
1421. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Uchta masjid – Kaʼba, mening masjidim va Masjidul Aqsodan boshqa joyga (muqaddas joy deb, ziyorat qilish uchun) safarga chiqilmaydi”, dedilar”.
Izoh: Demak, ziyoratdan savob umid qilib, alohida niyat bilan hozirlik koʻrib safar qilish mumkin boʻlgan masjidlar uchta ekan: Makka shahridagi Kaʼba – Masjidul Harom, Madinadagi Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidlari va Quddusdagi Masjidul Aqso.
Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz






