Yurtimizda ilm-maʼrifatga berilayotgan eʼtibor tufayli necha asrlar davomida koʻz qorachigʻidek asrab-avaylab kelinayotgan qadimiy qoʻlyozma manbalarni oʻrganish, tadqiq qilish va jamoatchilikka yetkazish imkoniyati kengaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugungi kunning eng dolzarb vazifasi sifatida soʻzlab: “Tariximiz, madaniyatimiz, dinimizga aloqador boʻlgan bir varaq qoʻlyozma boʻlsa ham, ularni toʻplab, xalqimizni, yoshlarimizga tanishtirish, bizning qanday …
BatafsilSOXTA “TARIQAT”LARNING NOOʻRIN IDDAOLARI
Zarafshon vohasi tarixida tariqatdan saboq berishni daʼvo qiluvchilar, soxta tariqatchilar ham uchraydi. Soxta tariqatchilar deganda, tasavvufning faqat tashqi jihatlariga, marosim va turli zikr majlislariga asosiy eʼtiborni qaratib, uning falsafiy-irfoniy xususiyatlaridan bexabar faoliyat yuritayotgan, muayyan bir kishini pir sanab, uning etagidan tutuvchi, jamiyatning boshqa aʼzolaridan chetlashib, pir xizmatini hayotdagi eng asosiy …
BatafsilSOF ISLOM VA SOXTA TARIQATCHILIK
Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatini har bir ishda moʻtadil boʻlgan, adolatli ummat ekanligini taʼriflab: ﴿وَكَذَلِكَ جَعَلْنَاكُمْ أُمَّةً وَسَطًا لِتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ﴾ “Shuningdek (yaʼni haq yoʻlga hidoyat qilganimiz kabi), sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh boʻlishingiz va paygʻambar sizlarning ustingizda guvoh boʻlishi uchun oʻrta (adolatli) bir millat qildik”[1] deydi. …
BatafsilABDULHAY LAKNAVIYNING FIQHIY MASALALARGA OID ASARLARI
Hozirgi kunda islom dini va hanafiy mazhabining asl mohiyatini tushunib yetish ulamolar qoldirgan ilmiy merosga bogʻliq. Bu yoʻlda yurtimizdan chiqqan buyuk allomalar asarlarini oʻrganish bilan cheklanib qolmasdan, balki oʻzga islom oʻlkalaridan yetishib chiqqan ulamolar hayoti va ilmiy faoliyatini oʻrganish foydadan holi boʻlmaydi. Xususan, bu borada hind ulamolari qoldirgan ilmiy merosni …
BatafsilSAFFOR BUXORIYNING “TALXISUL ADILLA” VA UMAR NASAFIYNING “AQOID” ASARLARI QIYOSIY TAHLILI
Ilk davr olimlari Qurʼon va hadisda kelgan aqidaviy masalalarni chuqur oʻrganib, odamlarga qulay boʻlishi uchun kichik hajmdagi risolalar yozgan. Odatda bunday risolalarda Ahli sunna val jamoa aqidasi umumiy tarzda aniq-ravshan ifoda qilingan boʻlib, qarshi fikrlarga eʼtiroz va bahs-munozaralarga oʻrin qoldirilmagan [1]. Har bir sohada boʻlganidek, aqoid fanida ham dastlab Qurʼon …
BatafsilBANDALARNING FEʼLLARI (Abul Barakot Nasafiyning “Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asari asosida)
Ahli sunna ulamolari aytadi: “Bandalarning feʼllari (ish-harakatlari) haqiqatan Alloh taolo yaratgan narsalardir. Sahoba va tobeinlar ham shu fikrda boʻlgan”. Bandalarning ish-harakatlari Allohning yaratgani va ularning kasbidir. Yaʼni, bandaning ish-harakatini Alloh taolo yaratadi. Banda ishni qiladi, ammo u ishni yaratish Allohdan boʻladi. Ish-harakat bandaga nisbat berilsa, “qildi” deyiladi. Alloh taologa nisbat …
BatafsilSUNNATNI INKOR ETUVCHI QURʼONIYLARNING SHARʼIY HUKMI
Hali Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak qabrlari sovumay turib, bu dinda turli-tuman firqalar paydo boʻlgani, afsuski, ayni haqiqat. Ular sovunning koʻpigi kabi bir paydo boʻlib, soʻng yoʻqolib ketgan boʻlsa-da, buzuq gʻoyalari qisman yoki toʻligʻicha saqlanib qoldi. Hatto bugungi kunda ham ularning yangidan yangilari oʻrtaga chiqib, oʻzining buzuq gʻoya va botil …
Batafsil“SIYOSATNOMA” ANʼANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI
Tarix, antropologiya, arxeologiya, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyaga oid tadqiqotlardan maʼlumki, insonlar ijtimoiy mavjudotdir. Ular turli sabablarga koʻra jamoa boʻlib yashashga odatlangan. Davlat negizida birlashish tarixning qaysidir davrida amalga oshirilgani tarixchilar tomonidan aniqlangan. Shunday boʻlsa-da, faylasuf olim Jon Lokk fikricha, bir vaqtlar yer yuzida hukumat yoki siyosiy jamoa boʻlmagan. Hamma odamlar …
BatafsilQURʼONNI TOʻGʻRI ANGLASH UCHUN HADISGA TAYANISHDAN OʻZGA YOʻL YOʻQ
Qurʼoni karimda din ishlaridan ayrimlari ochiq-oydin bayon qilingan boʻlsa, ayrimlari Paygʻambar alayhissalomning hadislari orqali yoritib berilgan. Alloh taolo: “Sizga esa odamlarga nozil qilingan (maʼlumotlar)ni bayon (tafsir) qilib berishingiz uchun va tafakkur qilsinlar, deb bu zikrni (Qurʼonni) nozil qildik” (Nahl surasi, 44-oyat), deb taʼkidlagan. Demak, Qurʼoni karimni Alloh taolo iroda qilganidek tushunish uchun Paygʻambar alayhissalomning hadislariga murojaat qilish …
BatafsilDINDA CHUQUR KЕTISHNING JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGIGA SALBIY TAʼSIRI (4-qism)
AVVALGI DINLARDAGI GʻULUV Dinda chuqur ketish musulmonlar orasida turlicha boʻlganidek, avvalgi dinlarda ham turlicha boʻlgan va Qurʼoni karimda oʻtgan ummatlarni dinda chuqur ketib, amallarni bajarishda mubolagʻa qilishi taʼqiqlangani ochiq-oydin bayon qilingan. ﴿ قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَا تَغْلُوا فِي دِينِكُمْ غَيْرَ الْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعُوا أَهْوَاءَ قَوْمٍ قَدْ ضَلُّوا مِنْ قَبْلُ وَأَضَلُّوا …
Batafsil