Home / MAQOLALAR (page 40)

MAQOLALAR

ISLOMDA KIYINISH MADANIYATI

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar boʻlsin. Paygʻambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar boʻlsin. Libos – bu Allohning Oʻz bandalariga ato etgan tengsiz neʼmatlaridan biri desak, mubolagʻa qilmagan boʻlamiz. U insonni issiq-sovuqdan saqlaydi, avratlarini berkitadi va kishiga ziynat boʻlib xizmat qiladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi “Ey Odam bolalari, darhaqiqat, Biz …

Batafsil

ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA ISLOM BANKLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI

2020 yilning boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi doirasida «Oʻzbekistonda islomiy moliya mahsulotlari tahlili» boʻyicha amalga oshirilgan tadqiqot doirasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra bank kreditlaridan foydalanmaslikning asosiy sababi sifatida avvalambor diniy qarashlar, kreditlar boʻyicha yuqori foiz darajasi va kreditlashtirishning murakkabligi koʻrsatilgan. Agar mamlakatda islom moliya muassasasi tashkil etilsa, yuqoridagi soʻrovnomada …

Batafsil

Libos – insonning “ID kartasi”

Qadimdan libos insonning ijtimoiy mavqei, kasb-korini anglatgan. Boyonlar, musofir darveshlar, hunarmand-savdogarlar, shuningdek, urugʻ va elatlarni-da libosiga qarab tanisa boʻladi. Boisi kiyim madaniyat koʻzgusi. Bugun yirtiq-yamoq shim, kalta paypoq kiygan yoshlar koʻpayib bormoqda. Bu ham madaniyat belgisi, deguvchilar topiladi. Ammo bu kabi “urf”lar xalqimizning qadimdan meros kiyinish madaniyatiga taʼsir koʻrsatayotganini koʻrib, …

Batafsil

“KUTUBI SITTA” TOʻPLAMINING SHAKLLANISHIDA IMOM BUXORIYNING “AL-JOME AS-SAHIH” ASARINING OʻRNI

 “Kutubi sitta” tarkibidagi asarlarni VII/XIII asrdan boshlab islom olamidagi ilm ahlining katta qismi dinning ikkinchi muhim manbasi sifatida tasdiqlagan boʻlsa-da, biroq “Sahihayn”ni “Sunan”lardan yuqori darajada deb bilgan. Bu borada koʻpgina hadisga doir kitoblarda “Sahih”lar “Arbaʼa”lardan oldin kelib alohida ajratib koʻrsatilgan. Bundan koʻrinib turibdiki, ulamolarning “Kutubi sitta” kitoblari toʻgʻrisidagi mutlaq ittifoqlarining …

Batafsil

OʻRTA OSIYO MUTAFAKKIRLARINING ILMIY ASARLARIDA FANLARARO YONDASHUV GʻOYALARI

Bugungi kunda zamonaviy fan tizimida fanlararo yondashuv rivojlanib borayotgan asosiy yoʻnalish hisoblanadi. Bunda Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoda ijod qilgan mutafakkirlarning beqiyos xizmatlari bor. Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Xorazmiy kabi buyuk faylasuf va allomalarning asarlari jahon sivilizatsiyasining oltin xazinasidan munosib oʻrin olgan. Ular jahon fani va madaniyati tarixida oʻchmas …

Batafsil

Soxta salafiylik Islom ummati uchun eng xatarli illatdir

“Salaf” soʻzi lugʻatda – “avval yashab oʻtganlar”, “ajdodlar”, “oʻtmishdoshlar” degan maʼnolarni anglatadi. Sharʼiy istilohda “salaf” soʻzi muayyan bir davr bilan bogʻliq maʼnoni anglatadi. Yaʼni, Nabiy alayhissalom zamonlarida va undan keyingi ikki asrda yashagan musulmonlar “salafi solih”, yaʼni, “solih ajdodlar” deyiladi. Bu borada Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam oʻzlarining muborak hadislarida shunday …

Batafsil

ISLOM FALSAFASI VA TAFAKKURIDA XOTIN-QIZLAR SALOMATLIGI MASALALARI

Islom dini VII asrda Arabiston gʻarbida vujudga kelgan. Islom falsafasi va tafakkuri esa ana shu dinning negizida shakllangan. Islom dinining tarqalishi, keyinchalik jahon dinlaridan biriga aylanishi islom falsafasi va tafakkurini ilmiy dunyoqarash sifatida anglashga zamin yaratgan. Islom dini paydo boʻlgan davrdan keyin oʻtgan vaqt davomida islom falsafasi va tafakkurining turli …

Batafsil

MAHMUD IBN ILYOS VA UNING “SHARHU ILYOS” ASARI

XII-XV asrlarda Movarounnahr mintaqasida fiqh ilmi misli koʻrilmagan tarzda rivojlandi. Ijtimoiy va sharʼiy kodekslarni oʻzida mujassam etgan fiqhga doir koʻplab asarlar dunyoga keldiki, ular hozirga qadar oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Hatto aholisi boshqa dinga eʼtiqod qiluvchi mamlakatlar ham oʻz davlatchilik qonunlarini shakllantirishda ana shu fiqhiy asarlardan andazalar oldi.  Kichik yoki Ikkinchi …

Batafsil

YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN GʻOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI

Butun dunyoda ilmiy jamoatchilikning oldida turgan dolzarb masalalardan biri – bu ekologik barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq tadqiqotlarni yanada keng koʻlamda olib borishdan iborat. Zero, bugungi kunda barqaror ekologik vaziyatni, atrof-muhit musaffoligini saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning muhim subyektiv omili boʻlgan ekologik ongni shakllantirish, rivojlantirish va yuksaltirish, shuningdek …

Batafsil

BORLIQ HAQIDAGI KONSЕPSIYANING OʻZIGA XOS TALQINI

Maʼlumki, falsafa ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Bu shakl borliq toʻgʻrisida, unda insonning oʻrni qanday ekani, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari haqida maʼlumot beradi. U insonlarning dunyoqarashini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Shunday ekan, falsafaning borliq haqidagi taʼlimoti oʻta muhim va dolzarbdir. Faylasuflarning hech biri borliq tushunchasini chetlab oʻtmagan. Har biri oʻzining borliq …

Batafsil