Home / QOʻLYOZMALAR BILAN ISHLASH VA MUZEY BOʻLIMI

QOʻLYOZMALAR BILAN ISHLASH VA MUZEY BOʻLIMI

Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimi faoliyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-martdagi PQ-2855-son qarori va ushbu qarorni ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 483-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi nizomida belgilangan vazifalarni amalga oshiradi.

Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Markaz  Nizomga amal qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vazirliklar hamda davlat qoʻmitalar nazoratidagi noyob qoʻlyozma asarlarni aniqlash, jamlash, asrab avaylash, kataloglashtirish va kelajak avlodga yetkazishga doir qabul qilingan hujjatlar ijrosini taʼminlaydi.

Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimining vazifalari:

Jismoniy va yuridik shaxslarda saqlanayotgan islom diniga oid qadimiy, noyob qoʻlyozma asarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan Markaz bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan nizomga asosan xarid qilish;

Jismoniy va yuridik shaxslardan xarid qilib olingan yoki ehson sifatida qabul qilingan noyob qoʻlyozma asarlarni rasmiy hujjatlar asosida qabul qilish va ularning katologini tashkil etish;

Markaz fondida saqlanayotgan nodir qoʻlyozma asarlarni kelajak avlodga butun holida yetkazish maqsadida taʼmir talab boʻlganlarini taʼmirlash va hashoratlardan himoyalash, chirishni oldini olish maqsadida ishlovlar berish;

Xorijiy mamlakatlarning qoʻlyozma fondlarida saqlanayotgan ajdodlarimiz qalamiga mansub asarlarning foto, elektron va boshqa nusxalarini olish boʻyicha ular bilan hamkorlik qilish;

Mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan buyuk allomalarimizning ilmiy merosiga oid hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan qoʻlyozma, toshbosma asarlarni aniqlash va ularning elektron nusxalarini toʻplash hamda markazda elektron bazasini shakllantirish;

Islom dinining ilmiy tarixiy-madaniy va maʼnaviy-maʼrifiy merosini keng oʻrganish maqsadida qoʻlyozmalar va arxiv fondlarida saqlanayotgan nodir manbalarni aniqlash, chuqur oʻrganish, ularning kataloglarini tayyorlash va ularni mavzularga ajratgan holda tarjima va tadqiq qilishlari uchun tadqiqotchilarga taqdim qilish hamda ommaviy axborot vositalarida, xususan internetda eʼlon qilish;

Boʻlimning huquqlari va javobgarligi

Boʻlim nomidan boʻlim boshligʻi:

  • Qonun hujjatlari hamda Markaz Nizomi asosida ish yuritadi hamda boʻlimga yuklatilgan vazifalar va masalalarni ijro etadi;
  • Boʻlimga yuklatilgan vazifalar doirasida Markaz nomidan vakillikni taʼminlaydi va muzokaralar olib boradi;
  • Topshirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Markazning boshqa boʻlimlari bilan muntazam va teng huquqli hamkorlik qiladi;
  • Boʻlim xodimlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning mehnat qilishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, boʻlim xodimlarini ragʻbatlantirish va maʼmuriy jazo boʻyicha chora koʻrish yuzasidan takliflar kiritadi;
  • Markaz direktorining topshiriqlarini vaqtida, oʻz vakolat doirasida bajaradi;
  • Boʻlim xodimlarining masʼuliyat darajasini lavozimlar yoʻriqnomasida belgilaydi;

Boʻlimning umumiy faoliyati ustidan nazoratni olib boradi va boʻlimga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.

 

Isayev Yoʻldoshxon Musaxonovich

Tugʻilgan yili: 08.08.1970

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti: TII

Lavozimi: IBXITM Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimi ilmiy xodimi

E-mail: Yuldoshxon70@mail.ru

Tel: +998 66 240 20 32; Mob. + 998 93 727 77 73

 

Qushshaqov Ixtiyor Isroilovich

Tugʻilgan yili: 14.04.1984

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti: TDSHI

Lavozimi: IBXITM Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimi xodimi

E-mail: kushshakov84@mail.ru

Tel: + 998 93 728 93 35

 

Mamadaliyev Abdulbosit Saydazimovich

Tugʻilgan yili: 05.02.1982

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

Lavozimi: IBXITM Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimi xodimi

E-mail: abdu5007@hotmail.com

Tel: +998 66 240 20 32; Mob. + 998 99 020 24 44

 

Ergashev Suxrob Muxiddinovich

Tugʻilgan yili: 17.04.1979

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti: SamDU

Lavozimi: IBXITM Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimi xodimi

E-mail: suxrob-e@mail.ru

Tel: + 998 93 358 87 99

 

Ibotov Baxtiyor Solixonovich

Tugʻilgan yili: 10.11.1986

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti: Oʻz DJTU

Lavozimi: IBXITM Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimi xodimi

E-mail: Abuabdulazizxon@mail.ru

Tel: + 998 93 332 10 86