Home / MAQOLALAR (page 16)

MAQOLALAR

MUSULMONLAR VA BOSHQA DIN VAKILLARI OʻRTASIDAGI MUNOSABAT: TINCHLIK USTUVORLIGI

Hozirgi globallashuv jarayonida tinchlik dini – islomni insonlarga notoʻgʻri talqin qilayotgan guruhlar unga tuhmat toshlari otilishiga sababchi boʻlmoqda. Din niqobi ostida faoliyat yuritayotgan oqimlar, partiya va tashkilotlar muqaddas dinimiz va milliy qadriyatlarimizga katta zarar keltirmoqda. Shu va boshqa koʻplab omillar islom haqida qoʻporuvchilik bilan bogʻliq notoʻgʻri tushunchalarni shakllantirdi. Baʼzi guruhlar …

Batafsil

ISLOMDA BAGʻRIKЕNGLIK VA TINCHLIKKA TARGʻIB

Qurʼoni karim bizga qadimda yashab oʻtgan ummatlar va ularning holati haqida xabar bergan. Ular Alloh taolo tomonidan ato etilgan tinch-xotirjam va farovon hayotda yashagan. Soʻngra Parvardigori bergan neʼmatlarga noshukrlik qilib, turli xil azobga duchor boʻlgan. Yaʼni, boshlariga kelgan azobga oʻzlarining noshukrligi va kofirligi sabab boʻlgan. Qurʼoni karimdagi Nuh alayhissalomdan sayyidimiz …

Batafsil

ISLOMDA TINCHLIK DЕGANDA NIMA TUSHUNILADI?

Insoniyat yaratilganidan buyon ikki gʻoya orasida yashab kelmoqda. Bir-biriga zid bu gʻoyalarning biri bunyodkor, ikkinchisi vayronkor. Bunyodkor gʻoya bilan insonlar katta yutuqlarga erishgan. U barqaror boʻlgan jamiyatda dunyo xalqlari bir-biriga bilan bagʻrikenglik munosabatida boʻlganlar, hamjihatlikda hayot kechirganlar. Hatto qarindoshlik rishtalarini bogʻlaganlar. Buning aksi boʻlgan vayronkor gʻoya hamma vaqt jamiyatdagi tinchlik …

Batafsil

TINCHLIK SHARʼIY MAQSAD, DINIY VA DUNYOVIY ZARURATDIR

Insoniyat umr davomida ezgu maqsadlarga erishish uchun doimo saʼy-harakatda boʻladi. Orzu-umidi roʻyobi, farzandlari kamolotini koʻrishi uchun eng zarur omil bu shubhasiz tinchlik va osoyishtalikdir. Bugungi globallashuv jarayoni har birimizdan yurt taraqqiyoti, avlodlar kelajagi va jamiyatning ertangi kuni uchun qaygʻurish, tinch va osoyishta hayotga raxna solayotgan turli tahdidlarga birgalikda kurashishni taqozo …

Batafsil

OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI

Islom dini insonlarni ilm, hamjihatlik va ahillikka chorlaydi. Ular orasida johillik, firqalanish va oʻzaro kelishmovchilik keltirib chiqaradigan har qanday gʻoya, qarash va chaqiriqlarni keskin qoralaydi. Axborot asri boʻlmish hozirgi kunlarda har xil radikal va ekstremistik gʻoya egalari musulmonlarni oʻn toʻrt asrdan beri amalda boʻlib kelgan toʻrt fiqhiy mazhab ulamolarining asarlari …

Batafsil

XALIFALIKMI YOKI PODSHOHLIK? (Mahmud Abdulmoʻmin (Hizbuttahrir)ning xalifalik daʼvolariga raddiya)

Maʼlumki, Islom dini avvalida musulmonlar jamiyatining boshqaruvi bevosita paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam boshqaruvlarida boʻlgan. U zot vafotlaridan soʻng musulmonlar jamiyati xalifalar boshqaruviga oʻtdi. Keyinchalik Islom sarhadlari kengayib xalifalik ham turli hududlarga boʻlinib ketdi va alaloqibat musulmon oʻlkalarida nomi xalifalik, boshqaruv tuzumi mulkchilikka, maʼlum bir hududlarga asoslangan podshohliklar vujudga …

Batafsil

ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI

Islom dini inson hayotining har bir jabhasini oʻzida mujassam etgan, har zamonga mos ezgulikka asoslangan bagʻrikeng, moʻtadil dindir. Islom faqat diniy ahkomlardan iborat boʻlgan din emas, balki u jamiyat maʼnaviyati va maʼrifatini shakllantiruvchi hamda kamolga yetkazuvchi hamda uning ijtimoiy-siyosiy, ruhiy-maʼnaviy talablarini qondiruvchi dindir. Ammo, islomiy arkonlarning ijrosi barobarida inson diniy …

Batafsil

DINIY EKSTREMIZM VA SOF ISLOM

Din – arabcha soʻz boʻlib, “eʼtiqodga ehtiyojli har bir insonning talabini qondirishni oʻzida mujassam etuvchi” degan maʼnoni anglatadi. Islom dinining aqidaviy asosi Alloh taologa, paygʻambarlarga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, oxiratga, barcha yaxshilik va yomonlik Yaratganning irodasi bilan boʻlishiga ishonmoqdir. Mutlaq olganda, din ezgulik manbai hisoblanadi. Ammo sof islomiy eʼtiqod notoʻgʻri talqin …

Batafsil

IMONDA ISTISNO QILISH (“Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asari asosida)

Kim imonning olti ruknini qalbi bilan tasdiqlab, tili bilan iqror boʻlsa, u haqiqiy moʻmindir. Alloh taolo: ﴿أأُولَئِكَ هُمُ الْمُؤْمِنُونَ حَقًّا﴾  “Ana oʻshalar haqiqiy moʻminlardir”[1], degan. Hech bir moʻmin “Inshaalloh, men moʻminman” deyishi joiz emas. Bu xuddi “Inshaalloh (Xudo xohlasa) men tirikman yoki inshaalloh men yosh yigitman”, deyish joiz boʻlmaganiga oʻxshaydi. …

Batafsil

MAZHABDA BOʻLISH VOJIB

Islom olamida koʻp asrlardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan hanafiy, shofeʼiy, hanbaliy va molikiy mazhablarining haq ekaniga musulmon olimlari ijmo qilgan. Ular mazkur mazhablarning fatvolari Qurʼon va sunnatga tayanishini bir ovozdan tasdiqlagan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarga ikki narsani qoldiryapman. Ularni mahkam tutsangiz, hargiz adashmaysiz. Biri Allohning kitobi, ikkinchisi mening sunnatimdir”, …

Batafsil