Home / FOTO LAVHALAR / Bulgʻor islom akademiyasi olimi tashrifi

Bulgʻor islom akademiyasi olimi tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Rossiyadagi Bulgʻor islom akademiyasi Ilohiyot kafedrasi oʻqituvchisi, islom huquqshunosligi va zamonaviy fatvolar boʻyicha mutaxassis dr. Sayful Asriy tashrif buyurdi.

Mehmonni Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kutib olib, muzey bilan yaqindan tanishtirdi. Markaz faoliyati va jamoaning ilmiy yutuqlari yamanlik olimda katta taassurot uygʻotdi.

Muloqot chogʻida Markaz bilan Bulgʻor islom akademiyasi oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Ayolga ehtirom – azaliy qadriyat”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan shu mavzuda …