Home / NASHRLAR BOʻLIMI

NASHRLAR BOʻLIMI

IBXITM Nashrlar boʻlimi asosan Markaz ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlangan kitob, risola, jurnal va noshirlik mahsulotlarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etilgan.

Boʻlimda uch kishi faoliyat olib boradi. Jumladan:

  1. Boʻlim boshligʻi – muharrir;
  2. Texnik muharrir;
  3. Sahifalovchi-dizayner.

Nashriyotning asosiy maqsadlari:

– xalqimizning boy tarixi va madaniy merosini keng jamoatchilikka yetkazish;

– milliy qadriyatlarimiz va ulugʻ mutafakkirlarimiz merosidan butun xalqimiz, jumladan, yoshlarimizning ham bahramand boʻlishiga, islom dinining insonparvarlik gʻoyalarining yosh avlod qalbidan joy olishiga koʻmaklashish;

– Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha islom tashkiloti (ISESSO) va mazkur sohada xorijiy davlatlarda tashkil etilgan markazlar bilan islom tarixi, falsafasi, huquqi, manbashunosligi va madaniyati yuzasidan ilmiy loyihalar, xalqaro hamkorlikdagi tadqiqotlarni amalga oshirish va uning natijalarini nashr etish.

Nashrlar boʻlimi oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga erishish va ularni zamon talabiga muvofiq ravishda shakllantirib borish uchun quyidagi vazifalarni bajaradi:

– oʻz nizomiga mos, turli mavzulardagi ilova nashrlarga asos soladi, jurnal ilovalari, kitob, plakat va noshirlik mahsulotlarini tayyorlaydi;

– nashriyot va tahririyatlar bilan hamkorlikda kitob, gazeta va jurnal nashr ishlarida qatnashadi;

– kitoblar taqdimoti, tanlovlar, koʻriklar, anjumanlar, koʻrgazmalar tashkil etadi va oʻtkazadi;

– dizayn ishlarini amalga oshiradi.

Nashrlar boʻlimi oʻtgan 2017-2018-yillar davomida 50 ga yaqin nomdagi turli xil diniy-maʼrifiy, tarixiy, maʼnaviy-maʼrifiy mavzulardagi kitob, risola va plakatlar nashrini amalga oshirdi. Shundan 20 tasi Markaz ilmiy xodimlari tomonidan nashrga tayyorlangan ilmiy risolalardir. Jumladan:

  1. Abdulloh ibn Muborak. Musnad.Tarjimon Olimxon Yusupov.
  2. Abu Bakr Roziy. Tuhfatul muluk.Tarjimon Halim Muhiddinov.
  3. Doktor Imoduddin Xiytiy. ISHIDning botil gʻoyalari va ularga raddiyalar.Tarjimon va izohlar muallifi Alouddin Hofiy.
  4. Jaloliddin Suyutiy. LubobulTarjimon Olimxon Yusupov.
  5. Yoʻldoshxon Isayev. Ishtixoniy
  6. Qodirxon Mahmudov. Talabalar istagi.
  7. Imom Buxoriy majmuasi kitob-albomi. Loyiha rahbari – Shovosil
  8. Imom Buxoriy taʼrifi. Loyiha rahbari – Shovosil
  9. Imom Buxoriy xalqaro markazi Qoʻlyozmalar katalogi. Loyiha rahbari – Shovosil
  10. Odoblar xazinasi. Loyiha rahbari – Shovosil
  11. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlari ensiklopediyasi. Loyiha rahbari – Shovosil
  12. Olimxon Isaxon oʻgʻli. Mabrur haj mukofoti – faqat jannatdur.
  13. Otabek Muhammadiyev, Olim Djurayev. Imom Buxoriy muhaddislar sultoni.
  14. Otabek Muhammadiyev. Alouddin Usmandiy Samarqandiy hayoti va ilmiy merosi.
  15. Tohir Evadullayev. Ibrohim Saffor Buxoriy hayoti va ilmiy merosi.
  16. Hasan Rasulov. Imom Buxoriy hayoti.
  17. Shovosil Ziyodov, Qodirxon Mahmudov. Samarqandlik allomalar.
  18. ShukurilloOʻrta asrlarda yashagan keshlik allomalar.
  19. Yusupov Olimxon. Odoblar durdonasi.
  20. Olimxon Isaxon oʻgʻli. Haqiqat niqobidagi yolgʻon.

Markaz Nashriyoti tomonidan har chorakda “Imom Buxoriy saboqlari” nomli jurnal nashrdan chiqariladi.

“Imom Buxoriy saboqlari” jurnali

“Imom Buxoriy saboqlari” jurnali maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy jurnal boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining qarori bilan Respublika ilmiy jurnallari roʻyxatiga kiritilgan. Jurnal keng jamoatchilik, diniy xodimlar, maktab, litsey va kollejlarning oʻquvchilari va oʻqituvchilari, oliy oʻquv yurtlarining talabalari hamda professor-oʻqituvchilari, qolaversa, vatanimiz tarixi, buguni va kelajagini oʻrganuvchi tadqiqotchilarga moʻljallangan.

Jurnal xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni asrlar osha bizgacha yetib kelgan bebaho merosdan bahra olib, maʼnaviy barkamollik kasb etishlari, shu tariqa, oʻzligini teran anglab, ajdodlarga munosib voris va kelajakning haqiqiy egalari boʻlib yetishishlariga xizmat qiladi. Gʻarazli mafkuraviy xurujlar avj olayotgan hozirgi davrda jurnal bunday gʻoyalarga qarshi mustahkam immunitetning shakllanishiga yordam beradi.

Boʻlimda 4 kishi faoliyat olib boradi.

Boboyev Anvar Mashrabovich
Tugʻilgan vaqti: 22.12.1972

Maʼlumoti: Oliy
Tugallagan bilim yurti: 1996-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan
Lavozimi: IBXITM Nashrlar boʻlimi boshligʻi.
E-mail: adjuba_uz@mail.ru
Tel.: +99866 240 2019 / Mob.: + 99899 037 63 52

Djumanov Sanjarbek Abdurazakovich
tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
Tugʻilgan yili: 18.02.1983
Maʼlumoti: Oliy
Tugallagan bilim yurtlari:
1999-2003-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti bakalavr bosqichi
2012-2014-yillarda Samarqand davlat universitetida magistratura bosqichi
2016-2019-yillarda Samarqand davlat universiteti, tarix fakulteti Oʻzbekiston tarixi kafedrasida tayanch doktorantura bosqichini tamomlagan.
Lavozimi: Nashrlar boʻlimi ilmiy xodimi.
E-mail: sanjar.djumanov@bk.ru
Tel.: +99866 240-20-19 / Mob.: +998 99 735 02 85
 
Mustafoyev Asliddin Muhammadiyevich
Tugʻilgan yili: 29.08.1980
Maʼlumoti: Oliy
Tugallagan bilim yurti:
2005-2009-yilda SamDU filologiya fakulteti
Lavozimi: IBXITM nashrlar boʻlimi kichik ilmiy xodimi
E-mail: asliddin29@mail.ru
Tel.: +99866 240-20-19 / Mob.: +998 97 917 08 66
 
Shukurov Muhammadiqbol Ismoilzoda
Tugʻilgan yili: 22.08.1994
Maʼlumoti: Oliy
Tugallagan bilim yurti:
2019-2023-yilda Tojikiston davlat tasviriy sanʼat va dizayn institutining Veb-dizayn va kompyuter grafikasi yoʻnalishi
Lavozimi: IBXITM nashrlar boʻlimi boʻlimi kichik ilmiy xodimi / dizayner
Tel.: +99866 240-20-19 / Mob.: +998 99 455-33-42