Home / MAQOLALAR (page 27)

MAQOLALAR

SIZGA MALOL KELMAGUNCHA ALLOHGA MALOL KELMAYDI

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: “يَا أَيُّهَا النَّاسُ خُذُوا مِنْ الْأَعْمَالِ مَا تُطِيقُونَ فَإِنَّ اللَّهَ لَا يَمَلُّ حَتَّى تَمَلُّوا وَإِنَّ أَحَبَّ الْأَعْمَالِ إِلَى اللَّهِ مَا دَامَ وَإِنْ قَلَّ”. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam: “Ey odamlar! Amallardan toqatingizga yarashasini oling. …

Batafsil

MILLATLARARO BAGʼRIKENGLIK MADANIYATINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI OʼRNI

Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot darajasi millatlararo bagʻrikenglik madaniyati va mamlakat yoshlarining maʼnaviy qiyofasi bilan belgilanadi. Davlat va millat kelajagi yorqin boʻlishi uchun, avvalo, uni barpo etuvchilari ham jismonan, ham maʼnaviy sogʻlom boʻlishi lozim. Insoniyat taraqqiyotidan maʼlumki, har bir shaxs, jamiyat, millat va davlat oʻz kelajagini yosh avlod tarbiyasi bilan bogʻlagan. Bu …

Batafsil

AMALLARDAN TOQATI YETADIGANINI OLISH ZARUR

Alloh taolo bandalariga qurbi yetmaydigan narsani buyurib, keyin ularni qiynab qoʻyishni aslo istamaydi. Banda kuchi yetmaydigan narsaga oʻzini majburlashi ham ahli sunna valjamoa aqidasiga zid amal hisoblanadi. Alloh taolo bandalariga ularning imkoniyat va toqati yetadigan narsalarni buyurgan. Ilohiy amrlarning hammasi bandaning qurbi yetadigan darajada boʻlib, insonni mushkul ahvolga solib qoʻyadigan …

Batafsil

FUTUVVAT FALSAFASIDA KOMIL INSON MASALASI

Islomiy tariqatlar sifatida futuvvat ham, tasavvuf ham insonni poklashga, mehr-shafqat, himmat va mardlik fazilatlarini egallashga daʼvat etadi. Shu jihatdan Alloh ishqida dunyodan yuz oʻgirgach, jismini maʼnaviy kamolot yoʻlida baxshida etgan darvesh bilan birodarlik va fidoyilik tuygʻusiga sodiq javonmardning maqsadi mushtarak edi. Koshifiy oʻz asarida futuvvat mohiyati, uning ruknlari va odobi …

Batafsil

MUHTOJLIK va QASHSHOQLIKNING eng katta 62 ta SABABI yoxud biri ikki BOʻLMASLIK SABABLARI

MUHTOJLIK va QASHSHOQLIKNING eng katta 62 ta SABABI yoxud biri ikki BOʻLMASLIK SABABLARIni ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:   KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA XUDOYIM TAOLO MARHAMAT QILADI:  “Alloh xohlagan kishilarga behisob rizq berur” (Baqara surasi 2/212 oyat); “Qasamki, agar bergan neʼmatlarimga shukr qilsangiz, albatta, ularni yanada ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukurchilik qilsangiz, albatta, azobim ham juda qattiqdir” (Ibrohim …

Batafsil

IMOM  BUXORIY ILMIY MEROSIDA INSON SALOMATLIGI VA GIGIYENASIGA EʼTIBOR 

Maʼlumki, shariat ahkomlari din, jon, aql, nasl, mol-mulk muhofazasidan iborat. Mana shu beshtadan uchtasi inson salomatligiga taalluqli masalalarni qamragan: jon, aql va nasl muhofazasi. Islom shariati ahkomlarining beshdan uch qismi inson salomatligiga bagʻishlanganining oʻzi ham bu dinning naqadar umumbashariy ekanligini anglatadi. Salomatlik va uning davomiyligini taʼminlash shubhasiz inson hayotidagi muhim …

Batafsil

USTOZNING SHOGIRDIGA DEGANLARI

Oʻn yettinchi dars. Tavba, qoʻrqish, umid va sabr haqida. Ey oʻgʻlim! Gunoh va xatolardan butunlay pok boʻlish faqatgina paygʻambarlarga xos. Qandaydir xato ishga qoʻl urib qoʻysang, darhol Alloh taologa tavba qilishga shoshil. Gunohingni kechirishini soʻrab duo qil. Ey oʻgʻlim! Tavba bu faqatgina tiling bilan aytadigan soʻzing emas. Haqiqiy tavba Rabbingga …

Batafsil

ISLOM TAʼLIMOTI ZULM VA ZOʻRAVONLIKKA QARSHIDIR

Zulm lugʻatda “biror narsani oʻz oʻrniga qoʻymaslik” maʼnosida keladi. Shariatda esa zulm – insonni kibrga berilib, haddidan oshishi, oʻzganing haqqi, moli, joni, dini yoki or-nomusiga  tajovuz qilishiga aytiladi. Zulm gunoh boʻlishi bilan birga, insonlar oʻrtadagi aloqalarning darz ketishiga ham sabab boʻladi. Shuningdek, inson kimga zulm qilsa, undan aziyat chekkan kishi …

Batafsil

ALLOH ZAMON VA MAKONDAN OLIYDIR

Mushabbiha va karromiylar: “Alloh taolo Arsh ustini makon tutgan. U boshqa jismlarga oʻxshamagan bir jismdir. Bunga Alloh taoloning: ﴿الرَّحْمَنُ عَلَى الْعَرْشِ اسْتَوَى﴾ “Rahmon Arshga istivo qildi”[1], degan soʻzi dalildir”, deydi. Ularga bunday deymiz: “Bu oʻrinda “istivo” soʻzi “istiylo” (ega boʻlish) maʼnosida tushuniladi”. Ularning: “U jismdir”, degan soʻzini esa Alloh taoloning: …

Batafsil

ABU HURAYRA ROZIYALLOHU ANHUGA QILINGAN TUHMATLARNI BARTARAF QILISHDA TARIXIY MANBALAR ASOSIDA ZAMONAVIY TADQIQOTLAR QIYOSIY TAHLILI

Mahmud Abu Rayya (1889-1970) “Mahmud Abu Rayya 1889-yili 15-dekabrda Misrning Daqhaliya muhofazasida tugʻilgan. Umrining koʻproq qismini Misrning Mansura shahrida oʻtkazgan. 1957-yilda Jizaga koʻchib borgan va umrining oxirigacha oʻsha yerda yashagan. Kovliy sunnatlar va baʼzi muhaddislar boʻyicha qilgan tadqiqotlari bilan mashhur boʻlgan. Sunnatun Nabaviy va xossatan Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilingan …

Batafsil