Home / MAQOLALAR

MAQOLALAR

OʻZBEKISTONDAGI MILLIY MADANIY MARKAZLARNING  IJTIMOIY-SIYOSIY ASOSLARI

Milliy madaniy markazlar Oʻzbekistonda yashovchi turli millat va elat vakillarining milliy madaniy ehtiyojlarini qondirishga, urf-odat, anʼana va qadriyatlarini saqlab qolish hamda keyingi avlodga yetkazishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda mavjud madaniy markazlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi huquqiy-meʼyoriy hujjatlar hamda oʻz nizomiga asoslangan holda qonuniy faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Milliy-madaniy markazlarning oʻziga xosligi shundaki, ular …

Batafsil

IMON HALOVATI (bir hadis sharhi)

عَنْ عن أَنَس رَضي الله عَنْه، عَنِ النَّبِي صَلَّى الله عَلَيْه وَسَلَّمَ قَالَ: ثلاثٌ مَنْ كُنَّ فيه وجَدَ حَلَاوَةَ الْإيمانِ: أنْ يكونَ اللهُ وَرَسُولُهُ أَحَبَّ إلَيْه مِمَّا سِوَاهُما، وَأنْ يُحِبَّ المرْءَ لا يُحبُّهُ إلَّا للهِ، وَأنْ يَكْرَهَ أنْ يَعُودَ في الكُفرِ كَمَا يَكرَهُ أنْ يُقذَفَ في النَّارِ Anas roziyallohu anhudan …

Batafsil

ISLOMDA TAVFIQ MASALASI (2-qism)

Tavfiqning tavsifi haqida soʻzimizni davom ettirar ekanmiz, gunoh va yomon ishlardan saqlanish ham Alloh tavfiq berganidan ekanini unutmasligimiz zarur. Inson oʻzini gunohlardan saqlashi yoki bunday ishlarga qoʻl urganda qilgan ishi uchun Yaratgan zotdan magʻfirat soʻrab tavba qilishi ham uning omadli ekani belgisidir. Zero, Alloh taolo bandasining shirkdan boshqa gunohlarini kechirishi …

Batafsil

Islomda qoʻshnichilik haqlari va odoblari

Xalqimiz qadimdan yuksak qadriyat va urf-odatlariga sodiq millatdir. Shu sababli bu tabarruk zaminda insonlar bir jamoa boʻlib, qoʻni-qoʻshnichilik rishtalarini muqaddas bilgan holda yashab kelmoqda. Bu esa millat hamjihatligi va farovon hayotning asosiy omilidir. Qoʻshnilar deganda beixtiyor, uyida toʻy-marosim va xursandchilik boʻlsa, butun mahalla xizmatga shay turadigan, katta-yu kichik hurmat-izzat qilinadigan, …

Batafsil

ISLOMDA TAVFIQ MASALASI (1-qism)

Alloh taolo bandalarini Oʻziga toatu ibodat qilishi va xayrli ishlarni amalga oshirib, Oʻzining muhabbatu roziligiga yetishi uchun yaratdi. Bizni Yaratgan zot bandalari orasida Oʻziga shirk keltirmay ibodat qiladigan va solih amallarda bardavom boʻladiganlarini yaxshi koʻradi. Fahsh va boshqa qaytarilgan ishlarni qilgan bandalaridan rozi boʻlmaydi. Albatta, Alloh taolo neʼmat beruvchi zot. …

Batafsil

OʻZBEKISTON FALSAFA TARIXI RIVOJIDA NAJMIDDIN KOMILOV TASAVVUFSHUNOSLIK MAKTABINING OʻRNI VA IZDOSHLIK ANʼANALARI

Insonning aqliy kashfiyoti, intellektual salohiyati yuqori darajaga yetgan global davrni raqamlashgan dunyo boshqarmoqda. Ammo bashariyat ong, dunyoqarash, maʼnaviy kamolot, axloqiy yetuklik nuqtayi nazaridan raqamlashgan dunyo bilan tenglasha olmayapti. Masalaga tasavvuf taʼlimotining eng taraqqiy etgan davri – X-XII asrlar prizmasidan qaraladigan boʻlsa, insoniyat kelajagi maʼnaviy qashshoqlik, fikrsizlik, axloqiy tubanlik, nigilizm, genotsid …

Batafsil

SHUKRONALIK – INSON KAMOLOTINING ASOSI

Insonning kamolga yetishida barcha ijobiy fazilatlarning oʻziga xos oʻrni bor. Ammo ular ichida shukronalikning oʻrni kattadir. Inson Alloh tomonidan mukarram qilib yaratildi, unga sanoqsiz neʼmat va tuganmas yaxshilik berildi. Bu bilan boshqa yaratilgan maxluqotlardan afzal qilindi. Shu bilan birga, Alloh bandalar shukur qilsa, ularga neʼmatlarini ziyoda qilishni vaʼda qildi, itoat …

Batafsil

MAVLONO MUHAMMAD QOZINING “SILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN” ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY GʻOYALAR

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida dunyoga mashhur allomalarimiz maʼnaviy merosini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Biz ajdodlarimizning donishmandlik anʼanalariga amal qilib, ularning gʻoyalarini teran anglagan holda islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Bu yoʻlda ular yaratgan maʼnaviy meros  biz uchun dasturulamal boʻlib xizmat qilishi shubhasizdir. Zero, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida ulugʻ alloma va …

Batafsil

“SAHIHUL BUXORIY”NING KENG TARQALISHIGA ASOS BOʻLGAN NUSXALAR

Butun islom olamida Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” asari yetib bormagan makon yoʻq. Imom Buxoriyning hadis ilmidagi buyuk maqomi nafaqat islom ummati, balki boshqa din vakillari tomonidan ham eʼtirof etilgan. Imom Buxoriydan “Sahihul Buxoriy” asarini toʻqson mingdan ziyod roviylar, muhaddislar eshitib, rivoyat qilgan. “Sahihul Buxoriy” asarining rivoyat qilinishi, saqlanishi va oʻzgarishsiz …

Batafsil

SHAMSUL AIMMA HALVONIY QALAMIGA MANSUB ASARLAR

Abdulaziz ibn Ahmad ibn Nasr ibn Solih Hanafiy Buxoriy al-Halvoniy (vaf. 448/1056-1057) ijtimoiy-siyosiy faoliyati uchun hanafiylar yetakchisi (“Rais al-hanafiya”) – «Shams al-Aimma» (“Imomlar quyoshi”) [4:318] faxriy unvoniga ega boʻlgan. Aytishlaricha, ushbu faqih koʻplab tabaqot va tarojim kitoblarida “Halvoiy” nomi bilan ham zikr qilingan, boshqalarida esa Shamsul Aimma Halvoniy deb nomlangan. …

Batafsil