Home / XALQARO YANGILIKLAR / “MARKAZ XORIJIY TADQIQOTLARNI MUVOFIQLASHTIRUVCHI SIFATIDA NAMOYON BOʻLMOQDA”

“MARKAZ XORIJIY TADQIQOTLARNI MUVOFIQLASHTIRUVCHI SIFATIDA NAMOYON BOʻLMOQDA”

Devin DEVIZ – Indiana universiteti professori(AQSH)

– Oʻzbekistonga ilk bor 40-yilcha avval kelganman. Shu bois bugun yurtingizda ilm-fanga qaratilayotgan eʼtiborning koʻlami boshqa xorijlik olimlardan koʻra menga koʻproq bilinadi. Hukumatingiz gʻamxoʻrligi natijasida vujudga kelgan akademik doiralardagi fikrlar xilma-xilligi va tadqiqotchilar topayotgan ragʻbat meni boshqalardan koʻra koʻproq quvontiradi.

Markazingiz esa tadqiqotlar boʻyicha koʻplab xorijiy olimlar ishlarini muvofiqlashtirish borasida ham oʻzini namoyon etishga ulgurdi. Buni soʻnggi vaqtlarda oʻtkazilayotgan qator nufuzli anjumanlardan ham bilsa boʻladi. Mazkur xalqaro tadbirlar uchun tanlanayotgan mavzular hamda koʻtarilayotgan masalalar dolzarbligi jihatidan koʻplab davlatlar olimlari eʼtiborini tortyapti.

Fursatdan foydalanib, Markaz rahbariyati va jamoasiga ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar, erishilayotgan yutuqlar davomiyligini tilayman.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Islom arkonlariga mos shaharsozlik madaniyati

Ayni kunlarda Markazda amaliyot oʻtayotgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi sovrindori Majdiy Folih ilmiy …