Ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-martdagi PQ-2855-son Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-olimlar, ilmiy xodimlar malakasini oshirish, xorijiy ilgʻor tajribani oʻrganish va ilmiy tadqiqot jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi.
Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Markaz Nizomga amal qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iktisodiy aloqalar, investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va boshqa vazirliklar xamda davlat qoʻmitalar nazoratidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy aloqalarga doir qabul qilingan hujjatlar ijrosini taʼminlaydi.
Ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimining vazifalari:
Vazirlar mahkamasining tegishli hujjatlarida belgilangan va boshqa tashkilotlar tavsiyalarida aks etgan hamda chet el safarlariga yuboriladigan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining vakillari hujjatlarini koʻrib chiqadi va muvofiqlashtiradi.
Donor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining texnik yordam dasturlari doirasida Markazda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini olib boradi va har chorakda tegishli yuqori tashkilotlarga hisobot kiritadi.
Markazning professor va olimlari hamda ilmiy xodimlari, chet ellik stipendiantlar uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni Markazning boshqa boʻlimlari bilan birgalikda tashkil qiladi.
Markazning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini tayyorlaydi va koʻrib chiqadi, tahlil qiladi va tavsiyalar beradi. Zarurat boʻlganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishadi.
Oʻzbekistonning chet mamlakatlardagi elchixonalari hamda Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy elchixonalar va xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar, milliy madaniyat markazlari, vakilliklar, diniy konfessiyalar bilan hamkorlikda, markaz faoliyat doirasining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar, ilmiy seminarlar va boshqa ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazishga koʻmaklashadi.
Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka oʻtash, malaka oshirish, oʻquv kurslarda qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun eʼlon qilinadigan grantlar tanlovini Markaz professor va olimlari, ilmiy xodimlari, magistrant va stajyor-tadqiqotchi izlanuvchilariga tavsiya etadi.
Xalqaro miqyosda oʻtkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida maʼlumotlar toʻplaydi va Markaz boʻlimlariga bildiradi.
Markazda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, sempoziumlar, ilmiy seminarlar va boshqa ilmiy-amaliy anjumanlar haqida xorijiy tillarda Markaz veb saytiga maʼlumotlar berib boradi.
Markazga kelib tushgan chet tillardagi xat va maʼlumotlarni tarjima qiladi;
Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
Boʻlim nomidan boʻlim boshligʻi:
- Boʻlimga yuklatilgan vazifalar doirasida Markaz nomidan ish yuritadi va muzokaralar olib boradi;
- Topshirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Markazning boshqa boʻlimlari bilan muntazam va teng huquqli hamkorlik qiladi;
- Boʻlim xodimlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning mehnat qilishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, boʻlim xodimlarini ragʻbatlantirish va maʼmuriy jazo boʻyicha chora koʻrish yuzasidan takliflar kiritadi;
- Markaz direktorining topshiriqlarini oʻz vakolat doirasida vaqtida bajaradi;
- Qonun hujjatlariga hamda Markaz Nizomi asosida ish yuritish, boʻlimga yuklangan vazifalar va masalalarni ijro etadi;
- Boʻlim xodimlarining masʼuliyat darajasini lavozimlar yoʻriqnomasida belgilaydi;
Boʻlim boshligʻi boʻlim umumiy faoliyati ustidan nazoratni olib boradi va boʻlimga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.
Amonov Barot Murodovich
Tugʻilgan yili: 11.12.1983
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan bilim yurti: Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti
Lavozimi: Ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi boshligʻi
E-mail: barotamonov@gmail.ru
Tel.: +99866 240 2018/ Mob.: +99899 528 65 63
Xasanova Kamola Mamir qizi
Tugʻilgan yili: 19.06.1993
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan bilim yurti: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Lavozimi: Ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi xodimi
E-mail: kamola.khasanova93@gmail.com
Tel.: +99866 240 2018
Baymatov Yorqin Bozorboyevich
Tugʻilgan yili: 09.10.1986
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan bilim yurti: Samarqand davlat universiteti
Lavozimi: Ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi xodimi
E-mail: sam_org1@mail.ru
Tel.: +99866 240 20 18/ Mob.: +99899 599 03 86