Home / YANGILIKLAR / «OʻRTA OSIYO QOʻLYOZMALARI KODIKOLOGIYASI ELEMENTLARI»

«OʻRTA OSIYO QOʻLYOZMALARI KODIKOLOGIYASI ELEMENTLARI»

 1-2-may, 2024-yil soat 10:00 da

📍 Oʻtkazish joyi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi

👤 Dr. Mari Eftimiyu
Parijdagi Kollej de Frans (Collège de France) oʻquv-tadqiqot muassasasi olimasi, filologiya va tarix fanlari doktori, «Imom Buxoriy» xalqaro stipendiyasi sovrindori

Kollej de Frans (Collège de France) tadqiqotchisi Dr. Mari Eftimiyu Markaziy Osiyo qoʻlyozma­lari kodikologiyasi boʻyicha seminar-trening tashkil etmoqda.
Mazkur seminar-trening ikki kunga moʻljallangan boʻlib, uning dasturidan qoʻlyozma tarkibi (qogʻozi, jildi, boʻyogʻi, formati)ni oʻrganish boʻyicha darslar, qoʻlyozmalar fondida saqlanayotgan kitoblar bilan tanishish hamda Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasiga tashrif o‘rin olgan.
Mari Eftimiyu qoʻlyozma madaniyati tarixi va kodikologiyasi, Islom sanʼati yoʻnalishida ilmiy izla­nishlar olib borish bilan birga manbalar bilan ishlash boʻyicha kodikologiya loyihasi faol ishtirokchisi.
«Kavkaz, Eron: tillar, arxeologiya, madaniyatlar», «Oʻrta asrlar va zamonaviy Markaziy Osiyoda qogʻoz ishlab chiqarish jarayonlari», «Oʻrta asrlar va zamonaviy Armanistonda bukmekerlik jarayonlari» kabi ilmiy loyihalarda qatnashgan.
«Markaziy Osiyo qogʻozlari, texnikasi va transferlari», «Oʻrta Osiyoda XVI-XX asrlarda qoʻlyozmalar tarixi» kitoblari, «Fransiya Markaziy Osiyo tadqiqotlar instituti fondidagi qoʻlyozmalar inventarizat­si­yasi» toʻplami katalogi muallifi.
Fransiya, Germaniya, B.Britaniya, Livan kabi davlatlarda qoʻlyozma va kodikolo­giya yoʻnalishida tashkil qilingan 10 dan ortiq xalqaro seminar va konferensiyalar ishtirokchisi hamda tashkilotchisi. Ingliz, arab, rus, fors tillarini biladi.

👨‍🏫 Seminarda qoʻlyozmalar bilan shug‘ullanuvchi tad­qiqotchi, doktorant va barcha qiziquvchilar taklif etiladi.

☎️ Murojaat uchun telefon: +998937277773

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …