Home / YANGILIKLAR

YANGILIKLAR

Ilmiy va maʼnaviy hamkorlik yoʻlida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining olimlari, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya aʼzolari bilan oʻtkazilgan davra suhbatida Markaz direktori Shovosil Ziyodov ilm-fan sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qoʻshma ilmiy izlanishlar olib borish va yosh tadqiqotchilar uchun malaka oshirish kurslari etish maqsadga muvofiqligini taʼkidladi. Tatariston delegatsiyasi …

Batafsil

Davlat tiliga ehtirom – milliy gʻurur ifodasi

21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Til – millat koʻzgusi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Markaz rahbariyati, ilmiy xodimlar, Hadis ilmi maktabining ustoz va talabalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta …

Batafsil

Ilmiy markazlar oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka oid memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ikki markaz oʻrtasida qoʻshma ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish, mushtarak ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish, alloma ajdodlar merosini chuqur oʻrganish va keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan zalvorli qadam boʻldi. Tadbirda ikki muassasa rahbarlari, ilmiy xodimlar …

Batafsil

Xalqaro simpozium – qoʻlyozmalar tadqiqining yangi ilmiy bosqichi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida oʻtkazilayotgan “Qoʻlyozma asarlarga egalik va ularning yoyilishi: Imom Buxoriy va hadis qoʻlyozmalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya 16-oktyabr kuni davom ettirildi. Anjumanning bu qismi qoʻlyozmalarning kodikologik xususiyatlari, egalik qaydlarining ilmiy hujjat sifatidagi ahamiyati va kitob toʻplash madaniyatini oʻrganishga bagʻishlandi. Unda qoʻlyozmalardagi sohiblik belgilarini oʻrganishning yangi usullari, shular …

Batafsil

Imom Termiziy dahosi va Markaziy Osiyoda islom tarixiga oid yangi ilmiy manba taqdimoti

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Pokiston va AQSHda faoliyat olib borayotgan tarixchi va tadqiqotchi Muhammad Ayubning “Imom Termiziy: Oʻrta Osiyo tarixi boʻylab sayohat – oʻtmishdan hozirgacha” nomli kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda Markaz xodimlari, Hadis ilmi maktabi ustoz va talabalari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Taqdimot jarayonida kitobning yozilish tarixi, mazmun-mohiyati …

Batafsil

Anjumanning ikkinchi kunida ilm va anʼana uygʻunligi namoyon boʻldi

Markazda oʻtkazilayotgan “Qoʻlyozma asarlarga egalik va ularning yoyilishi: Imom Buxoriy va hadis qoʻlyozmalari” mavzusidagi xalqaro simpoziumning ikkinchi kuni ham yuqori ilmiy muhit va mazmundor maʼruzalar bilan davom etdi. Bu kungi sessiyalarda qoʻlyozma merosi yangi ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilinib, hadis qoʻlyozmalarining ayrim nusxalari, ayniqsa “Sahihul Buxoriy”ning turli davr va mintaqalardagi …

Batafsil

Ma’naviy salomatlik – mustahkam jamiyat asosi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Samarqand shahridagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari J.Jumayev va T.Evadullayev mahalla ahli vakillariga jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, barqarorlikni ta’minlash va zamonaviy mafkuraviy tahdidlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish masalalari yuzasidan ma’ruza …

Batafsil

Qoʻlyozmadagi hayot: Ilm, meros va anʼanalar muhokamasi boshlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 14-oktyabr kuni “Qoʻlyozma manbalar madaniyati” III xalqaro simpoziumi va uning doirasida “Qoʻlyozma asarlarga egalik va ularning yoyilishi: Imom Buxoriy va hadis qoʻlyozmalari” mavzusidagi xalqaro anjuman oʻz ishini boshladi. Tadbir Fotih Sulton Mehmet vaqf universiteti huzuridagi Qoʻlyozmalarni oʻrganish va tadqiq etish markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Qoʻlyozma …

Batafsil

Imom Buxoriy merosi – yosh avlodga ibrat va ilhom manbai

Urgut tumanidagi 35-maktabda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Shukurillo Umarov qalamiga mansub “Buyuklik siri. Imom Buxoriyning ibratli hayoti” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda oʻqituvchi va oʻquvchilar, mahalliy ziyolilar ishtirok etdi. Sh.Umarov asarning …

Batafsil

Yassaviylik – mustahkam imon quvvati va maʼnaviy rahnamolik sanʼati

9-oktyabr kuni Qozogʻiston Respublikasi Turkiston viloyati “Azret Sultan” (“Hazrati Sulton”) milliy tarixiy-madaniy muzey-qoʻriqxonasi huzuridagi Yassaviyshunoslik markazi tashabbusi bilan “Yassaviy tariqati: azizon va iqoniya” mavzusida onlayn suhbat tashkil etildi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Mexrojiddin Amonov mavzu yuzasidan maʼruza qildi. Tadqiqotchi …

Batafsil