Home / FOTO LAVHALAR / MAHALLALARDA OʻQUV-SЕMINARLAR DAVOM ETMOQDA

MAHALLALARDA OʻQUV-SЕMINARLAR DAVOM ETMOQDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Shukurillo Umarov Samarqandda davom etayotgan viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish oʻquv kursining navbatdagi tinglovchilari bilan “Mahalla raislarining ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlashdagi oʻrni” mavzusida mashgʻulot oʻtkazdi.

Mazkur oʻquv-seminarlarni tashkil etishdan maqsad mamlakatimizda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni keng targʻib etishdir.

Oʻquv-seminarda, shuningdek, mahallalarda tashkil etilayotgan “yettilik tizimi”ning muhim ahamiyati, undagi har bir masʼulning mahalladagi oʻrni, asosiy vazifa va majburiyatlari, mahalla faoliyatini raqamlashtirishning aholi uchun keltiradigan qulayliklari toʻgʻrisida ham soʻz yuritildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hamkorlik istiqbollari yuqori baholandi

Kuni kecha Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qozon shahrida joylashgan Abdulla Apanayev nomidagi madrasa va …