Home / FOTO LAVHALAR / TARGʻIBOT TADBIRLARI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARIGA KOʻCHDI

TARGʻIBOT TADBIRLARI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARIGA KOʻCHDI

Bugun, 26-fevral kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlaridan iborat targʻibot guruhlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ish boshladi.

Nukus shahri, Qarshi shahri va Qarshi tumani hamda Termiz shahri, Jarqoʻrgʻon va Termiz tumanlari rahbarlari va ijtimoiy soha xodimlari uchun tashkil etilgan tadbirlarda hokimlar va ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari masʼul vakillari, davlat tashkilotlarining joylardagi boʻlimlari mutasaddilari, mahalla raislari, hududlardagi hokim yordamchilari, mahalla xotin-qizlar faollari, diniy soha olimlari, maktabgacha taʼlim muassasalari mudirlari, umumtaʼlim maktab direktorlari va ularning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etdi.

Tadbirlarda targʻibotchilar “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzularida maʼruzalar qildi.

Shuningdek, “Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish qilinib, markazlar tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti tashkil etildi. 

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …