Home / XALQARO YANGILIKLAR / Mushtarak maqsadlar yoʻlida

Mushtarak maqsadlar yoʻlida

26-yanvar kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Leypsigdagi Sakson Fanlar akademiyasi olimi, filologiya fanlari doktori Stefani Brinkmann bilan onlayn muloqot boʻlib oʻtdi. 

Dastlab Markaz direktori Shovosil Ziyodov faoliyatning maqsad va vazifalari, qoʻlyozma va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. 

Dr. S.Brinkmann 2018-2035-yillarga moʻljallangan “Bibliotheca Arabica” (“Arab kutubxonasi”) loyihasi, uning doirasida qoʻlyozmalar katalogini tuzish hamda diniy va ilmiy nuqtai nazardan oʻrganish ishlarining holatiga toʻxtaldi. 

Shu bilan birga, Brinkmann xonim Imom Bagʻoviyning “Masobeh as-Sunna” asari yuzasidan olib borayotgan tadqiqot ishi va unga doir qimmatli maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi. 

Muloqot yakunida yaqin istiqbolda Markaz bilan akademiya oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati

Check Also

Hamkorlik istiqbollari yuqori baholandi

Kuni kecha Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qozon shahrida joylashgan Abdulla Apanayev nomidagi madrasa va …