Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bilan minglab insonlar hamsuhbat boʻlgan. Biroq ularning barchasi ham sahoba boʻlish baxtiga musharraf boʻlmagan, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni paygʻambarlik davrlarida koʻrgan, u zot bilan hamsuhbat boʻlgan va imon keltirib, moʻmin holida vafot etganlargina sahoba deyiladi. Sahobalarni faqat yaxshi sifat va yaxshi nom bilan tilga …
BatafsilODAMLAR ORASINI ISLOH QILISH
Har doim odamlar orasini isloh qilishga urinish va samarali vositachilik qilish ulugʻ maqsad va ijobiy natijalarni roʻyobga chiqarishda eng taʼsirli yoʻldir. Bu ikki tomonni isloh qilishda kuch ishlatishdan koʻra koʻproq samara bergan. Chunki kuch-quvvatning taʼsiri tez ketadi. Ammo yaxshi saʼy-harakatning taʼsiri inson qalbidagi gina-kuduratni sugʻurib olishga, odamlarning bir-biridan rozi boʻlib …
BatafsilMISRDAGI “SAHIHUL BUXORIY” MAKTABI “Sahihul Buxoriy” Misr oʻlkasiga qanday kirib borgan?
Darhaqiqat, musulmonlar oʻzlaridan oldingi ummatlardan hech biriga berilmagan oʻzlariga xos buyuk xislat va fazilat sohibidirlar. U ham boʻlsa, isnoddir.[1] Shuning uchun har bir avlod vakillari oʻzlaridan keyingilarga ilmni isnod orqali naql qilib berishgan. Isnod borasida Ibn Sirin (vaf.110/728) bunday degan: “Haqiqatan, bu ilm dindir. Shunday ekan, siz oʻz diningizni kimdan oʻrganayotganingiz …
Batafsil“SAHIHUL BUXORIY” KITOBINING ASL NUSXASI BORMI?
Imom Buxoriy oʻzining “Sahihul Buxoriy” kitobini oʻz qoʻllari bilan yozgan. Soʻngra, uni hadis oʻrganadigan koʻplab shogirdlariga oʻqib va rivoyat qilib bergan. “Sahihul Buxoriy” kitobini Imom Buxoriyning oʻzidan juda koʻplab talabalar eshitgan. Bu haqida Imom Buxoriyning eng mashhur shogirdlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy (vaf. 320 h.): “Muhammad ibn …
BatafsilIMOM BUXORIYNING “TARIXUL KABIR” ASARINI ILMIY AHAMIYATI
Imom Buxoriy rahimahulloh ilmning bir necha yoʻnalishlarida koʻplab kitoblar yozganini bilamiz. U kishining mashhur va hajmi juda katta boʻlgan kitoblaridan biri “Tarixul kabir” kitobidir. Imom Buxoriyning “Tarixul kabir” kitobi Islom dinida yozilgan kitoblarning ulugʻrogʻi va roviylar tarixi haqida eng birinchi taʼlif etilgan kitoblardan biridir. Imom Buxoriydan keyin kelgan har qanday …
BatafsilUSTOZNING SHOGIRDIGA DЕGANLARI
Bu dunyoda har qaysi inson biror narsaga erishgudek boʻlsa, bunda albatta uning ota-onasi qatorida ustoz va murabbiylari muhim oʻrin tutadi. Quyida qadimda yashab oʻtgan donishmandning shogirdiga oʻgitlarini keltiramiz. Ey oʻgʻlim! Alloh taoloning Oʻzi seni toʻgʻri yoʻlga yoʻllab, ezgu amallarga muvaffaq aylasin! Sen men uchun farzandim oʻrnidasan. Seni taning sogʻlom, fahm-idrokli, …
BatafsilHADISLARNI TOʻGʻRI ANGLASH VA SHARHLASHDA ZARUR BOʻLGAN OMILLAR
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim kimsalar tomonidan hadislarning notoʻgʻri talqin qilinishi, Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning pok nomlariga va muhaddis allomalarimiz shaʼniga turli boʻhton soʻzlarning aytilishi, shuningdek omma orasida muhaddis ulamolarimizga nisbatan ishonchsizlik uygʻotishga urinishlarni koʻrmoqdamiz. Hadislarni oʻzicha tarjima qilib, ularni toʻgʻri yoki notoʻgʻriga ajratayotgan bunday kimsalar goʻyoki oʻzini Rasululloh …
Batafsil“SAHIHUL BUXORIY”NING QANCHA QISMI QURʼONI KARIMGA BAGʻISHLANGAN?
Imom Buxoriy rahimahullohning shoh asari boʻlmish “Sahihul Buxoriy” kitobi Qurʼoni karimdan keyingi eng moʻtabar manba hisoblanadi. Imom Buxoriy rahimahulloh uni 16 yil mobaynida yozgan. “Sahihul Buxoriy”ni yozish jarayonida taqvo masalasiga alohida eʼtibor berganlar. Xatib Bagʻdodiy bu borada Imom Buxoriyning tilidan quyidagicha rivoyat qilgan: “Gʻusl qilib, 2 rakat namoz oʻqimay turib, …
BatafsilIMOM BUXORIY OʻZI BILAN ALLOH OʻRTASIDA HUJJAT QILGAN KITOB
Maqola mavzusiga koʻz tushar ekan, beixtiyor oʻquvchi zehnida Imom Buxoriyning Islom olamida Alloh taoloning kitobidan soʻng asosiy manba sanalgan “Al Jomeʼ as Sahih” kitoblari keladi. Zero islom ummati ming yillar osha bu moʻtabar kitobni Qurʼoni Karimdan keyingi asosiy manba sifatida qabul qilib kelmoqda. Mazkur maqolada “Al Jomeʼ as Sahih” kitobini …
BatafsilMUSTAQILLIK YILLARIDA IMOM BUXORIY ILMIY MЕROSINING OʻRGANILISHI
Maʼlumki, sovet tuzumi davrida diniy qadriyatlarimiz toptaldi, islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk allomalarimiz ilmiy merosini oʻrganish taʼqiqlandi. Mustaqillik yillarida esa mamlakatimizda diniy qadriyatlarni tiklash boʻyicha koʻplab tadbirlar amalga oshirildi. Bunda yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar ilmiy merosini oʻrganishga katta eʼtibor qaratildi. Xususan, Imom Buxoriy ijod mahsulini oʻrganish va …
Batafsil