Home / FOTO LAVHALAR / JOYLARDAGI TADBIRLAR QIZGʻIN PALLAGA KIRDI

JOYLARDAGI TADBIRLAR QIZGʻIN PALLAGA KIRDI

Avval xabar berilganidek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat targʻibot guruhlari joylarda maʼrifiy uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

 

27-fevral kuni Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan tadbirda Chiroqchi va Koʻkdala tumanlari rahbarlari va ijtimoiy soha vakillari, davlat tashkilotlarining joylardagi boʻlimlari mutasaddilari, mahalla raislari va xotin-qizlar faollari, hududlardagi hokim yordamchilari, diniy soha olimlari, umumtaʼlim maktablari direktorlari va ularning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, maktabgacha taʼlim muassasalari mudirlari ishtirok etdi.

Koʻhna Nasafda minglab noyob va oʻta yuksak aql-zakovat sohiblari yetishib chiqqani barchamizga yaxshi maʼlum. Ularning aksariyati Nasafiy, Gʻuzoriy, Kosoniy, Keshiy, Pazdaviy nisbalari bilan ijod qilgan. Shulardan biri VIII-IX asrlarda yashab oʻtgan Abd ibn Xumayd Keshiy Movarounnahr olimlari orasida birinchi boʻlib musnad janrida asar yozgan alloma hisoblanadi. Tadbir davomida koʻpchilikka maʼlum boʻlgan va ijodi hali yaxshi oʻrganilmagan ulamolar haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuvlarda targʻibotchilar “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzularida maʼruza qildi.

Shuningdek, “Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish qilinib, markazlar tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …