Home / FOTO LAVHALAR / Markaz olimi – yirik anjumanda

Markaz olimi – yirik anjumanda

Bugun, 24-aprel kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida “Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Sohaning mamlakatimizdagi taniqli olim va mutaxassislari qatnashgan anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Mexrojiddin Amonov ham ishtirok etdi.

Olim “Globallashuv davrida diniy ixtiloflarning oldini olishda hadis va hadis ilmlarining oʻrni” nomli shoʻbada “Islomshunoslik sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati misolida)” mavzusida maʼruza qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …