513. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim hidoyatga chorlasa, unga ergashgan kishilarning savobicha ajr beriladi. Bu ularning ajridan biror narsa kamaytirmaydi. Kim zalolatga chorlasa, unga ergashgan kishilarning gunohicha gunoh yoziladi. Bu ularning gunohidan biror narsa kamaytirmaydi”, dedilar”.
Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.