Ilk davr olimlari Qurʼon va hadisda kelgan aqidaviy masalalarni chuqur oʻrganib, odamlarga qulay boʻlishi uchun kichik hajmdagi risolalar yozgan. Odatda bunday risolalarda Ahli sunna val jamoa aqidasi umumiy tarzda aniq-ravshan ifoda qilingan boʻlib, qarshi fikrlarga eʼtiroz va bahs-munozaralarga oʻrin qoldirilmagan [1]. Har bir sohada boʻlganidek, aqoid fanida ham dastlab Qurʼon …
BatafsilBANDALARNING FEʼLLARI (Abul Barakot Nasafiyning “Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asari asosida)
Ahli sunna ulamolari aytadi: “Bandalarning feʼllari (ish-harakatlari) haqiqatan Alloh taolo yaratgan narsalardir. Sahoba va tobeinlar ham shu fikrda boʻlgan”. Bandalarning ish-harakatlari Allohning yaratgani va ularning kasbidir. Yaʼni, bandaning ish-harakatini Alloh taolo yaratadi. Banda ishni qiladi, ammo u ishni yaratish Allohdan boʻladi. Ish-harakat bandaga nisbat berilsa, “qildi” deyiladi. Alloh taologa nisbat …
BatafsilSUNNATNI INKOR ETUVCHI QURʼONIYLARNING SHARʼIY HUKMI
Hali Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak qabrlari sovumay turib, bu dinda turli-tuman firqalar paydo boʻlgani, afsuski, ayni haqiqat. Ular sovunning koʻpigi kabi bir paydo boʻlib, soʻng yoʻqolib ketgan boʻlsa-da, buzuq gʻoyalari qisman yoki toʻligʻicha saqlanib qoldi. Hatto bugungi kunda ham ularning yangidan yangilari oʻrtaga chiqib, oʻzining buzuq gʻoya va botil …
Batafsil“SIYOSATNOMA” ANʼANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI
Tarix, antropologiya, arxeologiya, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyaga oid tadqiqotlardan maʼlumki, insonlar ijtimoiy mavjudotdir. Ular turli sabablarga koʻra jamoa boʻlib yashashga odatlangan. Davlat negizida birlashish tarixning qaysidir davrida amalga oshirilgani tarixchilar tomonidan aniqlangan. Shunday boʻlsa-da, faylasuf olim Jon Lokk fikricha, bir vaqtlar yer yuzida hukumat yoki siyosiy jamoa boʻlmagan. Hamma odamlar …
BatafsilQURʼONNI TOʻGʻRI ANGLASH UCHUN HADISGA TAYANISHDAN OʻZGA YOʻL YOʻQ
Qurʼoni karimda din ishlaridan ayrimlari ochiq-oydin bayon qilingan boʻlsa, ayrimlari Paygʻambar alayhissalomning hadislari orqali yoritib berilgan. Alloh taolo: “Sizga esa odamlarga nozil qilingan (maʼlumotlar)ni bayon (tafsir) qilib berishingiz uchun va tafakkur qilsinlar, deb bu zikrni (Qurʼonni) nozil qildik” (Nahl surasi, 44-oyat), deb taʼkidlagan. Demak, Qurʼoni karimni Alloh taolo iroda qilganidek tushunish uchun Paygʻambar alayhissalomning hadislariga murojaat qilish …
BatafsilDINDA CHUQUR KЕTISHNING JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGIGA SALBIY TAʼSIRI (4-qism)
AVVALGI DINLARDAGI GʻULUV Dinda chuqur ketish musulmonlar orasida turlicha boʻlganidek, avvalgi dinlarda ham turlicha boʻlgan va Qurʼoni karimda oʻtgan ummatlarni dinda chuqur ketib, amallarni bajarishda mubolagʻa qilishi taʼqiqlangani ochiq-oydin bayon qilingan. ﴿ قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَا تَغْلُوا فِي دِينِكُمْ غَيْرَ الْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعُوا أَهْوَاءَ قَوْمٍ قَدْ ضَلُّوا مِنْ قَبْلُ وَأَضَلُّوا …
Batafsil“AT-TARIXUS SAGʻIR” ASARI HADIS ROVIYLARI TARIXINI OʻRGANISHGA OID MUHIM MANBA
Mamlakatimizda Qurʼon, hadis, aqida, fiqh, tasavvuf kabi islom ilmlariga oid qimmatli asarlar taʼlif etgan ulugʻ ajdodlarimiz ilmiy merosini oʻrganish yangi bosqichga chiqdi. Bunda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilgani muhim ahamiyatga ega boʻldi. Qayd etish kerakki, shu vaqtgacha allomalarimiz asarlari yakka …
BatafsilDINDA CHUQUR KЕTISHNING JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGIGA SALBIY TAʼSIRI (3-qism)
Gʻuluvning lugʻaviy va istilohiy maʼnolari Gʻuluv (الغُلو) soʻzi lugʻaviy jihatdan: chegaradan oshib oʻtish, biror bir ishda haddan oshmoq maʼnosini anglatadi. Qozondagi suv issiqning shiddatidan qaynab toshsa ham “غَلَا القِدرُ” deb aytiladi. Matoning narxi odatiy narxidan oshsa ham “غَلا السعر” – mato qimmat boʻldi, deyiladi[1]. Istilohiy maʼnosi: Biror narsada haddan oshib …
BatafsilIXTILOFLI HADISLARNING ANVAR SHOH KASHMIRIY TALQINIDAGI YECHIMI
Bugungi kunda ilm rivojlanib, bilim olish vositalari koʻpaydi, ulardan turli uslub va maqsadlarda foydalanish ham keng ommalashdi. Ushbu vositalardan ustozsiz, tushunib-tushunmay maʼlumot olayotganlar ham koʻpayib ketdi. Xususan, diniy masalalarda, yanada aniqroq aytsak, aqidaviy va fiqhiy masalalarda boshqa mazhab yo oqimlar maʼlumotlarini, dalil va hukmlarini oʻqib, koʻr-koʻrona unga amal qilish anchagina …
BatafsilHADIS ILMINING IBN HIBBON DAVRIGACHA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Hadislar islomning Qurʼoni karimdan keyingi manbasi hisoblanadi. Avvaliga hadislarning Qurʼoni karim bilan aralashib ketishining oldini olish uchun uni ommaviy yozishdan qaytarilgan. Hadislar yozilishining boshlanishi va taraqqiy etishi jarayoni haqida maʼlumotga ega boʻlishimiz mazkur sohaning IX asrga kelib, qanday holatga kelganini anglashimizga yordam beradi. Hadis ilmining yozib boshlanishi va taraqqiy etishi …
Batafsil