Home / FOTO LAVHALAR / Jamiyat barqarorligini taʼminlashda yoshlarning oʻrni

Jamiyat barqarorligini taʼminlashda yoshlarning oʻrni

Samarqand davlat chet tillar institutida «Jaholatga qarshi – maʼrifat» gʻoyasi asosida “Radikalizm – jamiyat barqarorligiga tahdid. Talaba-yoshlarni radikal aqidaviy oqimlar taʼsiridan asrash” mavzusida boʻlib oʻtgan maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktorining maslahatchisi, Falsafa fanlari doktori, professor B.Toʻrayev, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Samarqand viloyati boshqarmasi rahbari S.Boymurodov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi tezkor xodimlari S.Sobirov va F.Rahmatova, institut professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda terrorizm va ekstremizm, missionerlik, radikalizm, shuningdek, kiberjinoyatlarga qarshi kurash borasida maʼruzalar tinglandi. Ular talabalarni boy tarixiy, milliy va diniy anʼanalarimizga yot boʻlgan illatlar, yaʼni terrorizm, diniy aqidaparastlik, missionerlik, “ommaviy madaniyat” tarqalishi va odam savdosiga qarshi kurashishda, shuningdek, kiberxavfsizlikni taʼminlashda yoshlarni tegishli davlat va jamiyat tuzilmalari bilan hamkorligi yuzasidan tushuncha va koʻrsatmalar berildi.

Tadbir davomida internetda har xil tarmoqlarga ulanib, oʻzi bilmagan holda baʼzi taʼqiqlangan diniy oqimlar taʼsiriga tushib qolmaslik, axborot olishda shubhali manbalardan foydalanmaslik toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Notiqlar bugun dunyoda radikalizm boshqa buzgʻunchi gʻoyalar tashviqoti avj olib borayotgani, shuning uchun ayniqsa yoshlar doimo ogoh va hushyor boʻlishi lozimligini taʼkidladi.

Tadbir qizgʻin savol-javoblar bilan yakunlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Yuta shtati delegatsiyasi – Markaz mehmoni

Bugun, 26-aprel kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga ayni kunlarda mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Amerika …