Home / MAQOLALAR

MAQOLALAR

“SAHIHUL BUXORIY”NING KENG TARQALISHIGA ASOS BOʻLGAN NUSXALAR

Butun islom olamida Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” asari yetib bormagan makon yoʻq. Imom Buxoriyning hadis ilmidagi buyuk maqomi nafaqat islom ummati, balki boshqa din vakillari tomonidan ham eʼtirof etilgan. Imom Buxoriydan “Sahihul Buxoriy” asarini toʻqson mingdan ziyod roviylar, muhaddislar eshitib, rivoyat qilgan. “Sahihul Buxoriy” asarining rivoyat qilinishi, saqlanishi va oʻzgarishsiz …

Batafsil

SHAMSUL AIMMA HALVONIY QALAMIGA MANSUB ASARLAR

Abdulaziz ibn Ahmad ibn Nasr ibn Solih Hanafiy Buxoriy al-Halvoniy (vaf. 448/1056-1057) ijtimoiy-siyosiy faoliyati uchun hanafiylar yetakchisi (“Rais al-hanafiya”) – «Shams al-Aimma» (“Imomlar quyoshi”) [4:318] faxriy unvoniga ega boʻlgan. Aytishlaricha, ushbu faqih koʻplab tabaqot va tarojim kitoblarida “Halvoiy” nomi bilan ham zikr qilingan, boshqalarida esa Shamsul Aimma Halvoniy deb nomlangan. …

Batafsil

YOSHLARDA VATANPARVARLIK TUYGʻUSINI RIVOJLANTIRISHDA DINSHUNOSLIKKA OID FANLARNI OʻQITISHNING AHAMIYATI

Jahonda sodir boʻlayotgan globallashuv jarayonlari­da din omilining oʻrni tobora ortib bormoqda. Dunyoga xavf solayotgan ekstremistik va xalqaro terroristik faoliyatning aksar holatlarda din niqobi ostida harakatlanayotgani masalaga jiddiy yondashuvni talab qiladi. Shu bois ham bugun din va uning insonparvarlik, ezgulik, tinchlik gʻoyalarini dunyoga yetkazish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har bir mamlakatda …

Batafsil

MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TAʼLIMOTINING TADQIQ ETILISHI

Mustaqillikning ilk yillarida islom diniga qoʻyilgan bir asrlik cheklov [4:252] barham topib, eʼtiqod erkinligi uchun imkoniyat kengaydi[32:176-177]. Islom arkonlari jamiyatimiz kundalik hayotida tatbiq etila boshlandi va ilmiy-maʼrifiy yoʻnalishda ham koʻplab tadqiqotlar amalga oshirildi. Islom dini zamirida vujudga kelgan tasavvuf taʼlimoti, asrlar davomida shakllandi va taraqqiyot bosqichlaridan oʻtdi [20:3]. Tasavvuf taʼlimotiga …

Batafsil

OʻZBEKISTONDA DINIY-MAʼRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: “VAQF” XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA

Maʼlumki, xayriya va homiylik qadriyatlari Oʻzbekiston tarixining turli davrlarida turli koʻrinishlarda aks etib, har xil yondashuvlar asosida shakllanib kelgan. Homiylik va saxovat kishilararo munosabatda birdaniga paydo boʻlib qolmagan. Ular inson paydo boʻlganidan buyon asta-sekin, dialektik tarzda rivojlanib, muhim insoniy qadriyat darajasiga koʻtarilib borgan. Homiylik va saxiylik oʻzbek mentalitetining tarkibiy qismi …

Batafsil

OʻZBEK DAVLATCHILIGI TARIXINI OʻRGANISHDA “NIZOM AT-TAVORIX”NING AHAMIYATI

Oʻzbek davlatchiligini boshqargan somoniylar, saljuqiylar, anushteginiylar hamda moʻgʻullarga qaramlik davri (1220–1370) tarixiga oid manbalardan biri Bayzoviyning umumiy tarix yoʻnalishida yozilgan “Tarixlar tizmasi” (نظام التواریخ) asaridir. Asar muallifining toʻliq oti Nosiriddin Abu Saʼid (yoki Abulxayr) Abdulloh ibn Abu Qosim Umar ibn Muhammad ibn Abu Hasan Ali Bayzoviy Sheroziy Shofeʼiy boʻlib, Sheroz …

Batafsil

MILLIY KONTENT nima uchun kerak? YOXUD MAQSAD — HUDUDLAPNI EMAS, ONGNI EGALLASH

Yaqinda oʻtgan asrning 40-yillari oxirida suratga olingan filmdan lavha koʻrib qoldim. Unda bir dasturxon atrofida millatimiz vakillari, asosiy qismi qizlar boʻlgan davrada hamma pivo ichib oʻtiribdi. Hattoki qiz bitta pivoni qoʻliga olib, ikkinchisini otasiga uzatyapti. Bu lavha diyorimizdagi xuddi odatdagi hayotiy voqealar singari aks ettirilgan. Aslida, bu holni oʻsha davrning …

Batafsil

PAYGʻAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY GʻOYALARI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022-yilga “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb nom berdi [1]. Inson butun borliqning gultojidir. Alloh insonni ikki olamda saodatli boʻlishini istaydi. Shuning uchun insonlarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatish maqsadida vaqt va zamonga qarab paygʻambarlarini yuborib turgan.  Paygʻambarlikning hikmati va ularning vazifalari toʻgʻrisida Alloh taolo  Qurʼoni karimda …

Batafsil

BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI

IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan rivojining oltin davri sifatida eʼtirof etilgan. Koʻplab manbalarda ayni oʻsha davrda Bujayriy nisbasi bilan tanilib, samarali ijod qilgan allomalarning hayoti va ilmiy merosi haqidagi maʼlumotlarni uchratish mumkin. Tadqiqotlar natijasi shuni koʻrsatadiki, Bujayriy nisbasi biror joy yoki kasbga emas, Bujayr ismli shaxslarga nisbatan qoʻllangan. U Bujayr …

Batafsil

Tarozidan urib qoluvchilarga vayl boʻlsin

(Abu Hafs Nasafiyning «At-Taysir fit tafsir» asari asosida) Ijtimoiy hayotda odamlar bir-biri bilan oldi-sotdi qilib, narsa almashib yashaydi. Narsa yoki xizmat evaziga haq toʻlaydi. Shu jarayonda nafsiga boʻyin egadigan, oʻzgalar haqidan qoʻrqmaydigan, haromdan hazir qilmaydigan kimsalar odamlarni aldashga, oʻlchov-tarozidan urib qolishga urinadi, bu ishlarining oqibatiga koʻz yumadi. Alloh taolo bunday …

Batafsil