Home / FOTO LAVHALAR / Stipendiatning ilmiy safarlari

Stipendiatning ilmiy safarlari

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida xalqaro stipendiya dasturi asosida amaliyot oʻtayotgan Ashraf Ishroqiy bin Jamil mamlakatimiz boʻylab ilmiy safar qildi.

Malayziyadagi Malayya universiteti tadqiqotchisi “Oʻzbekistonda islomiy taʼlim tafakkuri: dastlabki nazariya” mavzusida olib borayotgan ilmiy izlanishlari doirasida Toshkyent islom institutiga tashrif buyurdi. Bu esa professor-oʻqituvchilar bilan fikr almashish, oʻz mavzusiga oid dolzarb muammolarni muhokama qilish imkonini berdi. Tadqiqotchiga muftiylar, institut rektorlari, faxriy ustozlari, diniy taʼlim tizimi, 14 ta oliy va oʻrta maxsus islomiy taʼlim muassasasi haqida batafsil maʼlumot berildi.  

Ashraf Ishroqiy Xorazm Maʼmun akademiyasiga tashrifi davomida ham bu yerda toʻplangan ilmiy meros bilan yaqindan tanishib, tadqiqot mavzusiga oid manbalarni chuqur oʻrganish imkoniga ega boʻldi. Ilmiy muloqotlar unga qoʻshimcha bilimlar hosil qilishda katta yordam berishini taʼkidladi.

Malayziyalik tadqiqotchi Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasida tarixiy eksponatlar va islom taʼlimiga oid manbalarni oʻrganib, tadqiqoti uchun zarur materiallar toʻpladi. Muhokama va muloqotlar uning ilmiy ishi uchun gʻoyat foydali manba boʻlib xizmat qilishini aytdi.

Buxoro davlat universitetida boʻlgan stipendiat olimlar bilan oʻtkazilgan ilmiy suhbatlar orqali tadqiqoti uchun qimmatli maʼlumotlarni qoʻlga kiritdi. Bu muloqotlar uning izlanishlarini mazmunan boyitishini qayd etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekistondagi islohotlar samarasi Britaniya jamoatchiligiga tadqim etildi

Xabar qilinganidek, Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari …