Home / FOTO LAVHALAR / Ilmiy izlanishlar yoʻlida

Ilmiy izlanishlar yoʻlida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi ayni paytda Samarqand shahridagi Imom Moturidiy majmuasi hududida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarda faol qatnashmoqda.

Chokardiza qabristoni hududida oʻtkazilayotgan tadqiqotlar davomida koʻplab qabrlar aniqlanib, yangi topilmalar turli davrlardagi urf-odatlar, meʼmorlik anʼanalari va maʼnaviy muhitga oid yangi maʼlumotlarni bermoqda. Zamonaviy ilmiy usullar orqali qabrlarning koʻhnaligi aniqlanmoqda, tariximiz sahifalaridagi koʻpgina noyob jihatlar ochilmoqda.

Markaz jamoasining mazkur jarayonlarda ishtiroki uning faoliyati mamlakatimizda islom ilmiy merosini chuqur oʻrganish va uni xalqaro miqyosda keng targʻib etishga qaratilgan ishlar bilan hamohang ekanidan yana bir dalolat boʻlyapti.

Bunday tadqiqotlar Samarqandning nafaqat ulkan maʼnaviy meros markazi, balki zamonaviy ilmiy tadqiqotlar uchun ham yuksak nufuzga ega ulkan faoliyat maydoni sifatidagi oʻrnini yanada mustahkamlaydi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Merosni asrab, kelajak avlodlarga yetkazish – hamkorlikning asosiy maqsadi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Musulmon olami ligasi Bosh kotibining oʻrinbosari, …