Home / ALLOMALAR / IMOM BUXORIY – BUYUK MUHADDIS!

IMOM BUXORIY – BUYUK MUHADDIS!

Imom Abu Said Mursiy: “Oʻtgan barcha paygʻambarlar oʻzining qavmiga atiya qilingan, lekin bizning paygʻambarimiz hadya qilinganlar”, dedilar.

Xoʻsh, “atiyya” bilan “hadya”ning farqi nima?

Farqi shundaki, atiyya muhtojlarga beriladi. Hadya mahbublarga beriladi. Shuning uchun Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga ushbu istilohni qoʻllaymiz.

واعلمأنّالبخاريرحمهاللهتعالىصنفكتابهفيستعشرةسنة وخَرَّجهمنستمائةألفحديث وقدسمعهمنهتسعونألفرجل وعُلِّقعليهثلاثوخمسونشرحاً واثنانوعشرونمُسْتَخْرَجاً وأشهرالمُسْتَخْرَجاتللإسماعيلي وقدرأيتُخطبتهفيأعلىذروةالفصاحةوالبلاغة ورأيتمقولةلرافضيقال : منأرادالعربيةكفىلهالقرآنوكتابالبخاري

Hanafiy ulamolaridan, “Sahihi Buxoriy”ning mashhur sharhi “Fayzul Boriy” sohibi bunday deydi: “Imom Buxoriy oʻzining kitobini 16-yilda tasnif qildi. Ana shu kitobda keltirilgan hadislarni 600 ming hadis orasidan eng ishonchlilarini tanlab oldi. Ushbu hadislarni 90 ming kishi bu kishidan rivoyat qildi. (Albatta, bu u zotning oʻsha vaqtda bilgan maʼlumotlari va undan keyin yana boshqa sharhlar qoʻshilgan)”.

U kishining aytishicha, “Sahihi Buxoriy”ga  63 ta sharh va 22 ta mustaxraj  yozilgan”.

Anvarshoh Kashmiriy: “Ana shu mustaxrajlarning eng  mashhuri Ismoilnikidir. Men u kishining fasohat va balogʻatda eng yuksak choʻqqiga yetgan xutbalarini eshitdim. Rofiziyning shu gaplarini eshitdim: “Kim arabiyni iroda qilsa, unga Qurʼon kifoyadir, Buxoriy kifoya va “Hidoya” kifoyadir”.

Men: “Shubhasiz, bu haq gaplardir”, dedim.

Imom Buxoriy rahmatullohi alayh “Sahihi Buxoriy”ning etmish sakkizinchi kitobini tarbiyaga bagʻishlagan. Unda jami 256 ta hadis jamlangan. Albatta, Imom Buxoriy “Cahihi Buxoriy”ga juda qattiq shartlarni qoʻygan. Chunki bu kitobda koʻproq hukmlar qamrab olingan. Ammo alloma bu bilan kifoyalanmadi. 1322 ta hadis jamlangan yana bir kitob – “Al-Adab al-mufrad”ni yozdi.

Ulamolar “Al-Adab al-mufrad”ni tadqiq etib, undagi 1322 ta hadisdan atigi 6 tasi zaif ekanini aniqlagan. Qolgan barcha hadis hasan va sahihdan iboratdir. Hofiz Ibn Hajar Asqaloniy aytadi: “Imom Buxoriy rahmatullohi alayh “Sahihi Buxoriy”ga qoʻygan shartlarini “Al-Adab al-mufrad”ga qoʻymadi. Bu kitob odoblardan iborat boʻlgani bois unga yengil shartlarni qoʻydi. Lekin shunda ham, uning aksari sahih va hasan hadislardan iborat”.

Soʻzimizning isboti oʻlaroq, tarbiyaga oid bitta hadisni tanladim. Hadis oʻquvchilarning fazli borasida mashoyixlarimiz aytadi: “Hadis ahli – paygʻambar ahlidirlar. Hadis oʻqiyotganlar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga sahoba boʻlmasa-da, har safar hadis oʻqiganda va tinglaganda u zotning muborak nafaslariga sahoba boʻladilar”, degan”.

عَنْأَبِيهُرَيْرَةَعَنِالنَّبِيِّ — صلىاللهعليهوسلم — قَالَ: خَلَقَاللَّهُآدَمَعَلَىصُورَتِهِ طُولُهُسِتُّونَذِرَاعًافَلَمَّاخَلَقَهُقَالَاذْهَبْفَسَلَّمْعَلَىأُولَئِكَالنَّقَرِمِنَالْمَلَائِكَةِجُلُوسٌفَاسْتَمِعْمَايُحَيُّونَكَفَإِنَّهَاتَحِيَّتُكَوَتَحِيَّةُذُرِّيَّتِكَ. فقَالَالسَّلامُعَلَيْكُمْ. فَقَالُواالسَّلامُعَلَيْكَوَرَحْمَةُاللَّهِ. فَزَادُوهُوَرَحْمَةُاللَّهِفَكُلُّمَنْيَدْخُلُالْجَنَّةَعَلَىصُورَةِآدَمَفَلَمْيَزَلِالْخَلْقُيَنْقُصُبَعْدُحَتَّى

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh Odam alayhissalomning boʻylarini oltmish arshin qilib yaratdi. Soʻng oʻtirgan bir necha farishtalarni koʻrsatib: “Ana ularning oldiga borib, salom bergin va ularning qanday alik olishini eshitgin. Bu sening va zurriyotlaringning salomi boʻladi”, dedi. “Assalamu alaykum”, dedi u. “Vassalamu alayka va rahmatulloh”, deyishdi. Unga “va rahmatulloh”ni ziyoda qilishdi. Bas, kim jannatga kirsa, u(Odam)ning suratida kiradi. Hozirgacha xalq nuqsonga uchrab kelmoqda” (Imom Buxoriy rivoyati).

Shu oʻrinda farishtalar va Odam alayhissalom orasidagi masofa haqida toʻxtalsak. Odam alayhissalom A punktda turibdi deb tasavvur qilsak, bir necha farishtalar B punktda turibdi. “Fayzul Boriy” sharhida “uzoq manzil” deb aytiladi.

Insoniyat tarixida ilm uchun ilk safar qilgan zot Odam alayhissalom boʻladi. Alloh taolo aytadi: “Bir necha farishtaga salom ber, ularning sifati esa “julus” oʻtirgan holatda edi. Tik turgan kishining salom berishi asli shu yerdan kelib chiqadi. Ularning salomlarini eshit”, dedi.

Bundan maʼlum boʻladiki, ilmni egalaridan olish zarur. Alloh taolo hazrati Odamga barcha narsaning ismini oʻrgatdi. “Ismidan” murod esa ilmini bildirdi. Ilmni oʻz egasidan, haqiqiy mutaxassisdan olish lozim. “Borib sening salomingga farishtalarning javobini eshitgin. Mana shu salom sening va zurriyotingning salomi boʻladi”. Ulamolar “zurriyot”dan murod musulmonlar, degan. Chunki “Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh” musulmonlarning muloqot lafzidir.

“Salom” qadimiy lafz boʻlib, hazrati Odamga borib taqaladi. Salom berish sunnat, alik olish esa vojib deyiladi. “Nima uchun?” deyilsa, salom beruvchi: “Mendan senga omonlik bor, xotirjam boʻl va mendan senga hech qanday yomonlik yetmaydi”, deb xabarini beryapti. Agar javob bermasa, salom bergan odamning qalbida vahima hosil boʻladi. Men unga tinchlik tiladim, uning menga yomonligi bormikin, deb oʻylaydi. Musulmonlardan oʻsha xavotirni ketkazish vojib deganlar.

