Home / MAQOLALAR (page 29)

MAQOLALAR

MOVAROUNNAHR QURʼONSHUNOSLIK MARKAZLARI

Islom dini tarqalgan oʻlkalarda, boshqa ilmlar qatori, tafsir markazlari yoki maktablari ham rivojlangan. Jumladan, Makka, Madina, Iroq, Shom tafsir maktablari bu sohada katta shuhrat qozongan. Movarounnahrda ham oʻrta asrlarda tafsir markazlari shakllangan. Ularning qatorida Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toshkent, Nasaf, Termiz, Margʻilon, Qoʻqon kabi shaharlarida paydo boʻlgan Qurʼonshunoslik maktablarini zikr etish …

Batafsil

Imom Muslimning “Sahihi Muslim” asarida kelgan ijtimoiy himoyaga oid hadislar

Jamiyat qatlamlari orasida ham maʼnaviy, ham moddiy jihatdan koʻproq eʼtibor berish zarur hisoblangan qismi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunday yordamga muhtoj insonlarga koʻmak berish ilmiy tilda “ijtimoiy himoya” deb ataladi. Ijtimoiy himoya tushunchasi milliy va diniy qadriyatlarimiz, xususan islom huquqida ham oʻziga xos oʻringa ega. Shuni aytib oʻtish joizki, Islom …

Batafsil

VIII/XIV- XII/XVIII ASRLARDA “AL-KUTUB AS-SITTA” TOʻPLAMINING JAMLANISHI

Islom dinida Qurʼoni karimdan keyin turuvchi ikkinchi ishonchli manba bu — hadisi shariflar hisoblanadi. Hadislar hijriy uchinchi asrda alohida ilm sifatida shakllandi hamda aynan ushbu asrda hadis sohasiga oid ishonchli kitoblar yozildi. Mana shunday ishonchli kitoblarni jamlagan toʻplamlardan biri “al-Kutub as-sitta” edi. VIII/XIV asr boshlarida, “Sunani Ibn Mojja”ni oʻz ichiga …

Batafsil

QURʼONI KARIM OYATLARI TARKIBIDA VAZIFADOSH GAP BOʻLAKLARINING JOYLASHUVIDAGI OʻZIGA XOSLIKLAR

 Qurʼoni karim oyatlari tarkibidagi kalimalarning joylashuv tartibida mufassir ulamolar ahamiyat berib oʻrgangan, ilmiy asoslarga tayangan koʻplab jihatlar bor. Ana shunday jihatlardan biri turli oyatlar matnida vazifadosh gap boʻlaklari – uyushiq boʻlaklar hamda izohlovchi va izohlanmishning isteʼmolida tartiblar almashinuvi kuzatiladi. Odatda tilshunoslar ushbu holatni barcha tillardagi kabi urgʻu qaratish eʼtiboridan amalga …

Batafsil

MARKAZIY OSIYODA MADRASALARNING PAYDO BOʻLISH TARIXI

Oʻrta asrlarda arablar tomonidan Yaqin Sharq, Shimoliy va Sharqiy Afrika, Markaziy Osiyo hududlari qoʻlga kiritilib, oʻzlari bilan bu yerlarga islom dinini olib kirdi. Islom dinini bunday katta hududda tarqatishning birdan bir samarali yoʻli bu islomni oʻrgatish tizimini shakllantirish boʻlgan. Shu sababli diniy taʼlim muassasalari shakllana boshladi. Bu vazifani ilk davrlardan …

Batafsil

XORAZM MAʼMUN AKADЕMIYASI ALLOMALARINING ANIQ VA TABIIY FANLAR RIVOJIGA QOʻSHGAN HISSASI

Dunyo ilmiy-falsafiy  merosi taraqqiyotida qomusiy allomalarning maʼrifiy, falsafiy, tabiiy-ilmiy taʼlimotlari, xususan, dunyoni bilish,  tabiat, olam va odam, inson ijtimoiy mohiyatiga oid qarashlari doirasida fundamental tadqiqotlar olib borilmoqda[1]. Jumladan, dunyo tamadduniga salmoqli hissa qoʻshgan mutafakkirlar ilmiy merosidagi olamning yaralishi, yaratuvchi va inson, koinot, tabiat, ijtimoiy hayot haqidagi taʼlimotning ilmiy jihatlarini tadqiq …

Batafsil

BAHOUDDIN NAQSHBAND OLAM VA ODAM HAQIDA (“AVROD” ASARI ASOSIDA)

Naqshbandga oid maʼlumotlarda: “Hazrat Xojaning “Hayotnoma” manzumasi va “Dalil ul oshiqiyn” unvonila tasavvufga doir bir kitobi bordir”[1] deb yozilgan. Shuningdek: “Bahouddin Naqshbandning “Avrod”idan (taʼkid bizniki G.N.) va xalifasi Porso tarafidan yozilgan “Risolai qudsiya” va boshqa tarjimai hol bilan bogʻliq manbalardan tashqari hech qanday asarlari uchramayapti”[2] degan maʼlumot mavjud. Tadqiqotlarimiz davomida Bahouddin Naqshband …

Batafsil

DINIY BAGʻRIKЕNGLIK – TINCHLIK ASOSI

Bagʻrikenglik oʻzbek xalqi maʼnaviyati va madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Yurtimizda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalar, balki zaminimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar oʻrtasida doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bagʻrikenglik tamoyillarini qaror toptirishga ham alohida eʼtibor qaratib kelinadi. Bu, ayni paytda Oʻzbekistonning barcha sohadagi islohotlarida ham oʻz aksini topgan. Xususan, …

Batafsil

QIMMATBAHO TOSHLAR ZAKOTI (Movarounnahr fiqh manbalari asosida)

Zakot lugʻatda oʻsish, poklash maʼnosini anglatadi. Sharʼiy istilohda esa, maxsus mollarda vojib boʻlgan haqni maxsus koʻrinishda ado qilishga zakot deyadi. Zakotning vojib boʻlishiga kishining musulmon, oqil, balogʻatga yetgan, moli nisobga yetgan hamda uning qoʻlida bir yil aylangan boʻlishi shart qilinadi. [1, 2\4. 2, 2\372] Zakot musulmonlarga farz qilingan amallardan biridir. …

Batafsil

“AL-MANOR” – USUL UL-FIQHGA OID NODIR MANBA

Usul ul-fiqh fani dalillar va hukmlarga oid fan boʻlgani bois, bu ilmni toʻlaqonli anglash kishidan katta mohirlikni talab qilganligi sababidan bu fanga oid asarlarni mujtahid ulamolargina yozishgan. Maʼlumki, hanafiy mazhabi boʻyicha usul al-fiqh ilmi Movarounnahrda bir necha bosqichlarda rivojlangan. Faxr ul-islom Bazdaviy va Shamsul-aimma Saraxsiylar hanafiy mazhabining bu ilmni eng …

Batafsil