Home / FOTO LAVHALAR / TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Joriy yilning 6-fevral kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan iborat targʻibot guruhi tomonidan Andijon viloyatining Asaka, Shahrixon tumanlari, Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahri, Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon, Uychi, Norin tumanlarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.

Uchrashuvda “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida maʼruzalar tinglandi. Shuningdek, tadbirda “Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish etildi.

Tadbir yakunida ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …