Muborak Ramazon oyi oʻzining shukuh va fayzi bilan davom etmoqda. Imon-eʼtiqodli har bir yurtdoshimiz tilu dilida shukronalik bilan ushbu tabarruk oyning savobi samarasidan bahramand boʻlishga bel bogʻlagan. Ramazon oyini Alloh ummati muhammadiya uchun alohida barakotli, fazilatli qilib qoʻygan. Ramazonning xususiyati, fazilati, barakasi juda ham koʻp va beqiyos. Avvalo, Ramazon Qurʼon …
BatafsilYAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIKDIR
Oʻlkamizda koʻklam shukuhi kezmoqda. Ona tabiat kundan-kun yashnab, yangilanmoqda. Islom olamining muqaddas – Ramazon oyi zamin evrilishga yuz tutgan mavsumda hayotimizga tashrif buyurishi har bir moʻmin-musulmonga huzur-halovat bagʻishlashi shubhasiz. Tabiatga hamohang qalblar qayta uygʻondi. Yashashga, yangilanishga, ezgu amallar qilishga ishtiyoq ortdi. Davlatimiz rahbarining Ramazon oyida keksalar va bemorlar holidan xabar …
BatafsilIRSIKA rahbari Markaz mehmoni
Bugun Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA – IRSIKA) Bosh direktori professor, Dr. Mahmud Erol Qilich tashrif buyurdi. Markazga ilk bor kelayotgan mehmon direktor Shovosil Ziyodov va bir necha ilmiy xodimlar tomonidan kutib olinib, …
BatafsilULUGʻ AYYOM KUNLARIDAGI EZGU ISHLAR
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 aprel kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va mahallalarni obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. 2018 yil 15 iyun, Ramazon hayiti kuni Prezidentimiz Islom sivilizatsiyasi markazi poydevoriga tamal toshi qoʻygan edi. Bugungi muborak Ramazon kunlarida davlatimiz rahbari ushbu majmuaga yana tashrif buyurdi. Bu markaz ham mahobati, …
BatafsilMARKAZLAR TALABALARGA NASHRLARINI TAQDIM QILISHDI
Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti hamkorligida mazkur institut talabalari uchun markazlar tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti oʻtkazildi. Tadbirda markazlar ilmiy xodimlari, institut professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Taqdimotda talabalarga Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining jami 15 nomdagi va Imom Termiziy …
BatafsilMARKAZ NASHRLARI KOʻRGAZMAGA KOʻRK BAGʻISHLADI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasi maydonida “Kitob – kamolot kaliti” mavzusida tashkil etilgan ilmiy-maʼrifiy kitoblar koʻrgazmasida jamoa tomonidan nashr etilgan adabiyotlar bilan ishtirok etmoqda. Oʻzbekistonda ilk marotaba ochiq osmon ostida oʻtkazilayotgan koʻrgazmada yurtimizda faoliyat yuritayotgan koʻp sonli …
BatafsilKITOBLAR KOʻRGAZMASI QIZGʻIN PALLAGA KIRDI
Ayni soatlarda Hasti Imom majmuasi maydoni kitobsevar yurtdoshlarimiz bilan gavjum. Oʻnlab nashriyot va bosmaxonalar hamda diniy-maʼrifiy markazlar ilmiy-maʼrifiy kitoblar koʻrgazmasida oʻz nashrlarini namoyish etishmoqda. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy adabiyotlari mazkur koʻrgazmaning markazidan oʻrin olgan boʻlib, koʻplab kitobxonlar eʼtiborini tortmoqda. Ayniqsa Malayziyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Xendi Assan …
Batafsil“BAGʻRIKЕNGLIK BOGʻI” birdamlik va hamjihatlik timsoli
YASHIL MAKON Yurtimizda azaldan turli millat va elat vakillari tinch-totuv, ahil-inoq yashab keladi. Ular irqi, millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, diniy ibodat va marosim, milliy bayramlarini emin-erkin oʻtkazadi. Ayniqsa, soʻnggi yillarda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash, doʻstlik muhitini va koʻp millatli katta yagona oila tuygʻusini mustahkamlash, …
BatafsilMARKAZ XALQARO STIPЕNDIYANING ILK SOVRINDORINI QARSHI OLDI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan taʼsis etilgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturining ilk gʻolibi – Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti dotsenti Mohd Al Adib Samuri markazga keldi. Stipendiat direktor Shovosil Ziyodov tomonidan kutib olinib, Markaz va uning faoliyati, muzey hamda undagi tarixiy eksponatlar, kutubxona, ilmiy jamoa …
BatafsilMuftiy hazratlari “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga koʻchat ekib, umummilliy loyihada faol boʻlishga chaqirdilar
Bugun, 5 aprel kuni “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida koʻchat ekish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari, turli millat vakillari va diniy konfessiya yetakchilari ishtirok etdilar. Marosimda muftiy hazratlari tadbir ishtirokchilari qatori ushbu hududda tashkil etilgan “Bagʻrikenglik bogʻi”ga turli daraxt koʻchatlari oʻtqazdilar va bunday xayrli amallar …
Batafsil