Home / MAQOLALAR (page 61)

MAQOLALAR

VIII/XIV- XII/XVIII ASRLARDA “AL-KUTUB AS-SITTA” TOʻPLAMINING JAMLANISHI

Islom dinida Qurʼoni karimdan keyin turuvchi ikkinchi ishonchli manba bu — hadisi shariflar hisoblanadi. Hadislar hijriy uchinchi asrda alohida ilm sifatida shakllandi hamda aynan ushbu asrda hadis sohasiga oid ishonchli kitoblar yozildi. Mana shunday ishonchli kitoblarni jamlagan toʻplamlardan biri “al-Kutub as-sitta” edi. VIII/XIV asr boshlarida, “Sunani Ibn Mojja”ni oʻz ichiga …

Batafsil

QURʼONI KARIM OYATLARI TARKIBIDA VAZIFADOSH GAP BOʻLAKLARINING JOYLASHUVIDAGI OʻZIGA XOSLIKLAR

 Qurʼoni karim oyatlari tarkibidagi kalimalarning joylashuv tartibida mufassir ulamolar ahamiyat berib oʻrgangan, ilmiy asoslarga tayangan koʻplab jihatlar bor. Ana shunday jihatlardan biri turli oyatlar matnida vazifadosh gap boʻlaklari – uyushiq boʻlaklar hamda izohlovchi va izohlanmishning isteʼmolida tartiblar almashinuvi kuzatiladi. Odatda tilshunoslar ushbu holatni barcha tillardagi kabi urgʻu qaratish eʼtiboridan amalga …

Batafsil

MARKAZIY OSIYODA MADRASALARNING PAYDO BOʻLISH TARIXI

Oʻrta asrlarda arablar tomonidan Yaqin Sharq, Shimoliy va Sharqiy Afrika, Markaziy Osiyo hududlari qoʻlga kiritilib, oʻzlari bilan bu yerlarga islom dinini olib kirdi. Islom dinini bunday katta hududda tarqatishning birdan bir samarali yoʻli bu islomni oʻrgatish tizimini shakllantirish boʻlgan. Shu sababli diniy taʼlim muassasalari shakllana boshladi. Bu vazifani ilk davrlardan …

Batafsil

XORAZM MAʼMUN AKADЕMIYASI ALLOMALARINING ANIQ VA TABIIY FANLAR RIVOJIGA QOʻSHGAN HISSASI

Dunyo ilmiy-falsafiy  merosi taraqqiyotida qomusiy allomalarning maʼrifiy, falsafiy, tabiiy-ilmiy taʼlimotlari, xususan, dunyoni bilish,  tabiat, olam va odam, inson ijtimoiy mohiyatiga oid qarashlari doirasida fundamental tadqiqotlar olib borilmoqda[1]. Jumladan, dunyo tamadduniga salmoqli hissa qoʻshgan mutafakkirlar ilmiy merosidagi olamning yaralishi, yaratuvchi va inson, koinot, tabiat, ijtimoiy hayot haqidagi taʼlimotning ilmiy jihatlarini tadqiq …

Batafsil

BAHOUDDIN NAQSHBAND OLAM VA ODAM HAQIDA (“AVROD” ASARI ASOSIDA)

Naqshbandga oid maʼlumotlarda: “Hazrat Xojaning “Hayotnoma” manzumasi va “Dalil ul oshiqiyn” unvonila tasavvufga doir bir kitobi bordir”[1] deb yozilgan. Shuningdek: “Bahouddin Naqshbandning “Avrod”idan (taʼkid bizniki G.N.) va xalifasi Porso tarafidan yozilgan “Risolai qudsiya” va boshqa tarjimai hol bilan bogʻliq manbalardan tashqari hech qanday asarlari uchramayapti”[2] degan maʼlumot mavjud. Tadqiqotlarimiz davomida Bahouddin Naqshband …

Batafsil

DINIY BAGʻRIKЕNGLIK – TINCHLIK ASOSI

Bagʻrikenglik oʻzbek xalqi maʼnaviyati va madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Yurtimizda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalar, balki zaminimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar oʻrtasida doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bagʻrikenglik tamoyillarini qaror toptirishga ham alohida eʼtibor qaratib kelinadi. Bu, ayni paytda Oʻzbekistonning barcha sohadagi islohotlarida ham oʻz aksini topgan. Xususan, …

Batafsil

QIMMATBAHO TOSHLAR ZAKOTI (Movarounnahr fiqh manbalari asosida)

Zakot lugʻatda oʻsish, poklash maʼnosini anglatadi. Sharʼiy istilohda esa, maxsus mollarda vojib boʻlgan haqni maxsus koʻrinishda ado qilishga zakot deyadi. Zakotning vojib boʻlishiga kishining musulmon, oqil, balogʻatga yetgan, moli nisobga yetgan hamda uning qoʻlida bir yil aylangan boʻlishi shart qilinadi. [1, 2\4. 2, 2\372] Zakot musulmonlarga farz qilingan amallardan biridir. …

Batafsil

“AL-MANOR” – USUL UL-FIQHGA OID NODIR MANBA

Usul ul-fiqh fani dalillar va hukmlarga oid fan boʻlgani bois, bu ilmni toʻlaqonli anglash kishidan katta mohirlikni talab qilganligi sababidan bu fanga oid asarlarni mujtahid ulamolargina yozishgan. Maʼlumki, hanafiy mazhabi boʻyicha usul al-fiqh ilmi Movarounnahrda bir necha bosqichlarda rivojlangan. Faxr ul-islom Bazdaviy va Shamsul-aimma Saraxsiylar hanafiy mazhabining bu ilmni eng …

Batafsil

ESHITGAN NARSASINI GAPIRAVЕRISHI KISHINING GUNOHKOR BOʻLISHIGA KIFOYA

Inson bu dunyoda jismonan sogʻlom boʻlib yashashi uchun suv va havoga qanchalik muhtoj boʻlsa, maʼnan milliy qadriyatlarga, maʼrifatga shunchalik ehtiyoj sezadi.  Bu qadriyatlarning, maʼrifatning ildizi Islom taʼlimoti bilan sugʻorilgan boʻlsa, ikki karra saodatdir! Aksincha boʻlsa, qashshoqlikdan boshqa narsa emas. Soʻnggi paytlarda internet saytlarida, ijtimoiy tarmoqlarda, bosma nashrlarda tarqatilayotgan xabarlar, maqolalarni oʻqib, kishining hayrati oshadi. “Oʻrgimchak toʻri” shunchalar rivojlandiki, fikringiz boʻgʻzingizdan tovush boʻlib chiqar-chiqmas, butun dunyoga tarqalib ketyapti. Bu – yaxshi, …

Batafsil

ALIXONTOʻRA SOGʻUNIYNING ILMIY MЕROSINI OʻRGANISHDAGI ILMIY YONDASHUVLAR

Alixontoʻra Sogʻuniyning hayot yoʻli, olib borgan faoliyatlari va asarlari xususidagi maʼlumotlar bir qancha ilmiy ishlarda mavjud boʻlib, shulardan dastlabki toʻliq maʼlumotlar uning oʻgʻli Qutlugʻxon Shokirov – Ediqut tomonidan berilgan. U 1992 yil “Sharq yulduzi” jurnalida nashr etilgan “Ikki Turkiston gʻururi” nomli maqolasi orqali otasi haqida keng jamoatchilikka maʼlumot bera boshlagan[1]. …

Batafsil