Home / FOTO LAVHALAR / Yuta shtati delegatsiyasi – Markaz mehmoni

Yuta shtati delegatsiyasi – Markaz mehmoni

Bugun, 26-aprel kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga ayni kunlarda mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Amerika Qoʻshma Shtatlari Yuta shtati Senati delegatsiyasi aʼzolarining bir guruhi tashrif buyurdi.

Olimlar va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat mehmonlarni Markaz direktori Shovosil Ziyodov kutib olib, muzey faoliyati va undagi eksponatlar bilan tanishtirdi. Delegatsiya aʼzolarida muhaddislar sultoni Imom Buxoriy hayoti va ilmiy faoliyatiga oid koʻrgazmali vositalar ayniqsa chuqur taassurot qoldirdi.

Markaz kutubxonasida AQSH ilmiy doira vakillariga kitob jamgʻarmasi hamda ilmiy faoliyat natijasida erishilgan yutuqlar haqida maʼlumot berildi.

Yuta Islom uyushmasi raisi Avais Ahmad Markazning tashkil etilishi va xodimlar qoʻlga kiritayotgan muvaffaqiyatlarni mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlarning yuqori samarasi sifatida baholab, islom ilmlariga oid ilmiy tadqiqotlarning tizimli tarzda davomiyligini taʼminlash zaruratini alohida taʼkidladi.

Tashrif nihoyasida mehmonlarga Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar toʻplami taqdim etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …