Home / MAQOLA

MAQOLA

MUOZ IBN JABALNING IKKI NAMOZI

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Muoz ibn Jabal Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga namoz oʻqir edi. Soʻng qaytib kelib, qavmiga imom oʻtib berardi”. Baʼzilar “imom kichikroq namozxonada jamoat namozini oʻqib tugatsa, keyin ikkinchi jamoatga yana namoz oʻqib bersa boʻladimi?” degan savolga: “Boʻladi”, deb javob bergan va ushbu …

Batafsil

MANBALARDA “VATAN HIMOYASI – MUQADDAS BURCH” EKANI TAʼKIDLANGAN

Vatan – muqaddas makon. Uni yomon koʻzlardan asrash, tinchligi va farovonligi yoʻlida xizmat qilish har bir musulmon uchun ham farz, ham qarzdir. Muqaddas dinimiz taʼlimotida Vatan himoyasi, millat farovonligi va din ravnaqi yoʻlida jon bergan kishilarga shahidlik maqomi berilishi aytilgan. Said ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Paygʻambarimiz sollallohu alayhi …

Batafsil

QURILISHLARDA ISHTIROK ETISHNING HUKMI

Odamlarning mehnat faoliyati islom qaytargan ishlar jumlasidan boʻlmasa, halolligiga shubha yoʻq. Quruvchilar kasbi taqozosi bilan bino qurishda ishtirok etishi ham sharʼan joiz. U binodan nima maqsadda foydalanilishining ahamiyati yoʻq. Bino qurilishiga hissa qoʻshish zulm emas, balki halol mehnat bilan kun kechirishdir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kishi yegan taomining eng haloli …

Batafsil

HANAFIY MAZHABIDA VITR NAMOZINING HUKMI

Baʼzilar: “Vitr namozi farz emas, mustahab amallardandir. Hanafiy mazhabining ulamolari uni vojib degan. Lekin jumhur ulamolar uni mustahab degan. Demak, biz jumhur ulamolarga ergashmogʻimiz kerak”, degan notoʻgʻri daʼvoni qiladi. Ular oʻzlarining bu notoʻgʻri daʼvolari bilan vitr namozining vojib ekanini inkor qilmoqchi boʻladi. Vaholanki, hanafiy mazhabida vitr namozining vojibligi dalillar asosida …

Batafsil

ILM OLISH UCHUN VATANNI TARK QILISH HIJRATMI?

Ijtimoiy tarmoqda yoʻldan adashib, chet elda diniy taʼlim olayotgan ayrim kimsalar oʻzlarini hijratda sanayotganlarini va yurtga qaytib yaqinlarini isloh qilmoqchi ekanini guvohi boʻldik.  Ular haqiqatda hijratdami? Yo ilm olish uchun Vatanni tark qilish hijratmi? Qirq farzning biri boʻlgan amru maʼruf ishini hamma ham qila oladimi?  Shu haqda toʻxtalsak. Avvalo, hijratning …

Batafsil

“AL-VALO” VA “AL-BARO” TUSHUNCHALARIGA TOʻGʻRI VA NOTOʻGʻRI YONDASHUVLAR

“Valo” soʻzi zohiran va botinan doʻstlashish, yordam berish, yaxshi koʻrish, hurmat-ehtirom koʻrsatish va yaxshi koʻrganlari bilan birga boʻlishni anglatadi. Alloh taolo bunday deydi: [اللَّهُ وَلِيُّ الَّذِينَ آمَنُوا يُخْرِجُهُم مِّنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ ۖ وَالَّذِينَ كَفَرُوا أَوْلِيَاؤُهُمُ الطَّاغُوتُ يُخْرِجُونَهُم مِّنَ النُّورِ إِلَى الظُّلُمَاتِ] “Alloh iymon keltirganlarning doʻstidir. Ularni zulmatdan nurga chiqaradi. Kofirlarning …

Batafsil

AVLIYOLARGA TOSH OTISH – ALLOH URUSH EʼLON QILGAN KIMSALAR TOMONIGA OʻTISHDIR (2-qism)

Ahmad Yassaviy hazratlari (qaddasa Allohu sirrahu)ni ayblash uchun aytilgan bu soʻzlarning asossiz va islom diniga zid ekaniga yana bir dalil: Alloh taologa qurbat hosil qilish uchun masjidlarda “eʼtikof” oʻtirish Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan sunnat  boʻlib qolgan amal ekanidir. Keyinchalik jome masjidlar yonidan eʼtikof oʻtirish uchun alohida qilib chillaxonalar qurilgan. Tabiiyki …

Batafsil

AVLIYOLARGA TOSH OTISH – ALLOH URUSH EʼLON QILGAN KIMSALAR TOMONIGA OʻTISHDIR (1-qism)

Islom taʼlimotida Alloh taologa ixlos bilan ibodat qiladigan, gunohdan saqlanib, dinini, jamoatni va ilmni himoya qiladigan solih bandalariga “avliyo” deb ataladi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim kimsalar avliyolar haqida asossiz gaplar tarqatmoqda. Jumladan, Sodiq Samarqandiy: “U (Ahmad Yassaviy) gʻorga kirib ketdi deganini biz maqtov deb tushunar edik. “Besh yoshimdan belim …

Batafsil

KUN BOʻYI ISHLASH ZAMONAVIY QULLIKMI?!

Inson sabablar dunyosida yaratilgan. Shuning uchun rizqini haloldan topishi, maishiy ehtiyojlarini qondirishi uchun mehnat qilishi zarur. Bu inkor qilib boʻlmas haqiqat. Islomda ishlash faqat pul topish va oilasini boqish degani emas. Balki u ibodat darajasidagi amaldir. Islomda ibodat tushunchasi keng boʻlib, u barcha farz amallarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, oilasi …

Batafsil

IKKI KALLA BIR QOZONDA QAYNAMAYDIMI!?

Hozirgi globallashuv jarayonida tinchlik dini – islomni insonlarga notoʻgʻri talqin qilayotgan guruhlar unga tuhmat toshlari otilishiga sababchi boʻlmoqda. Din niqobi ostida faoliyat yuritayotgan oqimlar, partiya va tashkilotlar muqaddas dinimiz va milliy qadriyatlarimizga katta zarar keltirmoqda. Shu va boshqa koʻplab omillar islom haqida qoʻporuvchilik bilan bogʻliq notoʻgʻri tushunchalarni shakllantirdi. Baʼzi guruhlar …

Batafsil