng jamoatchilikka targʻib qilish maqsadida “Musnadi Keshiy”dan durdona hadislar” turkumidan islom ilm-fani taraqqiyotiga, ayniqsa, Movarounnahr hadis ilmi rivojiga oʻzining muhim asarlari, shogirdlari bilan ulkan hissa qoʻshgan buyuk muhaddis Abd …

Batafsil

Makkada “Oʻzbekiston… Allomalar yurti: Imom Buxoriy vataniga sayohat” nomli arab tilidagi kitobning taqdimoti boʻlib oʻtdi

Makka Savdo-sanoat palatasining 75 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan Investitsion va turistik koʻrgazmada tashkil etilgan Oʻzbekiston milliy pavilonida “Oʻzbekiston… Allomalar yurti: Imom Buxoriy vataniga sayohat” nomli arab tilidagi kitobning taqdimoti boʻlib oʻtdi. Saudiya Arabistoni savdo vaziri, axborot vaziri vazifasini bajaruvchi Majid al-Qasabiy ushbu tadbirning faxriy mehmoni boʻldi. Taqdimot chogʻida ushbu kitobda …

Batafsil

“Ibn Sino ilmiy merosining zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

24 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Samarqand davlat tibbiyot instituti hamkorligida “Ibn Sino ilmiy merosining zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Markaz ilmiy xodimlari, Samarqand davlat tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilari, Respublika Ibn Sino fondi xodimlari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni …

Batafsil

MARKAZ HAMKORLARI KOʻPAYMOQDA

24 fevral kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Toshkentda oʻz faoliyatini boshlagan Al-Buxoriy universiteti rahbariyati vakillari, taʼsischi Nozimjon Mamataxunov hamda universitet rektori Muzaffar Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov kutib olib, Markaz faoliyati, kutubxona va muzey bilan tanishtirdi.        Tashrif davomida Markaz …

Batafsil