Home / FOTO LAVHALAR / HOKIM EʼTIROFI

HOKIM EʼTIROFI

Maʼlum qilinganidek, joylarda ilmiy markazlar vakillaridan iborat targʻibot guruhlari tashkil etayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar doirasida mazkur muassasalar tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida oʻtkazilgan ana shunday tadbirda tuman hokimi Fayzulla Yusupov ishtirok etib, yangi nashrlarga katta qiziqish bildirdi.

– Odob-ahloq, ezgu fazilatlar tarannum etilgan, odamlarni faqat yaxshilikka daʼvat qiladigan bu kitoblarni har bir oʻgʻil-qizimiz oʻqishi kerak. Ayniqsa, yoshlarimizning koʻproq internetga bogʻlanib qolgan qatlami shu kitoblardan maʼnaviy ozuqa olishini taʼminlashimiz lozim, — dedi u.

Ф.Юсупов kitoblarning nusxalarini koʻpaytirib, tumandagi taʼlim muassasalariga tarqatish taklifini ilgari surdi. Muloqot chogʻida bu boradagi amaliy choralar muhokama etildi.

Taqdimot nihoyasida hokimga markazlarning ayrim nashrlari hadya qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …