Home / MAQOLALAR / 313 ta hayotiy ziynat qoida (3-qism)

313 ta hayotiy ziynat qoida (3-qism)

313 ta hayotiy ZIYNAT qoidani ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:

201)          Sevimli kasb – mehnatning ziynati.
202)          Qaygʻu – sabr va sinovning ziynati.
203)          Xursand yuz – doʻstlik alomatining ziynati.
204)          Xatolardan saboq olish – tajribaning ziynati.
205)          Inoyat – taqdirning ziynati.
206)          Yoshlik – umidning ziynati.
207)          Keksalik – hayot maktabining ziynati.
208)          Kechirimlilik – bagʻrikenglikning ziynati.
209)          Tozalik – ruhiy sogʻlikning ziynati.
210)          Fidokorlik – yurt sevgisining ziynati.
211)          Ilmiy izlanish – taraqqiyotning ziynati.
212)          Yaxshi tilak tilash – doʻstona munosabatning ziynati.
213)          Yaxshi niyat – qalb sofligining ziynati.
214)          Kuzatuvchanlik – ilm eshigining ziynati.
215)          Fikrlash – insonning aqliy boyligining ziynati.
216)          Jimlik – suhbatning zarur ziynati.
217)          Ulugʻ maqsad – harakatning ziynati.
218)          Muloqot – insoniy munosabatlarning ziynati.
219)          Ustozga sadoqat – kamoli ilmning ziynati.
220)          Haqgoʻylik – vijdonning ziynati.
221)          Matonat – sinovda pishgan insonning ziynati.
222)          Taomda toʻqnashmaslik – odobning ziynati.
223)          Sevgi bilan qilingan mehnat – barakaning ziynati.
224)          Vatan xizmati – fidoyining ziynati.
225)          Sogʻlom tan – tiniq fikrning ziynati.
226)          Xalq bilan yaqinlik – rahbarning ziynati.
227)          Tashabbus – yetakchilikning ziynati.
228)          Qalb olami – inson ichki dunyosi ziynati.
229)          Qanoatli koʻz – dunyoviy tinchlikning ziynati.
230)          Bayram – jamoaning ziynati.
231)          Ilmli muhokama – majlisning ziynati.
232)          Har bir inson – oilasining ziynati.
233)          Bolalarning kulgisi – xonadonning ziynati.
234)          Haqiqatni himoya qilish – jurʼatning ziynati.
235)          Tinchlik uchun harakat – vatanparvarning ziynati.
236)          Harf – bilim eshigining ziynati.
237)          Xursandchilik – bayramning ziynati.
238)          Ezgu niyat – har bir qadamning ziynati.
239)          Qatʼiyat – rahbarlikning ziynati.
240)          Dildagi xushnudlik – ruhning ziynati.
241)          Orzu – harakatning ziynati.
242)          Safo – koʻngilning ziynati.
243)          Hur fikr bildirish – inson erkinligining ziynati.
244)          Soddalik – qalb sofligining ziynati.
245)          Tashabbuskorlik – ishbilarmonning ziynati.
246)          Masʼuliyat – ishonchli insonning ziynati.
247)          Qarzni oʻz vaqtida toʻlash – halollikning ziynati.
248)          Sevimli oʻquvchi – ustozning ziynati.
249)          Yaxshi kitob – vaqtning ziynati.
250)          Xizmat – xizmatdoʻst qalbning ziynati.
251)          Til – millatning ziynati.
252)          Sogʻlom turmush – oilaning ziynati.
253)          Taʼtil – charchoqning ziynati.
254)          Tabiat – Yaratganning neʼmatlarini ziynati.
255)          Savob – yashashning ziynati.
256)          Yoʻldoshlik – safarning ziynati.
257)          Tinchliksevarlik – fuqarolik burchining ziynati.
258)          Yaxshi xotira – uzoq umrning ziynati.
259)          Jasorat – qahramonlikning ziynati.
260)          Buyuk maqsad – hayot yoʻlchirogʻining ziynati.
261)          Quvonchli kun – odam zotining ziynati.
262)          Tibbiyot – sogʻlikning ziynati.
263)          Ijobiy fikr – muvaffaqiyat kalitining ziynati.
264)          Barchaga yaxshilik qilish – insonlik burchining ziynati.
265)          Taʼm – taomning ziynati.
266)          Badiiy soʻz – sheʼrning ziynati.
267)          Kuch – himoyaning ziynati.
268)          Ishonch – doʻstlikni bogʻlovchi ziynat.
269)          Huquq – adolatning ziynati.
270)          Ulugʻ maqsad – vatanni sevishning ziynati.
271)          Ogohlik – xavfsizlikning ziynati.
272)          Xotira kechasi – muhabbatning ziynati.
273)          Sheʼr – qalb tovushining ziynati.
274)          Mehribon ustoz – ilmning ravnaqi va ziynati.
275)          Yaxshi feʼl – insofning ziynati.
276)          Goʻzal manzara – tabiat hikmati ziynati.
277)          Kulish – koʻngilning ziynati.
278)          Taʼminlash – oilaning ziynati.
279)          Yoshi ulugʻlar maslahati – hayot yoʻlining ziynati.
280)          Dunyoqarash – tafakkurning ziynati.
281)          Qalb sofligi – hayotda baraka ziynati.
282)          Tejamkorlik – barakaning ziynati.
283)          Kutubxona – ilm olamining ziynati.
284)          Dasturxon duosi – fayzning ziynati.
285)          Xushkechlik – uyquning ziynati.
286)          Yaxshi yod – doʻstlik xotirasining ziynati.
287)          Salomatlik – barcha neʼmatlarning ziynati.
288)          Goʻzal niyat – hayot barakasining ziynati.
289)          Himmat – ezgulikka intilishning ziynati.
290)          Yurt himoyasi – harbiyning ziynati.
291)          Maslahat – qarorning ziynati.
292)          Foydali suhbat – vaqtning ziynati.
293)          Qoniqarli soʻz – suhbatning ziynati.
294)          Yoshi kattalarga eʼtibor – millat madaniyatining ziynati.
295)          Oriyat – iffatning ziynati.
296)          Samaradorlik – mehnat natijasining ziynati.
297)          Qalb ichidagi poklik – ruhiyat ziynati.
298)          Uygʻunlik – oila baxtining ziynati.
299)          Haqiqiy doʻst – hayot tajribasining ziynati.
300)          Yaxshi niyat bilan boshlangan ish – barakaning ziynati.
301)          Saxovat – boylikning haqiqiy ziynati.
302)          Hamdardlik – insoniy aloqaning ziynati.
303)          Yomonlikdan qaytish – tavbaning ziynati.
304)          Yomonlikka javob bermaslik – aqlning ziynati.
305)          Yaxshi tilak – duo eshigining ziynati.
306)          Mehr bilan yetishtirilgan daraxt – bogʻning ziynati.
307)          Ibratli hayot – kelajak avlodning ziynati.
308)          Xayriya – qalb saxiyligining ziynati.
309)          Sohibjamollik – odob bilan kelgan ziynat.
310)          Dunyoga yaxshi qarash – ong ravshanligining ziynati.
311)          Yaxshi xulq – musulmonning ziynati.
312)          Kamgaplik – ahli donish, aqlli insonning ziynati.
313)          Duo olgan inson – hayotning eng katta ziynati.

Chegarasi yoʻq) …

* SIZ yana qoʻshishingiz mumkin…

*** ENG muhimi: yoʻqotib qoʻyishdan oldin ularning QADRIGA yetish !!!

Mehribon Parvardigorimiz oʻzlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham Oʻzi buyurgan, Janobi Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam tavsiya etgan, oʻtmishda oʻtganlarimizning ruhlari shod boʻladigan, xalqimiz xursand boʻladigan, ota-onalarimiz rozi boʻladigan yoʻllardan yurishimizni nasib etsin!

Ibrohimjon domla Inomov
Manba: Muslim.uz

Check Also

IKKI KALLA BIR QOZONDA QAYNAMAYDIMI!?

Hozirgi globallashuv jarayonida tinchlik dini – islomni insonlarga notoʻgʻri talqin qilayotgan guruhlar unga tuhmat toshlari …