Home / YANGI NASHRLAR / Muhim mavzularda risolalar bosmadan chiqdi

Muhim mavzularda risolalar bosmadan chiqdi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan jamiyatimiz uchun dolzarb boʻlgan qator mavzularni qamrab olgan yangi risola va bukletlar nashr etildi. Islom dinining asl mohiyatini ochib beradigan, milliy qadriyatlarimiz nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu nashrlar keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.

Samarqand viloyati hokimligi koʻmagida chop etilgan risolalarning har birida muhim diniy, maʼnaviy va ijtimoiy masalalar sodda, ravon va tushunarli uslubda yoritilgan.

Markaz mazkur nashrlar orqali xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashi va axloqiy qarashlarini yuksaltirib, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat-eʼtiborini yanada mustahkamlash va jamiyatda tinchlik, osoyishtalik va oʻzaro hamjihatlikni keng targʻib etishni maqsad qilgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Imom Buxoriy va musulmon olamining ilmiy merosi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Indoneziyaning Sharif Hidoyatulloh davlat islom universiteti va Qurʼon ilmlari …