Home / FOTO LAVHALAR / Markazlar rahbarlari – Uchtepa tumanida

Markazlar rahbarlari – Uchtepa tumanida

6-mart kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbar xodimlari poytaxtning Uchtepa tumanida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazdi.

Unda Uchtepa va Yunusobod tumanlari hokimlarining oʻrinbosarlari va ijtimoiy soha xodimlari, davlat tashkilotlarining tumanlardagi boʻlimlari mutasaddilari, mahalla raislari, hududlardagi hokim yordamchilari, mahalla xotin-qizlar faollari, umumtaʼlim maktablari direktorlari va ularning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etdi.

Targʻibot guruhi aʼzolari “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzularida maʼruza qilib, Movarounnahrda tugʻilib oʻsgan aziz-avliyolar, olimu mutafakkirlarning xotira va merosini tiklash, xoki abadiy qoʻnim topgan joylarni obodonlashtirish, ular nomi bilan ataluvchi ziyo maskanlarini tashkil etish borasida qilinayotgan ishlar xususida ham maʼlumot berdi.

Ishtirokchilar buyuk allomalarimiz asarlaridagi maʼrifatparvarlik va insonparvarlik gʻoyalarini keng jamoatchilikka yetkazish, davlat xizmatchilari va rahbar xodimlarning maʼnaviy-axloqiy salohiyatini yanada oshirish, ulugʻ ajdodlarimiz maʼnaviy merosining ahamiyatini ilmiy asoslash va shu orqali yoshlarni jaholatga qarshi maʼrifat ruhida tarbiyalashda ushbu anjuman muhim oʻrin tutganini taʼkidladi.

Tadbirda “Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish qilinib, markazlar tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …