Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatini har bir ishda moʻtadil boʻlgan, adolatli ummat ekanligini taʼriflab: ﴿وَكَذَلِكَ جَعَلْنَاكُمْ أُمَّةً وَسَطًا لِتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ﴾ “Shuningdek (yaʼni haq yoʻlga hidoyat qilganimiz kabi), sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh boʻlishingiz va paygʻambar sizlarning ustingizda guvoh boʻlishi uchun oʻrta (adolatli) bir millat qildik”[1] deydi. …
BatafsilBANDALARNING FEʼLLARI (Abul Barakot Nasafiyning “Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asari asosida)
Ahli sunna ulamolari aytadi: “Bandalarning feʼllari (ish-harakatlari) haqiqatan Alloh taolo yaratgan narsalardir. Sahoba va tobeinlar ham shu fikrda boʻlgan”. Bandalarning ish-harakatlari Allohning yaratgani va ularning kasbidir. Yaʼni, bandaning ish-harakatini Alloh taolo yaratadi. Banda ishni qiladi, ammo u ishni yaratish Allohdan boʻladi. Ish-harakat bandaga nisbat berilsa, “qildi” deyiladi. Alloh taologa nisbat …
BatafsilSUNNATNI INKOR ETUVCHI QURʼONIYLARNING SHARʼIY HUKMI
Hali Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak qabrlari sovumay turib, bu dinda turli-tuman firqalar paydo boʻlgani, afsuski, ayni haqiqat. Ular sovunning koʻpigi kabi bir paydo boʻlib, soʻng yoʻqolib ketgan boʻlsa-da, buzuq gʻoyalari qisman yoki toʻligʻicha saqlanib qoldi. Hatto bugungi kunda ham ularning yangidan yangilari oʻrtaga chiqib, oʻzining buzuq gʻoya va botil …
BatafsilQURʼONNI TOʻGʻRI ANGLASH UCHUN HADISGA TAYANISHDAN OʻZGA YOʻL YOʻQ
Qurʼoni karimda din ishlaridan ayrimlari ochiq-oydin bayon qilingan boʻlsa, ayrimlari Paygʻambar alayhissalomning hadislari orqali yoritib berilgan. Alloh taolo: “Sizga esa odamlarga nozil qilingan (maʼlumotlar)ni bayon (tafsir) qilib berishingiz uchun va tafakkur qilsinlar, deb bu zikrni (Qurʼonni) nozil qildik” (Nahl surasi, 44-oyat), deb taʼkidlagan. Demak, Qurʼoni karimni Alloh taolo iroda qilganidek tushunish uchun Paygʻambar alayhissalomning hadislariga murojaat qilish …
BatafsilDINDA CHUQUR KЕTISHNING JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGIGA SALBIY TAʼSIRI (4-qism)
AVVALGI DINLARDAGI GʻULUV Dinda chuqur ketish musulmonlar orasida turlicha boʻlganidek, avvalgi dinlarda ham turlicha boʻlgan va Qurʼoni karimda oʻtgan ummatlarni dinda chuqur ketib, amallarni bajarishda mubolagʻa qilishi taʼqiqlangani ochiq-oydin bayon qilingan. ﴿ قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَا تَغْلُوا فِي دِينِكُمْ غَيْرَ الْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعُوا أَهْوَاءَ قَوْمٍ قَدْ ضَلُّوا مِنْ قَبْلُ وَأَضَلُّوا …
BatafsilDINDA CHUQUR KЕTISHNING JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGIGA SALBIY TAʼSIRI (3-qism)
Gʻuluvning lugʻaviy va istilohiy maʼnolari Gʻuluv (الغُلو) soʻzi lugʻaviy jihatdan: chegaradan oshib oʻtish, biror bir ishda haddan oshmoq maʼnosini anglatadi. Qozondagi suv issiqning shiddatidan qaynab toshsa ham “غَلَا القِدرُ” deb aytiladi. Matoning narxi odatiy narxidan oshsa ham “غَلا السعر” – mato qimmat boʻldi, deyiladi[1]. Istilohiy maʼnosi: Biror narsada haddan oshib …
BatafsilU ARSH UZRA “MUSTAVIY” BOʻLMISH RAHMONDIR
Ahli sunna val jamoa ulamolari, ulugʻ tilshunoslarning ayrimlari, masalan, Subkiy, Ibn Hojib va boshqalar “(U) Arsh uzra “mustaviy” boʻlmish Rahmondir” (Toho surasi, 5-oyati)dagi “istava” lafzi “Arshni egalladi va uni oʻz oʻrnida saqladi” maʼnosida kelgan, deydi. Alloh taolo Oʻzining qudrati bilan maxluqotlarining eng kattasi boʻlmish Arshni pastga tushib ketib, Yerni bosib qolishdan himoya qilib …
BatafsilDINDA CHUQUR KЕTISHNING JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGIGA SALBIY TAʼSIRI (2-qism)
Gʻuluv – dinda chuqur ketish, amallarni bajarishda haddidan oshish, asl eʼtiqodiy manbalarni notoʻgʻri talqin etishga olib keluvchi omillardan biri boʻlib, uning oqibatida aqidaparastlik paydo boʻladi. Shuningdek, Alloh taoloning barcha ism-sifatlarining azaliy va abadiy deb eʼtiqod qilmaslik, bandalarning amallarini taqdir qilinib, bandaning oʻz amali uchun mukofotlanishi yoki jazolanishi kabi aqidaviy masalalardagi ixtiloflar …
BatafsilDINDA CHUQUR KЕTISHNING JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGIGA SALBIY TAʼSIRI
Diningizni Alloh uchun xolis qiling, shunda amallarning ozi ham jannatga kirishingizga kifoya qiladi(Imom Hokim rivoyati)[1]. Alloh taolo bandalariga kuchi yetmaydigan narsani buyurib, ularni qiynab qoʻyishni aslo xohlamaydi. Bandaning oʻzi ham kuchi yetmaydigan narsaga oʻzini majburlashi shariatimiz mezonlariga ziddir. Alloh taolo bandalariga toqati yetadigan amallarni buyurgan. Alloh taolo buyurgan hamma narsa …
BatafsilFAHSH ISHNI TARK QILGAN KISHINING FAZILATI
Hozirgi kunda dunyodagi koʻplab mamlakatlar qatori, musulmon oʻlkalarida ham fahsh ishlar kuchayib, keng yoyilib bormoqda. Uning oldini olish esa dolzarb muammo boʻlib qolmoqda. Islom dini bunday shaytoniy illatlardan qattiq qaytaradi. Alloh taolo Qurʼoni karimda: ﴿ يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا لَا تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ وَمَنْ يَتَّبِعْ خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ فَإِنَّهُ يَأْمُرُ بِالْفَحْشَاءِ …
Batafsil
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz






