Home / YANGILIKLAR

YANGILIKLAR

Soʻfiylik anjumanida Naqshbandiya taʼlimotiga ilmiy nazar

Xabar qilinganidek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Jazoirning Agʻvot shahrida Soʻfiylik taʼlimoti madaniyati festivali doirasida “Tasavvuf navolari: oʻtmish merosi, bugunning sadosi va kelajak ovozi” mavzusida oʻtkazilayotgan xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda. Anjuman shoʻbalaridan birida Markaz ilmiy xodimi Shukurillo Umarov “Naqshbandiya tariqati va uning islom olamida keng tarqalishi” …

Batafsil

Markaz ilmiy xodimi – Turkistondagi xalqaro simpoziumda

Ayni soatlarda Qozogʻiston Respublikasi, Turkiston shahrida “Ahmad Yassaviy ilmiy merosi zamonlar va madaniyatlar muloqotida: Insonparvarlik anʼanalari va zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro simpozium boshlanish arafasida. Mazkur nufuzli anjuman Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligining Madaniyat qoʻmitasi, “Azret Sultan” (“Hazrati Sulton”) milliy tarixiy-madaniy muzey-qoʻriqxonasi hamda Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, sanʼati va …

Batafsil

Muassasalararo ilmiy-maʼnaviy hamkorlik tarixida yangi bosqich

Oʻzbekiston delegatsiyasining Jazoirga tashrifi doirasida mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati, maqsad va vazifalari haqida taqdimot oʻtkazildi. Taqdimotda markazning islom ilmiy merosini oʻrganish, keng jamoatchilikka yetkazish va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishdagi roliga alohida toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, markaz faoliyatiga oid maxsus videorolik namoyish etildi. …

Batafsil

Oʻzbekiston delegatsiyasi – Jazoir anjumanida faxriy mehmon

Xabar qilinganidek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Jazoirga ilmiy safar qilmoqda. Agʻvot shahrida har yili anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan Soʻfiylik taʼlimoti madaniyati festivali doirasida “Tasavvuf navolari: oʻtmish merosi, bugunning sadosi va kelajak ovozi” mavzusidagi xalqaro anjumanning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Yigirmaga yaqin davlatdan yuzdan ortiq xorijiy …

Batafsil

“OʻZBEKISTON – BAGʻRIKENGLIK DIYORI”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida shu mavzuda maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda nufuzli turk olimi, Pamukkale universiteti rektori, professor Mahmud Gungoʻr va universitet vakillari, Markaz ilmiy jamoasi ishtirok etdi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan islom ulamolari merosini tadqiq etish, asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazishga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan …

Batafsil

Mirzo Ulugʻbekka aloqador yangi maʼlumotlar topildi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefakt va mulyajlar bilan boyitish maqsadida yaratilgan media loyihalar muhokamasida qomusiy olim va davlat arbobi Mirzo Ulugʻbekka aloqador yangi maʼlumotlar topilgani haqida maʼlumot berildi. Bu borada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev fikrlari bilan …

Batafsil

Ilmiy muloqot va hamkorlikni rivojlantirish yoʻlida

Jazoir Islom fanlari va sivilizatsiyasi tadqiqotlari markazi rahbari Dr. Ahmad Sagʻir taklifiga binoan ayni kunlarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov va katta ilmiy xodim Shukurillo Umarov mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasida ilmiy safarda boʻlib turibdi. Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat …

Batafsil

Islom merosini tiklash: Imom Abdulhamid Keshiyga oid ekspozitsiya muhokamada

Imom Abdulhamid Keshiy – Movarounnahrga hadis ilmining kirib kelishiga ulkan hissa qoʻshgan zotlardan biri. Aynan uning davrida hadisshunoslik ilmi ulkan choʻqqiga koʻtarilgan. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilgan Maxsus shtabda buyuk muhaddisning hayot yoʻli va ilmiy merosidan tashkil topadigan ekspozitsiya keng muhokama etilmoqda. Bu borada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …

Batafsil

“Xotira va qadrlash – umuminsoniy qadriyatlar mezoni”

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida 9-may –  Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan shu mavzuda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Yurt tinchligi, osoyishtaligi, erki uchun kurashgan, xalqni yuksak maʼnaviyat sari boshlagan insonlar hamisha ardoqdadir. Ularni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, nuroniy otaxonlar, mehri daryo onaxonlar, har soʻzi …

Batafsil

Markaz ilmiy xodimi “Mirzo Ulugʻbek buyuk qomusiy olim va davlat arbobi” loyihasi muhokamasida

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefakt va mulyajlar bilan boyitish maqsadida yaratilgan media loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy va xorijlik olimlar tinimsiz izlanmoqda. Ushbu loyihalar muhokamasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, jumladan, Markaz direktori bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor …

Batafsil