Home / JURNAL

JURNAL

“Imom Buxoriy saboqlari” jurnali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi tomonidan 2019 yil 8 aprelda №0057 sonli guvohnoma bilan roʻyxatga olingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi rayosatining 2013 yil 30 dekabrdagi 201/3-sonli qarori bilan Respublika ilmiy jurnallari roʻyxatiga kiritilgan.

Obuna indeksi: 946, 947

Jurnalning 2023 yil uchun obuna narxi: 280 000 soʻm

Jurnalga obuna boʻlish istagida boʻlganlar quyidagi hisob raqamiga pul koʻchirishingizni soʻraymiz:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Gʻaznachiligi H/r: 23402000300100001010
INN: 201122919. MFO: 00014.
Markaziy bankning Toshkent sh. XXKM
SHXV: 400110860182247015100253001
INN: 207265166


Imom Buxoriy saboqlari jurnali 2022-yil 1-son

 

Imom Buxoriy saboqlari jurnali 2022-yil 2-son

 

 

 



 

“IMOM BUXORIY SABOQLARI” JURNALIDA MAQOLA EʼLON QILISH UCHUN QOʻYILADIGAN TALABLAR:

“Imom Buxoriy saboqlari” ilmiy jurnali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2013 yil 30-dekabrdagi Qarori bilan  dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatiga  kiritilgan.

Ushbu jurnalga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qoʻyiladigan asosiy talablar jahon andozalari hamda Oʻzbekistonda amalga joriy qilingan PhD tadqiqotlari tizimidagi andozalardan kelib chiqadi.

  1. Muallif (yoki mualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “Imom Buxoriy saboqlari” jurnalining ruknlariga mos kelishi lozim.
  2. Maqola xalqaro andozalar talabi doirasidagi quyidagi bandlarga ega boʻlishi lozim:

– Maqola mavzusi (Title)

Maqola mavzusi imkon qadar qisqa va loʻnda koʻrinishda shakllantirilgan boʻlib, maqolaning tadqiqot yoʻnalishini aniq ifoda etishi lozim. U oʻzbek, rus hamda ingliz yoki maqola yozilgan tilda taqdim etilishi kerak.

– Maqola muallifi toʻgʻrisida maʼlumot (Author information)

Ushbu qismda muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili  va muloqot telefonlari kiritiladi.

– Maqola annotatsiyaci (Abstract)

Maqolalarning qisqacha annotatsiyasi 3-5 qatordan oshmagan holda oʻzbek, rus, ingliz yoki maqola yozilgan tillarda beriladi. Unda tadqiqot muammosi, dolzarbligi va uning natijalari qisqacha bayon qilinadi.

– Kalit soʻzlar (Key words)

Tayanch soʻzlar maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit soʻzlar hisoblanadi. Kalit soʻzlarning har biri asosiy matn tarkibida oʻrtacha 6-8 marta takrorlanishi tavsiya etiladi.

– Kirish (Introduction)

Kirish qismida asosan tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari yoritiladi. Mazkur qism tadqiqot mavzusining tanlanish asosi, uning dolzarbligi va ilmiy ahamiyatini tushuntirib beradi (ushbu qismda Prezident asarlari va maʼruzalariga murojaat qilinishi tavsiya etiladi).

– Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan muallifning bilim va tasavvurlarga ega ekanini namoyon etuvchi qism hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili mavjud intellektual hudud doirasini baholash va shu asosda maʼlum xarita yaratishni anglatadi. Adabiyotlarning tanqidiy tahlilidagi urinishlar ushbu mavzu doirasidagi bilimlarni kuchaytiradi va tadqiqot savollarini yanada oydinlashtirishga yordam beradi. Oʻz mazmuniga koʻra har qanday tadqiqot ayni shu sohada yaratilgan avvalgi bilimlar negiziga quriladi. Adabiyotlar boʻyicha tahlil asosan sohadagi eng yangi jurnal maqolalari va boshqa turdagi maʼlumot manbalari asosida amalga oshadi (mavzuga oid maqolalarni kalit soʻzlar yordamida www.scholar.google.com qidiruv tizimidan topish mumkin).

– Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)

Tadqiqot metodologiyasi tadqiqotning eng muhim qismlaridan biri boʻlib, u oʻtkazilayotgan tadqiqotning umumiy xaritasi, tadqiqot yoʻli va manzilga (natijaga) olib boruvchi xaritaviy chizgilari hisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi tadqiqot falsafasi va yoʻnalishini (deduksion yoki induksion) belgilash, tadqiqot dizayni, yaʼni tadqiqot muammosining yechimiga olib boruvchi bosh rejasini tuzish, tadqiqot uchun zarur axborotni olish yoʻllari va tadqiqot etikasini belgilash, tadqiqot obyektining tanlovi (sampling), birlamchi yoki ikkilamchi maʼlumot manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlar, tadqiqot strategiyasini (kuzatish, eksperiment, keys-ctadi, savolnoma, etnografik, arxiv tadqiqot va h.k.) aniqlash boʻyicha ratsional qaror qabul qilish asosida qoʻyilgan muammoning aniq yechimiga olib chiquvchi yoʻlni belgilashni anglatadi. Metodologiya qismining mukammalligi tadqiqot uchun belgilangan yoʻlning ishonchliligi (reliability) va aniqliligini (validity) asoslash orqali namoyon boʻladi.

– Tahlil va natijalar (Analysis and results)

Tadqiqotning tahlil qismi tadqiqot metodologiyasida avvaldan belgilab olingan tahlil usullari orqali yigʻilgan maʼlumotlarning tahlilini amalga oshiradi. Bunda faqatgina tahlil usulining natijalari ifoda etiladi; topilgan natijalar boʻyicha muhokama maqolaning keyingi qismining vazifasi hisoblanadi.

– Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)

Tadqiqotning maqsad, vazifalarining anglashilganligi hamda tadqiqot savollarining oʻz javobini topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotning umumiy jarayoniga umumiy xulosalar, shu bilan birga, takliflar va ayni tadqiqotdan kelib chiqqan holda kelajak tadqiqot ishi yoʻnalishlari maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etishi lozim.

– Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati (References)

Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan adabiyotlar iqtibos shaklida har bir sahifaning pastki qismiga qoʻyiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:

  • Muallif(lar) ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari;
  • Muallif(lar) ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari.
  1. Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kirill yoki lotin alfavitida boʻlib, qatorlar oraliqlari masofasi 1.5 intervalda boʻlishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (oʻng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning maksimal hajmi 10 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 7 betdan kam boʻlmasligi hamda foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 10-15 manbadan iborat boʻlishi tavsiya etiladi.
  2. Maqolada jadval, chizma yoki mavzuga oid rasmlar boʻlsa, jadval nomlari uning yuqori qismida, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda ularning manbasi aniq koʻrsatilishi lozim. Maqolada jadval, chizma yoki mavzuga oid rasmlarning berilishi maqola sifatini oshiruvchi manba boʻlib xizmat qiladi.
  3. Maqolalar oʻzbek, rus, ingliz, arab, turk tillarida taqdim etilishi mumkin.
  4. Oʻzbek tili (kirill alifbosi)dagi oʻ, gʻ, q, h kabi harflar ilmiy maqola matnida gaplar tarkibida toʻliq yozilishi shart. Aks holda ilmiy maqola tahririyat tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
  5. Yuborilgan maqolalarning barchasi “Antiplagiat” tizimida tekshiriladi.

Jurnalga maqolalar (hikoyalar, sheʼrlar va boshqalar) quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qabul qilinadi:

1) Imom Buxoriy va yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning hayoti va merosi;

2) dinshunoslik;

3) islomshunoslik;

4) manbashunoslik;

5) ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy meros;

6) Vatanimiz tarixi;

7) barhayot siymolar, xotira;

8) falsafiy mushohadalar (ontologiya; gnoseologiya; mantiq; ijtimoiy falsafa; falsafa tarixi; ong, amaliyot va madaniyat shakllari falsafasi);

9) sotsiologiya;

10) huquqshunoslik;

11) siyosatshunoslik;

12) etnologiya;

13) maʼnaviyat muammolari;

14) madaniyat, madaniyatshunoslik va madaniyat tarixi;

15) adabiyot va filologiya.

Jurnalga taqdim qilinayotgan material ushbu yoʻnalish bilan cheklanib qolmay, diniy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va adabiy merosimizning bugungi hayotimizda, faoliyatimizda, dunyoqarashimizda, eʼtiqodimizda, qadriyatlarimizda, jamiyatimizda egallagan oʻrni va ahamiyatini koʻrsatishga qaratilgan boʻlishi kerak.

Maqolani taqdim etish shakli:

Materiallarni oʻzbek (kirill yoki lotin alfavitida) tilida quyida koʻrsatilgan elektron adreslarda qabul qilinadi. Fayl nomi sifatida birinchi muallif familiyasining lotincha shakli tanlanadi. Sarlavha qoraytirilgan shriftda, qatorning oʻrtasiga avtomatik tarzda joylashtiriladi. Keyingi qatorlarda matn oʻng tomondan:

Muallifning ismi, familiyasi va otasining ismi, keyingi qatorga ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, undan keyingi qatorga ish joyi va lavozimi yoziladi. Agar mualliflar bir nechta boʻlsa, keyingi mualliflar haqidagi maʼlumotlar xuddi birinchi muallif haqida berilgan maʼlumot kabi keyingi katordan beriladi. Muallif(lar) haqidagi maʼlumotdan soʻng annotatsiya va tayanch soʻzlar oʻzbek, rus va ingliz yoki maqola yozilgan tillarda keltiriladi.

Ushbu fayl tarkibida maqolaga tegishli fan sohasida fan doktori yoki fan nomzodi ilmiy darajasiga ega mutaxassis taqrizining skanerlangan kopiyasi keltiriladi.

E-mail: buxoriysaboqlari@bukhari.uz

Tel: (66) 240-20-19, Telegram: +99899 735-02-85

Maqolani elektron pochta bilan birga quyidagi pochta adresi boʻyicha ham joʻnatish mumkin. Bunda matn, muallif(lar) haqidagi maʼlumotnoma hamda mutaxassis taqrizi (printerdan chiqarilgan va tegishli tarzda tasdiqlangan) ning asl nusxasi boʻlishi talab etiladi.

Tahririyat manzili: 141306, Samarqand viloyati, Payariq tumani, Xoʻja Ismoil shaharchasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.

Maqolalar yuksak ilmiy saviyada, til qoidalariga rioya qilingan holda yozilishi va shakl jihatdan yuqorida koʻrsatilgan talablarga mos boʻlishi lozim, aks holda maqola nashrga qabul qilinmaydi.

TAHRIRIYAT

Anketa

1

Familiya, ism va sharifi

 

2

Mavzuning toʻliq nomi

 

3

Ilmiy darajasi

 

4

Ish/oʻqish joyi, lavozimi

 

5

Muallifning yashash manzili

 

6

Telefon raqami

 

7

Email pochta

 

8

Muallifning oʻtgan sonlarda eʼlon qilingan maqolasi

(masalan: 2020, 4-son)