Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 14-oktyabr kuni “Qoʻlyozma manbalar madaniyati” III xalqaro simpoziumi va uning doirasida “Qoʻlyozma asarlarga egalik va ularning yoyilishi: Imom Buxoriy va hadis qoʻlyozmalari” mavzusidagi xalqaro anjuman oʻz ishini boshladi. Tadbir Fotih Sulton Mehmet vaqf universiteti huzuridagi Qoʻlyozmalarni oʻrganish va tadqiq etish markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Qoʻlyozma …
BatafsilImom Buxoriy merosi – yosh avlodga ibrat va ilhom manbai
Urgut tumanidagi 35-maktabda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Shukurillo Umarov qalamiga mansub “Buyuklik siri. Imom Buxoriyning ibratli hayoti” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda oʻqituvchi va oʻquvchilar, mahalliy ziyolilar ishtirok etdi. Sh.Umarov asarning …
BatafsilYassaviylik – mustahkam imon quvvati va maʼnaviy rahnamolik sanʼati
9-oktyabr kuni Qozogʻiston Respublikasi Turkiston viloyati “Azret Sultan” (“Hazrati Sulton”) milliy tarixiy-madaniy muzey-qoʻriqxonasi huzuridagi Yassaviyshunoslik markazi tashabbusi bilan “Yassaviy tariqati: azizon va iqoniya” mavzusida onlayn suhbat tashkil etildi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Mexrojiddin Amonov mavzu yuzasidan maʼruza qildi. Tadqiqotchi …
BatafsilImom Buxoriy asarlarini raqamlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi – xalqaro minbarda
8-oktyabr kuni Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahridagi Nur-Muborak Misr-Islom madaniyati universitetida “Raqamli makonda islom: gʻoyalar, platformalar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasining 35 yilligiga bagʻishlangan anjumanda Oʻzbekiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlardan ilmiy va diniy soha vakillari ishtirok etdi. Konferensiyada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot …
BatafsilYoshlar maʼnaviyati va diniy erkinlik mavzusida samimiy muloqot
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Xoja Buxoriy” oʻrta-maxsus islom taʼlim muassasasida talabalar ishtirokida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun – kelajagimiz garovi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari J.Jumayev, T.Evadullayev va U.Muhammadiyev mamlakatimizda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ajdodlarimizning boy ilmiy merosini asrab-avaylash …
BatafsilQoʻlyozmalarni oʻrganish, ilmiy hamkorlik va tajriba almashuvi
Germaniyaning Fridrix-Aleksandr nomidagi nufuzli Erlangen–Nyurnberg universiteti (FAU Erlangen–Nürnberg) professor-oʻqituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiya 7-oktyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Ziyorat doirasida ikki muassasa oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, islom sivilizatsiyasi va ilm-fani merosini oʻrganish, shuningdek, qoʻlyozmalar bilan ishlash borasidagi ilmiy tajriba va yutuqlar boʻyicha fikr almashildi. Shu munosabat …
BatafsilO‘zbekiston tajribasi: islom ma’rifati va xalqaro hamkorlik
Indoneziyaning nufuzli nashri – “Kalimantan Post” internet gazetasida 2025 yil oktyabr oyida bosh muharrir Eka Shanti Rofi xonimning “IBISRC Gelar Kolaborasi Kelas Dunia, Termasuk Indonesia” (“Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xalqaro hamkorlik dasturlarini amalga oshirmoqda, Indoneziya ham qo‘shildi”) sarlavhali maqolasi chop etildi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (IBISRC) faoliyati, …
BatafsilGoʻzal xulq – maʼnaviyatning bosh tayanchi
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va mazkur oliy taʼlim dargohining institut professor-oʻqituvchi va talabalari ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida “Islom – goʻzal odob va oliy xulqlar manbai” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni institut rahbariyati ochib, yoshlarni maʼnaviy barkamollik sari yetaklash, diniy bagʻrikenglik va …
BatafsilMoturidiylik: Ilmiy merosdan maʼnaviy barqarorlik sari
Samarqand davlat universiteti hamda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Samarqand arxeologiya instituti, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamkorligida 4-5-oktyabr kunlari Samarqand shahrida “Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi. Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash …
BatafsilSharq va Gʻarb olimlarini birlashtirgan anjuman
Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Neapol Sharqshunoslik universiteti va ERC-SYNERGY EuQu (“Yevropa Qurʼoni”) loyihasi hamkorligida “Din va koʻptillilik: Yevropa va Osiyo jamiyatlarida Qurʼon va islomiy adabiyotlarning yoyilishi” mavzusida tashkil etilgan xalqaro anjuman 3-oktyabr kuni oʻz ishini davom ettirdi. Anjumanning ikkinchi kunida asosiy eʼtibor Osiyodagi islomiy qoʻlyozmalar va Qurʼon tarjimalari, …
Batafsil