Home / DINIY-MAʼRIFIY TADBIRLAR BOʻLIMI

DINIY-MAʼRIFIY TADBIRLAR BOʻLIMI

BOʻLIM FAOLIYATI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-martdagi PQ-2855-son Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-olimlar, ilmiy xodimlar malakasini oshirish, Respublikamizda diniy-maʼrifiy sohaga oid qarorlar va farmoyishlarni chuqur anglab, ilmiy tadqiqot jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi.

Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Markaz  Nizomiga amal qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iktisodiy aloqalar, investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va boshqa vazirliklar xamda davlat qoʻmitalar nazoratidagi Oʻzbekiston Respublikasining Diniy-maʼrifiy sohaga oid qabul qilingan hujjatlar ijrosini taʼminlaydi.

Diniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlimining vazifalari:

  1. 2019 – yilda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini OAVda muntazam yoritib borish:

Oʻzbekiston va xorijiy telekanallar, gazeta-jurnallar va boshqa turdagi ommaviy axborot vositalari orqali markaz faoliyati, maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida maʼlumotlar berib boriladi;

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga oid yangiliklar, mahalliy va xorijiy tashriflar, uchrashuvlar va boshqa maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtganligi toʻgʻrisida markaz saytiga maʼlumotlar, foto lavha va video roliklar ham kiritib boriladi.

  1. Allomalar ilmiy va diniy merosini oʻrganish va tadqiqot ishlari olib borish:

Yurtimizdan yetishib chiqqan muhaddis, mutakallim, mufassir va fiqh ilmlari, shuningdek diniy va dunyoviy bilimlar rivojiga hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimiz hayoti va ilmiy merosi oʻrganiladi va keng omma eʼtiboriga havola qilinadi;

Buyuk ajdodlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy va boshqa allomalarimiz hayoti va ilmiy merosi haqida yurtimiz va xorijiy ilmiy nashrlarda maqolalar berib boriladi, konferensiya va seminarlarda buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosiga oid maʼruzalar bilan ishtirok etiladi;

Alloma va buyuk mutafakkirlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan qoʻlyozma va toshbosma asarlar ustida ilmiy izlanishlar olib boriladi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, ularning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilinadi.

  1. “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida islom diniga nisbatan sodir etilayotgan asossiz xurujlarni oldini olish:

Diniy aqidaparastlik, mutaassiblik, ekstremizm, missionerlik, soxta tariqatlar va jamoalarning maqsadlari, gʻoyaviy-aqidaviy negizlari, zamonaviy koʻrinishlari va faoliyat usullari oʻrganiladi va ularga qarshi kurashning ilmiy-maʼrifiy asoslari ishlab chiqilib, amaliyotda tatbiq etiladi;

Fuqarolarning diniy sohadagi qiziqtirayotgan savollariga sof islom taʼlimoti asosida zarur tushunchalar berish maqsadida MFY, masjidlar va taʼlim muassasalarida davra suhbatlari olib boriladi;

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida yoshlarda aqidaparast va ekstremistik gʻoyalarga nisbatan immunitet shakllantirish va ijtimoiy illatlardan asrashga qaratilgan “Ekstremizm”, “Terrorizm”, “Jihod”, “Takfir” va “Hijrat” kabi tushunchalarning asl tarixi va bugungi kunda yoshlar tarbiyasiga koʻrsatayotgan salbiy jihatlarini yoritib berish hamda yoshlar ongini ulardan asrash maqsadida maʼruzalar oʻtkaziladi;

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Markaz ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda din ulamolari ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbatlari va turkum koʻrsatuvlar tashkil etiladi;

  1. Oliy taʼlim muassasalarida talaba yoshlarga islom dini maʼrifatini keng targʻib etish, allomalar hayoti va ilmiy merosi asosida madaniy- maʼrifiy tadbirlar tashkil etish:

Yurtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida Imom Buxoriy, Imom Termiziy va boshqa alloma va mutafakkirlar hayoti va ilmiy merosini targʻib etish boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi;

Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosining bugungi kun yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati. Imom Buxoriy asarlarida ilm va odob-ahloq masalalariga bagʻishlangan hadislar mavzularida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar olib boriladi;

OTM larida yoshlar bilan “Oʻzbekiston – buyuk allomalar yurti” mavzusida davra suhbati oʻtkaziladi;

IBXITM xodimlari tomonidan tayyorlab nashr etilgan kitoblarning bugungi kunda diniy – maʼrifiy sohada tutgan oʻrni mavzusida ilmiy-amaliy seminar va koʻrgazmalar tashkil etiladi;

“Viloyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash” mavzusida Respublikamizning barcha OTM larida davra suhbatlari oʻtkaziladi;

Boʻlimning huquqlari va javobgarligi

Boʻlim nomidan boʻlim boshligʻi:

  • Boʻlimga yuklatilgan vazifalar doirasida Markaz nomidan vakillikni taʼminlaydi va muzokaralar olib boradi;
  • Topshirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Markazning boshqa boʻlimlari bilan muntazam va teng huquqli hamkorlik qiladi;
  • Boʻlim ilmiy xodimlarini oʻz vazifasiga boʻlgan munosabatini shakllantirish, ularning mehnat qilishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, boʻlim xodimlarini ragʻbatlantirish va maʼmuriy jazo boʻyicha chora koʻrish yuzasidan takliflar kiritadi;
  • Markaz direktorining topshiriqlarini oʻz vakolat doirasida vaqtida bajaradi;
  • Qonun hujjatlariga hamda Markaz Nizomi asosida ish yuritish, boʻlimga yuklangan vazifalar va masalalarni ijro etadi;
  • Boʻlim ilmiy xodimlarining masʼuliyat darajasini lavozimlar yoʻriqnomasida belgilaydi;

Boʻlim boshligʻi boʻlim umumiy faoliyati ustidan nazoratni olib boradi va boʻlimga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.

 

Umarov Shukurillo Xursanmurodovich

Tugʻilgan yili: 18.03.1971

Maʼlumoti: Oliy, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Qurʼonshunoslik, hadisshunoslik ixtisosligi.

Himoya qilgan tashkilot: Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

Lavozimi: IBXITM Diniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlimi boshligʻi

E-mail: abutolib71@mail.ru

Tel: +998 66 240 20 34; Mob. + 998 94 180 11 91.

 

Turayev Baxtiyor Omanovich

Tugʻilgan yili: 12.03.1950

Maʼlumoti: Oliy.

Tugallagan bilim yurti:. Toshkent davlat universiteti

Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi: Falsafa oʻqituvchisi, faylasuf

Ilmiy unvoni: Professor

Lavozimi: Diniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlimi xodimi

E-mail: turaev2020@bukhari.uz

Tel: Tel:(+99894) 403-11-04.

 

Jumayev Jonibek Shodiyevich

Tugʻilgan yili: 20.04.1985

Maʼlumoti: Oliy.

Tugallagan oʻquv yurti: SamDU (Tarix fakulteti)

Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi: Tarixchi

Lavozimi: Diniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlimi boshligʻi

E-mail:  jumayevjonibek85@gmail.com

Telefon: +99866 240 20 34; (+99897) 917-85-00

 

Mahmudov Bayozxon Zarifovich

Tugʻilgan yili: 07.08.1988

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti: Moskva Islom Instituti(Teologiya fakulteti), MGLU(Siyosatshunoslik fakulteti), Bulgʻor Islom Akademiyasi(Teologiya fakulteti magistratura).

Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi: Ilohiyotchi(Teolog).

Lavozimi: IBXITM Diniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlimi ilmiy xodimi

E-mail: bay88_88@mail.ru

Tel: +998 66 240 20 34; Mob. + 998 99 591 44 57