Home / FOTO LAVHALAR / Qashqadaryoda navbatdagi tadbir – Shahrisabzda

Qashqadaryoda navbatdagi tadbir – Shahrisabzda

Xabar berilganidek, joriy haftada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlaridan iborat targʻibot guruhlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida maʼrifiy uchrashuvlarni tashkil etib kelmoqda.

28-fevral kuni Qashqadaryo viloyatida ish olib borayotgan guruh aʼzolari tomonidan Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumani rahbarlari va ijtimoiy soha vakillari, davlat tashkilotlarining joylardagi boʻlimlari mutasaddilari, mahalla raislari, hududlardagi hokim yordamchilari, mahalla xotin-qizlar faollari, diniy soha olimlari, maktabgacha taʼlim muassasalari mudirlari, umumtaʼlim maktab direktorlari va ularning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda soʻz olgan Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov tarix guvoh boʻlgan Uygʻonish davrlarining har birida ham Gʻarb va Sharqqa ilm ziyosini ulashgan qomusiy olimlar Movarounnahr zaminidan yetishib chiqqani, ular qoldirgan boy merosni oʻrganish, targʻib qilish, nafaqat ilm-fan taraqqiyotini taʼminlashda, balki insonning kamolotga yetishi, maʼnaviyati yuksalishida muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.

Tadbirda targʻibotchilar “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzularida maʼruzalar qildi.

Ishtirokchilarga “Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish qilinib, markazlar tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Maʼrifat karvoni” — maʼnaviyatning nurli yoʻlida

“Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy va madaniy targʻibot loyihasi doirasida 5-dekabr kuni Qashqadaryo, Navoiy, Andijon va Toshkent …