Home / YANGILIKLAR

YANGILIKLAR

Bagʻrikenglik va maʼrifat qadri: Markazda munosib eʼtirof

16-noyabr – Xalqaro diniy bagʻrikenglik kuni munosabati bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Viloyatdagi qator muassasalarning diniy-maʼrifiy sohada samarali mehnat qilib, jamiyatda bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat va mafkuraviy barqarorlik tamoyillarini mustahkamlashga hissa qoʻshayotgan vakillari “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Mukofotlarni Samarqand viloyati hokimining jamoat va …

Batafsil

Samarqand – ilm, maʼrifat va maʼnaviy merosning uzilmas silsilasi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 19-noyabr kuni Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo – Islom madaniyati va sanʼati oʻchogʻi” ilmiy loyihasi doirasida navbatdagi onlayn seminar oʻtkazildi. Unda Qozogʻistondagi Nur-Muborak Misr Islom madaniyati universiteti Islomshunoslik kafedrasi katta oʻqituvchisi Bijan Ilesbekov “Ahmad ibn Mansur Ispijobiyning …

Batafsil

Axborot ochiqligi boʻyicha xalqaro trening boshlandi

Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi va YUNESKO hamkorligida “Muloqot orqali hisobotdorlikni shakllantirish” loyihasi doirasida vazirlik va idoralar matbuot kotiblari uchun treninglar seriyasi boshlandi. Oʻquv Shveysariyaning Taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan tashkil etildi. Mazkur treningda Markazimiz Matbuot xizmati rahbari Sherzod Mamatov ham …

Batafsil

Qoʻlyozma meros va zamonaviy tadqiqotlar

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Milliy tarix va jahon tarixining zamonaviy talqini: Muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Mehrojiddin Amonov “Nodir yozma manbalar (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qoʻlyozmalar fondi misolida)” nomli maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Tadqiqotchi Markaz qoʻlyozmalar …

Batafsil

Ilmiy hamkorlikning yangi nuqtalari

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab Markaz muzeyi bilan tanishtirilib, ularga Imom Buxoriy hazratlarining hayoti va ilmiy merosi haqida batafsil maʼlumot berildi. Delegatsiya aʼzolari muzeydagi nodir qoʻlyozmalar, tarixiy eksponatlar va Markazda yaratilgan zamonaviy ilmiy muhitdan katta taassurot oldi. Shuningdek, …

Batafsil

Fin delegatsiyasi tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Finlyandiya musulmonlari jamiyati imomi Ramil Belyayev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar muassasa faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va amalga oshirilayotgan maʼrifiy loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif muzey ekspozitsiyalarini koʻzdan kechirishdan boshlandi. Delegatsiya aʼzolariga Markazning tashkil etilishi, Imom Buxoriy va boshqa ulugʻ alloma ajdodlarimizning buyuk merosini xalqaro miqyosda …

Batafsil

Maʼnaviy taraqqiyot va ijtimoiy xavfsizlik uygʻunligi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Demokratik jamiyat barpo etish sharoitida dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Ilmiy xodim B.Mahmudov mamlakat va jahon miqyosida kuzatilayotgan mafkuraviy boʻhronlar, jamiyatda sogʻlom diniy muhitni shakllantirish, yoshlarni turli yot gʻoyalar taʼsiridan asrash va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash masalalari …

Batafsil

Yuksak eʼtirof

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi uchun quvonchli yangilik! Markaz direktori, tarix fanlari doktori, professor Ziyodov Shovosil Yunusovich 2025-yilgi “Oʻzbekistonning taniqli olimlari” ensiklopediyasiga kiritildi. Mazkur ensiklopediya mamlakat ilm-fani rivojiga munosib hissa qoʻshgan, ilmiy-tadqiqot sohasida yuqori natijalarga erishgan, jamoatchilik orasida yuksak obroʻ-eʼtibor qozongan shaxslar toʻgʻrisidagi nufuzli nashr hisoblanadi. Professor Shovosil Ziyodovning …

Batafsil

BAFRIKENGLIK QAROR TOPGAN YURTDA RIVOJLANISH BOʻLADI

Alloh taologa beadad shukrki, yurtimizda yuzdan ziyod millat va elat vakillari oʻzaro hurmat, doʻstlik va hamjihatlik muhitida yashaydi. Albatta, bashariyat uchun xayrli boʻlgan bu hodisa zamirida yangi Oʻzbekistonning bagʻrikenglik va totuvlik gʻoyalariga xayrixohlik siyosati mujassam. Oʻzbek xalqi asrlar mobaynida eʼtiqod qilib kelayotgan, inson qadrini, ilm-maʼrifatni, ezgulik va bagʻrikenglikni targʻib etuvchi …

Batafsil

Maʼrifat va sogʻlom dunyoqarash yoʻlida

Urganch davlat tibbiyot institutida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan “Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” ruknida “Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik yurti” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi. Talaba-yoshlar ongida sogʻlom dunyoqarashni mustahkamlash, ularni turli yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, shuningdek, qalbiga vatanparvarlik, bagʻrikenglik va maʼrifatparvarlik tuygʻularini chuqur singdirish …

Batafsil