Home / YANGILIKLAR

YANGILIKLAR

Maʼrifiy sayohat va ilmiy muloqotlar

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Turkiyaning Anqara shahridagi Islom tafakkuri institutida “Movarounnahr toʻrtinchi yozgi seminarlari” davom etyapti. Oʻquvlar doirasida uning ishtirokchilari uchun Konya shahriga maʼnaviy va ilmiy safar uyushtirildi. Ilm va irfon markazi sifatida dunyoga mashhur boʻlgan Konyada tinglovchilar Mavlono Jaloliddin Rumiy muzeyi, Shams Tabriziy maqbarasi, Sille shaharchasi, Iplikchi masjidi, …

Batafsil

Tahdidlarga qarshi maʼrifat — Zominda navbatdagi tadbir

Yoshlar ongida sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish, mafkuraviy tahdidlarga qarshi maʼrifat bilan kurashish, shuningdek, ijtimoiy-maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash maqsadida navbatdagi targʻibot tadbiri Zomin tumanida tashkil etildi. Unda tumandagi umumtaʼlim maktablar direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, maktab psixologlari, oʻqituvchilar hamda maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Usmonxon …

Batafsil

Maʼrifiy uchrashuvlarning galdagisi – Paxtakorda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Jizzax viloyati Paxtakor tumanida tuman hokimligi hamkorligida korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda maʼnaviyat sohasi faollari ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash hamda diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” mavzusida seminar tashkil etildi. Markaz xodimi B.Mahmudov yigʻilganlarga Konsepsiyaning mazmun-mohiyati, diniy bagʻrikenglik, vijdon erkinligi va …

Batafsil

Harbiylar bilan maʼrifiy suhbat: Jaholatga qarshi kurash

Yoshlar ongida sogʻlom eʼtiqodni shakllantirish, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, vijdon erkinligi va diniy bagʻrikenglik tamoyillarini chuqur tushuntirish maqsadida yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan targʻibot tadbirlaridan yana biri Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi harbiy qismda tashkil etildi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi U.Muhammadiyev va Din ishlari boʻyicha qoʻmita tuman …

Batafsil

Kun tartibida – vijdon erkinligi, bagʻrikenglik va maʼrifat masalasi

Jaholat va ekstremizmga qarshi maʼrifat bilan kurashish, jamiyatda bagʻrikenglik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash yoʻnalishida olib borilayotgan targʻibot tadbirlaridan biri Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida oʻtdi. Unda tuman hokimligi mutasaddilari, faollar, jamoatchilik vakillariga Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi U.Muhammadiyev hamda tuman hokimining oʻrinbosari O.Meliboyev maʼruza qildi. Tadbirda “Oʻzbekiston Respublikasida …

Batafsil

Konsepsiya – jamiyatda totuvlik va maʼrifat asosi sifatida

Jamiyatda bagʻrikenglik, totuvlik va vijdon erkinligini mustahkamlash, shuningdek, aholi orasida diniy sohaga oid davlat siyosatini chuqur anglashga qaratilgan navbatdagi maʼrifiy tadbir Jizzax shahrida boʻlib oʻtdi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, shahar hokimligi va Din ishlari boʻyicha qoʻmita boshqarmasi hamkorligida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori asosida oʻtkazilgan tadbirda davlat va jamoat …

Batafsil

Buyuk siyrat – hayotbaxsh ibrat va ruhiy qudrat manbai

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 16-iyul kuni “Imom Buxoriy – Allohning Er yuzidagi moʻjizasi” mavzusida davra suhbati hamda “Moʻjiza inson – Hazrat Imom Buxoriy” nomli yangi roman-esse taqdimoti boʻlib oʻtdi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Samarqand viloyati hokimligi va Hadis ilmi maktabi hamkorligida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda …

Batafsil

Paxtachida maʼrifiy suhbatlar

Paxtachi tumanidagi Madaniyat saroyida “Fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda mahalla raislari, faol xotin-qizlar, otinoyilar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Muloqotda diniy sohadagi davlat siyosatining mazmun-mohiyati, vijdon erkinligini kafolatlovchi huquqiy asoslar, jamiyatda bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi amaliy tadbirlar haqida batafsil …

Batafsil

Bilim — axborot tahdidlariga qarshi maʼnaviy qalqon

Maʼlumki, Oʻzbekistonda diniy sohadagi davlat siyosati inson huquq va erkinliklarini, jumladan, vijdon erkinligini taʼminlash, bagʻrikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan. Bu yoʻnalishda olib borilayotgan targʻibot tadbirlarining navbatdagisi Kattaqoʻrgʻon garnizonida joylashgan harbiy qismda boʻlib oʻtdi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etgan uchrashuvda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari qatnashdi. Suhbat …

Batafsil

Yoshlarni yot gʻoyalardan asrash — jamoatchilikning umumiy vazifasi

Maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash, yoshlarni turli yot gʻoyalar taʼsiridan asrash va jamiyatda sogʻlom fikrlash muhitini shakllantirish bugungi kunning ustuvor vazifalari sirasiga kiradi. Maʼnaviy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlar doirasida Kattaqoʻrgʻon tumanida navbatdagi maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi. “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” shiori ostida tumandagi mahallalar raislari, faol xotin-qizlar, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari, …

Batafsil