Home / YANGILIKLAR

YANGILIKLAR

Markaz tajribasi – Istanbul simpoziumida

Turkiya Qoʻlyozma asarlar bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Istanbul shahrida “I Xalqaro qoʻlyozmalar simpoziumi” boʻlib oʻtdi. Qoʻlyozmalarni saqlash, restavratsiya qilish, ilmiy muomalaga kiritish, raqamlashtirish va ulardan samarali foydalanish masalalariga bagʻishlangan anjumanda yigirmadan ziyod davlatdan yuzga yaqin yetuk qoʻlyozmashunos olimlar, tarixchilar va sohaning yetakchi mutaxassislari bilan birga, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …

Batafsil

Laboratoriya faoliyati takomillashmoqda

Oʻtgan yili Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida qoʻlyozma kitoblarni restavratsiya qilish laboratoriyasi faoliyat boshlaganini xabar qilgan edik. Bugungi kungacha ushbu yoʻnalishda aholi tomonidan taqdim etilgan qimmatli qoʻlyozma kitoblar hamda Markaz fondida saqlanayotgan yozma manbalar izchil oʻrganilib, jami 300 dan ortiq qoʻlyozma asarda konservatsiya – chang va gʻubordan ehtiyotkorlik bilan quruq …

Batafsil

Ilm-fan va madaniy meros rivoji yoʻlida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Malayziya texnologiya universiteti (MTU) Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani, Islom, fan va sivilizatsiya boʻyicha ilgʻor tadqiqotlar markazi direktorining oʻrinbosari Mohd Hilmi bin Ramli rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev mehmonlarni muzeyning ekspozitsiyalari, qoʻlyozmalar fondi, ilmiy ishlanmalar va mavjud sharoitlar bilan tanishtirdi. Delegatsiya aʼzolariga …

Batafsil

Ilm bilan yoʻgʻrilgan doʻstlik

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozogʻiston-Turkiya universiteti professori, Ahmad Yassaviy ilmiy-tadqiqot markazi direktori Dosay Kenjetayev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar Markaz muzeyini koʻzdan kechirib, Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosiga oid ekspozitsiyalar bilan tanishdi. Tashrif doirasida “Markaziy Osiyoga islomning kirib kelishi va yoyilishi” mavzusida davra …

Batafsil

“SAHIHUL BUXORIY” ASARINING QOʻLYOZMALARI, SANAD VA ROVIYLARI TARIXI”

📢 DIQQAT, E’LON! ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) hamkorligida «MARKAZIY OSIYO – ISLOM MADANIYATI VA SANʼATI OʻCHOGʻI» turkumi doirasida oʻtkaziladigan xalqaro onlayn ILMIY SEMINARga taklif etamiz. 👤 Seminarda Imom Buxoriy xalqaro …

Batafsil

Xalq diplomatiyasi va global hamjihatlik

Oʻtgan hafta Toshkentda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi, Barqaror rivojlanish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida “Milliy, mintaqaviy va global miqyosda xalq diplomatiyasi orqali barqaror rivojlanishni taʼminlash” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Anjuman xalq diplomatiyasi va fuqarolik jamiyati institutlarining xalqaro hamkorlikni ravnaq toptirish, shuningdek, …

Batafsil

QONUN USTUN BOʻLSA, EL OSOYISHTA YASHAYDI

Xalq orasida “Poydevor mustahkam boʻlsa, uy tik turadi, tomi ham butun boʻladi” degan haqli gap bor. Davlatchilik nuqtayi nazaridan bu poydevor vazifasini Konstitutsiya bajaradi. Uning ahamiyati faqat huquqiy normalar toʻplami bilan cheklanmaydi. Bosh qonun jamiyatning oʻzi haqidagi tasavvurini, hokimiyat va fuqaro munosabatlariga yondashuvni, davlatning vazifasiga qay darajada sodiq ekanini belgilab …

Batafsil

Yoshlar qalbiga yoʻl

Kattaqoʻrgʻon pedagogika institutida talaba yoshlar ishtirokida “Rahbar va bolalar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda Kattaqoʻrgʻon shahri hokimi Gavhar Alimova yoshlar bilan muloqot qilib, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, oʻsib kelayotgan avlod vakillarining turli sohalarda erishayotgan natijalari, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida atroflicha maʼlumot berdi. Uchrashuvda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy …

Batafsil

Eʼtiborga molik eʼtirof

Bugun islom olamining koʻzga koʻringan https://www.islamicity.org/ yangiliklar saytida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Otabek Muhammadiyev va Malayziya xalqaro islom universiteti professori Shukran Abdurahmonning “Oʻzbekiston: YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasida insonparvarlik markazi” nomli maqolasi eʼlon qilindi. Maqola mamlakatimizning xalqaro maydonda insoniylik, madaniy meros va global muloqot markazi sifatidagi nufuzini yana bir …

Batafsil

Ilm – jaholatdan yagona najot

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Jizzax davlat politexnika institutida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda jaholat va vayronkor gʻoyalarga qarshi kurashishda ilmning oʻrni, insonni toʻgʻri yoʻlga boshlovchi maʼrifatning hal qiluvchi roli haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Markaz ilmiy xodimlari …

Batafsil