Har bir banda Allohning fazli bilan jannatga Odam suratida kiradi. “Suratdan” murod esa uning oʻlchami, hayʼati va haybatida, deydilar. Nima uchun har bir odam 18 metr boʻlib jannatga kiradi? Chunki jannat lazzatlarini koʻproq tuyish uchundir. Lekin Odam farzandining boʻyi tobora pasayib ketmoqda. Hazrati Odam boʻylari 18 metr boʻlgan boʻlsa, bizning oʻrtacha boʻyimiz 170 sm.ga aylanib qoldi. Balki qiyomatgacha yana pasayib borar. Alloh taolo bizlarga jannatini nasib aylasin!

Ushbu hadisning farzand tarbiyasiga oid qamrovi kengdir. Yaʼni odobning boshi boʻlgan salom lafzi Odam alayhissalomga farishtalar orqali oʻrgatildi. Bugun har bir ota-ona farzandiga buni oʻrgatishi lozim.

Imom Molik “Muvatto”sida Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilingan: “Salomning javobi vabarakotuhda tugaydi”, degan. Lekin Imom Molik “Muvatto”sining boshqa joyida dalillarni keltirib, u hadislar zaif boʻlsa-da, ularni jamlanganda, quvvatli boʻlishini bilib, ziyoda qilganlar.

لقداختلفالناسفيطولآدموحواءمنالمسيحيين.فذهبوامذاهبشتى فقالالمستشرقالسيدهانريونالعضوفيالمجمعالعلميالفرنسي انطولآدمكان  قدماوتسعبوصات متراتقريبا وانطولحواءكان قدماوثلاثةارباعالبوصة وهذاهوالمذكورفيكتابالرحلةالحجازية. فهؤلاءالمستشرقوناخذوااستنتاجهممنالمومياواتوالهياكلالتييعثرونعليهافيباطنالأرض

عنأبيهريرةمرفوعا قالالعزيزيعليالجامعالصغيرعندهذاالحديثوعندأحمدكانطولآدمستينذراعافيسبعةاذرععرضا

وماذكرهابنبطوطةفيرحلتهمنأنطولقدمآدمالموجودةعلىالصخرةبجبلسرنديبأحدعشرشبرامعقولةبالنسبةلطولهالمذكورهنافيالحديث

“Oʻzining suratida yaratdi” soʻzning zamiri borasida ulamolar ixtilof qilishdi. “Fayzul Boriy”da ushbu hadis batafsil sharhlangan. Bu yerda aqida masalasi yoritilgan. Shu bois butun boshli hadisning toʻliq sharhi keltirilgan. Koʻpchilik ulamolar bu yerdagi zamirni hazrati Odam alayhissalomning oʻziga qaytarganlar. Lekin Alloh taologa nisbatan keltirsa ham, Rahmonning suratida, yaʼni bu yerdagi suratdan murod sifat, deydilar. Alloh taolo Odam alayhissalomni Oʻzining tiriklik, koʻrish, eshitish va boshqa sifatlaridan nasiba berib yaratdi. Yaʼni Alloh taolo Odam alayhissalomni oʻzining suratida yaratdi. Uzunligi 60 ziro edi. “Ziro”ning oʻlchamidan kelib chiqib, baʼzi ulamolar u zotni 37 metr boʻlgan, deyishgan. Lekin Ibn Battutaning “Sayohatnoma”sida hozirgi Shri-Lanka togʻlarida Odam alayhissalomning toshda qolgan oyoq izlarini koʻrdim, u zotning uzunligi 11 shibr edi, deyilgan. “Shibr” arabcha soʻz boʻlib, qarich deganidir. Bir qarich taqriban 20 sm. boʻlsa, demak, Odam alayhissalomning qadami uzunligi 2 metr 20 sm boʻlgan. Shunday ekan, Odam alayhissalomning boʻyi 37 metr emas, balki 18 metr boʻlgani haqiqatga yaqin keladi.

RAHMATULLO SAYFUTDINOV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mustaqil tadqiqotchisi

Check Also

MAVLONO YUSUF – BOBUR MIRZONING XOS TABIBI

Mavlono Yusuf Xurosonning Hirot yaqinidagi Havof (Haf) shahrida tabib oilasida tugʻilgan. Toʻliq ismi – Yusuf …